Get Mystery Box with random crypto!

YANGI QURILGAN JOME MASJIDIDA RAMAZON HAYITI NAMOZI O‘QILDI M | Narpay.uz | Rasmiy kanal

YANGI QURILGAN JOME MASJIDIDA RAMAZON HAYITI NAMOZI O‘QILDI

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Xo‘jaqo‘ron hamda Toshko‘prik mahallalari namozxonlari tong saharda yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirilgan Xo‘jaqo‘rg‘on jome masjidida to‘plandilar.

Dastlab, tuman hokimi mo‘min-musulmonlarni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdi. Shundan keyin imomlar tomonidan Ramazon oyining fazilati, muborak hayit kuni bajariladigan amallar haqida maʼruza qilindi. So‘ng Ramazon hayiti namozini o‘qishga kirishildi.

800 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladigan ushbu masjid bir yilga yaqin muddatda mahalla faollari tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etildi. Ayni vaqtda tumanimizda xuddi shunday 7 ta jome masjidlarida ulkan qurilish va bunyodkorlik amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tumanimizdagi mavjud 18 ta jome masjidlarining barchasida hayit namozi o‘qildi.