Get Mystery Box with random crypto!

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING Xitoyda 4 xil ko‘rinishdagi ajdaho | Narpay.uz | Rasmiy kanal

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Xitoyda 4 xil ko‘rinishdagi ajdaholar bor ekan:

osmon ajdahosi – Xudolar makonini qo‘riqlaydigan;

ilohiy ajdaho – shamol va yomg‘ir yuboradigan;

yer ajdahosi – daryolarning yo‘nalishi va chuqurligini belgilab beradigan.

Bizning afsonalarimizda xitoydagi to‘rtinchi toifa ajdaholar shug‘ullanadigan ish bilan umuman boshqa jonzot mashg‘ul bo‘ladi. Siz menga, to‘rtinchi toifa ajdaholar nima qilishini emas, bizning afsonalarimizda bu ishni qaysi jonzot qilishini ayting.

JAVOB: Ilon yoki oq ilon.

Izoh: xazina qo‘riqlash. Ilonlar va ajdaholar bejizga qarindosh deyilmaydi.