Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-04-18 19:22:46
Narpaylik ro‘zadorlar uchun

RAMAZON OYINING KUNLIK TAQVIMI

19 aprel – chorshаnba kuni:

Saharlik: 4:27
Iftorlik: 19:22.
______

Нарпайлик рўзадорлар учун

РАМАЗОН ОЙИНИНГ КУНЛИК ТАҚВИМИ

19 апрель – чоршанба куни:

Саҳарлик: 4:27
Ифторлик: 19:22.
5.9K viewsedited  16:22
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:21:45
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Ingliz faylasufi Frensis Bekon nimaga quyidagicha taʼrif bergan:

Baʼzilar mazasini tatib ko‘radi, baʼzilar butunlay yutib yuborishadi. Kamdan-kam insonlar esa o‘zlari yaratadi yoki o‘zlashtirishadi.

Javob: Kitob
______

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Инглиз файласуфи Френсис Бекон нимага қуйидагича таъриф берган:

Баъзилар мазасини татиб кўради, баъзилар бутунлай ютиб юборишади. Камдан-кам инсонлар эса ўзлари яратади ёки ўзлаштиришади.

Жавоб: Китоб
5.4K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:19:02
O‘zgarishlar sezilyaptimi?

Suratda: Oqtosh shahrining Amir Temur hamda Alisher Navoiy ko‘chalari chorrahasining avvalgi va hozirgi ko‘rinishi.
___

Ўзгаришлар сезиляптими?

Суратда: Оқтош шаҳрининг Амир Темур ҳамда Алишер Навоий кўчалари чорраҳасининг аввалги ва ҳозирги кўриниши.
5.3K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:07:35
1-maydan o‘zgaradigan jarimalar miqdori bilan tanishing.

– Kamar taqmaslik - 165 000 (82 500) so‘m

– Texnik ko‘rik, aptechka - 165 000 (82 500) so‘m

– Hujjatsiz boshqarish - 330 000 (165 000) so‘m

– Sug‘urtasiz haydash - 330 000 (165 000) so‘m

– Qizilda o‘tish - 660 000 (330 000) so‘m

– Noto‘g‘ri parkovka - 660 000 (330 000) so‘m

– Telefonda gaplashish - 990 000 (445 000) so‘m

– Raqamsiz haydash - 1 650 000 (825 000) so‘m

– Tezlikni oshirish (20 km/S) - 330 000 (165 000) so‘m

– Tezlikni oshirish (20-40 km/S) - 1 650 000 (825 000) so‘m

– Tezlikni oshirish (+40 km/S) - 2 970 000 (1 485 000) so‘m

– Qarama-qarshi harakatlanish - 3 300 000 (1 650 000) so‘m

– Mast holda haydash - 8 250 000 (4 125 000) so‘m yoki 3 yilgacha «prava»dan mahrum qilish

– Ruxsatsiz tonirovka - 8 250 000 (4 125 000) so‘m.

Qavs ichida 15 kun ichida to‘langanda 50 foizlik chegirma ko‘rsatilgan.
983 views12:07
Ochish/sharhlash
2023-04-18 13:16:46
#Aniq_raqamlar

2022 yilning birinchi choragi mobaynida fuqarolar tomonidan 2231 ta murojaat tushgan. 2023 yilning mos davrida esa aholidan tushgan murojaatlar soni 1567 tani tashkil etmoqda.

Demak, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil murojaatlar soni 664 taga kamaygan.

Bu esa “Mahallabay” ish olib borilayotgani, masʼullarning xonadonma xonadon yurib, aholi murojaatlarini o‘rganishayotgani, ularning muammolariga yechim topib, masalalarini hal etishayotgani samarasidir.
____

#Аниқ_рақамлар

2022 йилнинг биринчи чораги мобайнида фуқаролар томонидан 2231 та мурожаат тушган. 2023 йилнинг мос даврида эса аҳолидан тушган мурожаатлар сони 1567 тани ташкил этмоқда.

Демак, ўтган йилнинг мос даврига нисбатан бу йил мурожаатлар сони 664 тага камайган.

Бу эса “Маҳаллабай” иш олиб борилаётгани, масъулларнинг хонадонма хонадон юриб, аҳоли мурожаатларини ўрганишаётгани, уларнинг муаммоларига ечим топиб, масалаларини ҳал этишаётгани самарасидир.
2.0K viewsedited  10:16
Ochish/sharhlash
2023-04-18 12:15:45
18-aprel – O‘zbekiston Respublikasi kommunal soha xodimlari kuni

Kundalik turmushimizda foydalanilayotgan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa zarur manbalar bilan taʼminlayotgan soha vakillariga bayram muborak bo‘lsin!
____

18-апрел – Ўзбекистон Республикаси коммунал соҳа ходимлари куни

Кундалик турмушимизда фойдаланилаётган ичимлик суви, табиий газ, электр энергияси ва бошқа зарур манбалар билан таъминлаётган соҳа вакилларига байрам муборак бўлсин!
2.5K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:14:45
#Festival

“SIZ KUTGAN MEHMON”

“Yoshlar” istirohat bog‘ida “O‘zbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostidagi Festival doirasida “Siz kutgan mehmon” loyihasi – katta konsert dasturi o‘tkazildi.

Dastlab, harbiy qismdan tashrif buyurgan askarlar saf tortdilar. Shu kabi jangovar chiqishlar – qo‘l jangi harakatlari namoyish etildi.

Poytaxtdan kelgan “Eldido” guruhi solistlari Dilniyoz va Doston, shuningdek, taniqli aktyor, rejissyor, so‘z ustasi Sanjar Shodiyevlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.
______

#Фестиваль

“СИЗ КУТГАН МЕҲМОН”

“Ёшлар” истироҳат боғида “Ўзбекистон ёшлар мамлакати” шиори остидаги Фестиваль доирасида “Сиз кутган меҳмон” лойиҳаси – катта концерт дастури ўтказилди.

Дастлаб, ҳарбий қисмдан ташриф буюрган аскарлар саф тортдилар. Шу каби жанговар чиқишлар – қўл жанги ҳаракатлари намойиш этилди.

Пойтахтдан келган “Элдидо” гуруҳи солистлари Дилниёз ва Достон, шунингдек, таниқли актёр, режиссёр, сўз устаси Санжар Шодиевларнинг чиқишлари барчага манзур бўлди.
2.9K views08:14
Ochish/sharhlash
2023-04-18 10:12:02


“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratilishi belgilagan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #mening_yolim
3.4K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-04-18 09:12:46
#Festival

“O‘ZBEKISTON YОSHLAR MAMLAKATI”

Kuni kecha Narpay tumanida “O‘zbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida Festival bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlarni jalb etuvchi loyihalar tashkil etildi.
______

#Фестиваль

“ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАР МАМЛАКАТИ”

Куни кеча Нарпай туманида “Ўзбекистон ёшлар мамлакати” шиори остида Фестиваль бўлиб ўтди.

Фестиваль доирасида спорт мусобақалари, маънавий-маърифий тадбирлар, ёшларни жалб этувчи лойиҳалар ташкил этилди.
3.2K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:10:22
Festival doirasida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari va loyihalar g‘oliblari tantanali taqdirlandilar.
_____

Фестиваль доирасида бўлиб ўтган спорт мусобақалари ва лойиҳалар ғолиблари тантанали тақдирландилар.
3.5K views05:10
Ochish/sharhlash