Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchi

Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi O
Telegram kanalining logotibi oqituvchi_ga — O'qituvchi
Kanal manzili: @oqituvchi_ga
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 79.24K
Kanalning ta’rifi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi va murabbiylar kanali.
Maosh hisoblovchi bot: @Oylik_hisoblaydigan_bot
@videodars_fotolavhalar 👈 Videodars fotolavhalar
Batafsil reklama uchun 👉 @talimiy_reklama
Reklama murojaat: @Jabborov_Elyor

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2024-02-26 16:45:06 ТУРКИЯДА ИШЛАШ ИМКОНИЯТИ

АНТАЛИЯДАГИ 5 ЮЛДУЗЛИ МЕҲМОНХОНАЛАР қуйидаги ўринларга ишчиларни ТАКЛИФ ЭТАДИ:

— официант (аёл);
— хона тозаловчи (аёл);
— ошхона ишчиси (эркак).

Талаблар:
— 18 ёшдан 45 ёшгача бўлиш;
— Соғлиқдан шикояти йўқ бўлиш;
— Кўриниш ва бўй масаласида иш берувчи танловидан ўтиш.
— Чет тилларни билиш шарт эмас, лекин плюс!
* Туркияга кириши чекланганларга депортини ечишда ёрдам берилади.

Иш кунлари ва соатлари:
6 кун 8 соатдан иш, 1 кун дам.

ОЙЛИК МАОШЛАР:
18,000 турк лираси (24 февралдаги курсга кўра, 582 доллар).

ИШ БЕРУВЧИ яна қуйидаги харажатларни ҚОПЛАЙДИ:

— турар-жой;
— уч маҳал овқат;
— бахтсиз ҳодисалардан суғурта;
— қайтиш авиачиптаси
.

Шартнома муддати 5 ноябргача. Авиабилет ва виза харажатлари (301 доллар) учун ишчининг ўзи тўлайди.

УШБУ АНКЕТАНИ ТЎЛДИРИНГ.

@workmall_savol
@workmallbot
+998 71 200 86 00
www.workmall.uz

WORKMALL ХУСУСИЙ БАНДЛИК АГЕНТЛИГИ
13.3K views13:45
Ochish/sharhlash
2024-02-26 16:20:12
Toshkent shahridagi 103-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ro‘y bergan voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarga munosabat

Mazkur holat joriy yilning 23-fevral kuni maktabning 6-sinfida o‘tilgan matematika darsida sodir bo‘lgan. Dars vaqtida nojo‘ya xatti-harakatlari uchun o‘quvchi Z. N. o‘qituvchi tomonidan sinfxonadan chiqarib yuborilgan. Yana bir o‘quvchi U.Z bir vaqtda bu tartibsizlikka qo‘shilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganish ishlari, xususan, o‘quvchilarning ota-onalari, maktab rahbariyati vakillari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotlar va zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuzaga kelgan vaziyatga tegishli hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bolalar masalalari bo‘yicha Chilonzor tumani komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiyaning mazkur holat bo‘yicha o‘rganish xulosasi joriy yilning 28-fevral kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga chalg‘imasligi, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatgan holda murojaat qilishi zarur.

Ushbu qoidalar mazmun-mohiyati va ularga amal qilmaslik bo‘yicha kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar maktab rahbariyati, o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga atroflicha tanishtirilgan.

MMTV

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
16.9K views13:20
Ochish/sharhlash
2024-02-26 09:20:47 Pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha nizom.

Stajior o‘qituvchilarni.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori


Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
15.6K views06:20
Ochish/sharhlash
2024-02-26 06:06:54KUNDALIK COMDA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGIChA

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
17.7K views03:06
Ochish/sharhlash
2024-02-26 06:02:43 2023-2024 O'QUV YILI UCHUN
Murojaat uchun:
@Sifatli_2021
@Sifatli_2021
14.8K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-02-26 06:02:42 2024-YIL 5-YANVARDAGI 8-SONLI NIZOM ASOSIDA TAYYORLANGAN
Murojaat uchun:
@Sifatli_2021
@Sifatli_2021
14.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-02-10 19:27:17 Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.

“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.

MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —

BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
23.3K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2024-02-10 14:33:49 Ota-onalar uchun... she’r

Maktabga keldim deb, darsga kirmasa,
Yonida yo kitob, daftar boʻlmasa,
Yuragim achishib aytay bir narsa,
Uygʻoning onalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Tentirab yurishar goʻyo maqsadsiz,
Koʻzida qahr bor, jahl, shafqatsiz,
Dunyoda yashayman desangiz dardsiz,
Uygʻoning otalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Ilmsiz boʻlmasin, qalbi qotadi,
Qotgan qalbda esa zulm yotadi,
Qoʻyib bersak agar yurtni sotadi,
Uygʻoning onalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Xudodan qoʻrqishsin, dinni oʻrgating,
Doʻst boʻlib yonida Xaqni koʻrsating,
Bolam umidimsan sen deya ayting,
Uygʻoning otalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Johillik yoʻlini tutmasin deyman,
Hayoni tepkilab oʻtmasin deyman,
Hayotda gʻofildek yotmasin deyman,
Uygʻoning onalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Maktabga kelishin nazorat qiling,
Ilmni asosiy maqsad deb biling,
Tilagim ustozning hamkori boʻling,
Uygʻoning otalar gʻaflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.
※※※
Oʻqisin, ulgʻaysin, kamolga yetsin,
Kelajak kuniga ziyolar bitsin,
Keksalik gashtingiz rohatda oʻtsin,
Uygʻoning onalar gʻaflatda qolmang,
Otalar iltimos e’tiborsiz boʻlmang.

Zarshidbek Matg'oziyev

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
20.7K views11:33
Ochish/sharhlash
2024-02-09 20:58:51 ATTESTATSIYADAN SO‘NG
(hazil) @oqituvchi_ga

Maqtovlarga berilib,
Ketsam kerak semirib,
Dars o‘tyapman kerilib,
Darslarim ham boshqacha.

Xursand juft-u, halolim,
Chopdi baxt-u, kamolim,
,, UZASPOda xayolim,
Xayollarim boshqacha.

Zahmat chekdi bedor jon,
O‘tish emasda oson,
Bizga,, Mukofot qachon ???.
Savollarim boshqacha.

Dildan ketdi qayg‘u,g‘am,
Miya ham olmoqda dam,
Kulvoryapman salga ham,
Kulishlarim boshqacha.

Gap ko‘p ekan omadda,
Baxt ilm saodatda,
Bu hazilda albatta,
Hazillarim boshqacha,

Tayyormiz taʼlim uchun,
Bir yozdim ko‘ngil uchun,
Bu sheʼrim o‘zim uchun,
Sheʼrlarim ham boshqacha.

Xurshid Karim

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
14.4K views17:58
Ochish/sharhlash
2024-02-09 19:31:37 Oʼquvchi daftar tutmagani uchun uning ota-onasini MJK ning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin.

Аssalomu aleykum. Men maktabda  informatika fanidan dars beraman. Darsda oʼquvchilar umuman daftar tutmasa yoki daftarim qolib ketibdi deb har hil baxonalar topib umuman daftar tutmasa, oʼqituvchi ayibdormi bunday holatda oʼqituvchiga qonunan jazo bormi oʼqituvchi nima qilishi kerak bunday vaziyatda oʼquvchilar fandan daftar tutmasa  oʼqituvchi qonunan ayibdor hisoblanadimi?

YURIST JАVOBI:

Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Manba: Yurist_Xizmati

Oylik bot

«O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling!

@oqituvchi_ga
https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
27.7K views16:31
Ochish/sharhlash