Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 93

2022-09-06 18:31:07
SHOIR VA BASTAKORLAR UCHUN TANLOV

Namangan davlat universiteti talaba-yoshlarda Ilm-ma'rifatga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida universitet madhiyasini yaratish bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda shoir va bastakorlar ishtirok etishlari munkin. Namangan davlat universiteti madhiyasi uchun yozilgan she'r va musiqa universitet hayoti, ilm-ma'rifatga intilish, universitet istiqboli, shuningdek, talaba-yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyatiga rag'batlantirishi zarur.

Yuborilgan ijod na'munalari ijtimoiy tarmoqlarimizda berib boriladi.                                                                   
Ijod na'munalarini qabul qilish manzili
@Namdu_Madaniyat_Musiqa

Tanlov g'oliblari pul mukofoti  hamda universitet rektorining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

http://t.me/NAMDU309
4.9K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:40:03
12-17 sentabr kunlari Oliy taʼlim muassasalarida hisobot-saylov yig‘ilishlari haftaligi deb eʼlon qilindi

Shu munosabat bilan barcha oliy taʼlim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlarida:

– 12-13 sentabr kunlari guruhlarda guruh yetakchilari saylovlari;
– 14-15 sentabr kunlari fakultetlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari, fakultet Kengashi va fakultet yetakchilari saylovlari;
– 16-17 sentabr kunlari oliy taʼlim muassasasi boshlang‘ich tashkilot hisobot-saylov yig‘ilishlari, Kengash aʼzolari va Yoshlar yetakchisi saylovlarini tashkil etiladi.

Barcha talaba-yoshlarni hisobot-saylov yig‘ilishlarida faollikka chorlaymiz!

Batafsil

http://t.me/NAMDU309
7.0K viewsedited  11:40
Ochish/sharhlash
2022-09-06 12:34:05
O‘qishga kirganlar uchun bazaviy kontrakt, kira olmagan uchun super-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda shartnoma turini tanlash degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror tashkilot, masalan banklar yoki ota-onasining ishxonasi to‘lamoqchi bo‘lsa, unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.

http://t.me/NAMDU309
2.8K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2022-09-06 12:05:19
SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETIGA DEKAN TAYINLANDI

Universitet rektorining 422-sh/t sonli buyrug'iga ko'ra, San'atshunoslik fakulteti dekani lavozimiga Sayfiddinov Anvar Sadriddinovich tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Sayfiddinov San'atshunoslik fakulteti dekan o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

NamDU matbuot xizmati

http://t.me/NAMDU309
3.5K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:59:30
SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO'LIMIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDI

Universitet rektorining 422-sh/t sonli buyrug'iga ko'ra, Geografiya fanlari nomzodi dotsent Soliyev Elmurod Aliyevich sirtqi (maxsus sirtqi) bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar E.Soliyev Geografiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

NamDU matbuot xizmati

http://t.me/NAMDU309
6.7K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:25:26
Факт 24 | Ёш ихтирочининг мобил оптик лабораторияси
#30aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
5.0K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:55:31
HURMATLI TALABALAR!

Sizlar jamiyat taraqqiyotining tayanchi, kelajagimiz vorislari ozod va obod yurtimizning ertasini yuksaltiruvchi asosiy kuch boʼlib maydonga kirib kelmoqdasiz. Sizlar tom maʼnoda Yangi Oʼzbekistonning boyligi, porloq istiqbolimizning bunyodkorisiz! Bir soʼz bilan aytganda jamiyatimizning eng faol qatlami sifatida eʼtibor va eʼtirofga loyiqsiz!

Batafsil maqolani o'qish

http://t.me/NAMDU309
5.4K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:54:10
Magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan va tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga muhim xabar

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Shu sababli Namangan davlat universitetining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va tahsil olayotgan xotin-qizlar 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) 15-sentabr kuniga qadar magistratura bo'limiga ariza bilan murojaat etishlari so'raladi.

Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

http://t.me/NAMDU309
5.6K viewsedited  05:54
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:07:57
Qaysi banklar taʼlim krediti ajratmoqda? Ular qanday shartlar asosida beriladi?

Bu haqidagi batafsil maʼlumotni yuqoridagi videolavha orqali bilib olasiz.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
5.5K views05:07
Ochish/sharhlash
2022-09-06 07:18:25
“YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ” ATROF TILLARANG TUSGA KIRIB, TABIATNING YANA BIR FASLI – OLTIN KUZ KIRIB KELDI.

Beshinchi sentabr – talabalarni yana sevimli oliygohlariga chorladi. Bugungi shukronalik kunni Namangan davlat universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti, Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari ham ko‘tarinki ruhda qarshi oldilar.

batafsil ma'lumot havolada

NamDU matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram |YouTube | Veb-sayt
6.2K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash