Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 173

2022-09-10 15:23:06
Ахборот 24 | Самарқанд ШҲТ аъзо мамлакатлар Давлат раҳбарлари кенгашининг мажлисига мезбонлик қилади
#8sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
3.2K views12:23
Ochish/sharhlash
2022-09-10 14:16:03
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”

Joriy yilning 10-30 sentyabr kunlari "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla bosqichlari o‘tkazilishi belgilangan. Bugun tumanimizdagi barcha mahallalarda sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlar g‘oliblari olimpiadaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
_______________

“БЕШ ТАШАББУС ОЛИМПИАДАСИ”

Жорий йилнинг 10-30 сентябрь кунлари "Беш ташаббус олимпиадаси"нинг маҳалла босқичлари ўтказилиши белгиланган. Бугун туманимиздаги барча маҳаллаларда спортнинг стол тенниси тури бўйича мусобақалар бўлиб ўтди.

Беллашувлар ғолиблари олимпиаданинг кейинги босқичига йўлланмани қўлга киритдилар.
3.9K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-09-07 19:22:02
#Qiziqarli_faktlar

Nol — matematikada Rim raqamlari bilan yozib bo‘lmaydigan yagona raqam.
_________

#Қизиқарли_фактлар

Ноль — математикада Рим рақамлари билан ёзиб бўлмайдиган ягона рақам.
1.9K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-07 18:30:31
Бугун бўлиб ўтган халқ депутатлари Нарпай тумани Кенгаши сессиясида “Зарафшон” газетаси ва “Zarnews.uz” сайтида туман Кенгаши ҳамда айрим депутатлар фаолияти ҳақида берилган мақолада кўтарилган муаммо ва таклифлар юзасидан муҳокама ҳам бўлиб ўтди.

Бу ҳақда халқ депутатлари Нарпай тумани Кенгаши котибияти мудири Бекзод Орзиқулов хабар берди.

Унга кўра, депутатлар томонидан ҳудудда олиб борилаётган ишлар талаб даражасида эмаслиги, аҳоли муаммоларини ўрганиш ва ҳал этилишида фаол бўлиш зарурлиги таъкидланган.

@Zarnews_uz
2.5K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-09-07 18:21:02
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Xitoyda 4 xil ko‘rinishdagi ajdaholar bor ekan:

osmon ajdahosi – Xudolar makonini qo‘riqlaydigan;

ilohiy ajdaho – shamol va yomg‘ir yuboradigan;

yer ajdahosi – daryolarning yo‘nalishi va chuqurligini belgilab beradigan.

Bizning afsonalarimizda xitoydagi to‘rtinchi toifa ajdaholar shug‘ullanadigan ish bilan umuman boshqa jonzot mashg‘ul bo‘ladi. Siz menga, to‘rtinchi toifa ajdaholar nima qilishini emas, bizning afsonalarimizda bu ishni qaysi jonzot qilishini ayting.

JAVOB: Ilon yoki oq ilon.

Izoh: xazina qo‘riqlash. Ilonlar va ajdaholar bejizga qarindosh deyilmaydi.
2.3K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:59:27
#Ayni_paytda

"Uyda taʼlim olayotgan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Islom Hakimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/foqNGrU20w/
_______

#Айни_пайтда

"Уйда таълим олаётган ёшлар билан ишлаш борасида амалга оширилаётган ишлар" мавзусида туман ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш вa маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ислом Ҳакимов иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/foqNGrU20w/
2.4K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:44:02
Soʼrovnoma

Sizningcha, tumanimizda qaysi sohada ishlar toʼgʼri tashkil etilmoqda?
Anonymous Poll
12%
Toza ichimlik suvi
9%
Energotaʼminotda (Gaz, Svet)
15%
Yoʼl, asfalt
5%
Qurilish sohasida
5%
Moliya, bank kredit
5%
Boʼsh ish oʼrinlari
9%
Taʼlim sohasida
7%
Sogʼlikni saqlash
12%
Qishloq xoʼjaligi
21%
Madaniyat
1.7K voters5.1K views13:44
Ochish/sharhlash
2022-09-07 15:19:02
“JАDIDLАR” TOʼPLАMI TАRQАTILMOQDА

Hurriyatni orzu qilgan maʼrifatparvar bobolarimizning hayot yoʼli yoshlar uchun ibrat maktabidir. Qatogʼon qurbonlari hayotidan hikoya qiluvchi “Jadidlar” toʼplamining nashr etilgani esa ayni muddao.

Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqining Narpay tuman Kengashi xodimlari “jadidlar” toʼplamlarni umumtaʼlim maktablariga topshirishmoqda.
_______

“ЖАДИДЛАР” ТЎПЛАМИ ТАРҚАТИЛМОҚДА

Ҳурриятни орзу қилган маърифатпарвар боболаримизнинг ҳаёт йўли ёшлар учун ибрат мактабидир. Қатоғон қурбонлари ҳаётидан ҳикоя қилувчи “Жадидлар” тўпламининг нашр этилгани эса айни муддао.

Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Ёшлар иттифоқининг Нарпай туман Кенгаши ходимлари “жадидлар” тўпламларни умумтаълим мактабларига топширишмоқда.
3.1K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:20:05
ISTEʼMOLCHILAR DIQQATIGA!

Oqtosh shahridagi Bektosh Rahimov ko‘chasida rejali ishlar amalga oshirilayotgani bois Islom shoir mahallasining ayrim hududida bugun – 7 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar elektr taʼminotida uzulishlar bo‘lishi mumkin.

Ushbu noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Narpay tuman elektr taʼminoti korxonasi.
_______

ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!

Оқтош шаҳридаги Бектош Раҳимов кўчасида режали ишлар амалга оширилаётгани боис Ислом шоир маҳалласининг айрим ҳудудида бугун – 7 сентябрь куни соат 18:00 га қадар электр таъминотида узулишлар бўлиши мумкин.

Ушбу ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.

Нарпай туман электр таъминоти корхонаси.
3.5K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:14:31
TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Batafsil: http://narpay.uz/uz/node/5313
3.4K views08:14
Ochish/sharhlash