Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-21 21:51:53
Biznes egalari va tadbirkorlar diqqatiga!

Sizda yaponiyalik biznes egalari va liderlari bilan yaqindan tanishish va hamsuhbat bo’lish imkoniyati mavjud. Ertaga, 22-Aprel, shanba kuni, soat 15:00 da, Tashkent citydagi “Hilton”mehmonxonasining 2-qavatida o’z ishini boshlaydigan “Leadership Seminar”imizga sizni taklif etamiz!

Mazkur tadbirda yaponiyalik mehmonlarimiz janob Pheng Kouch-JCI Xazinabon, janob Oudam Ly-JCI APDC Kengash a’zosi, janob Mark Joseph David- CI APDC Kengash a’zosi va janob Taiji Tsukumo-JCI APDC Xazinabonlar ishtirok etadilar.

Shuningdek, jurnalist va bloger-ekspert Najot Nur tomonidan tashkil etilayotgan “Rahbarlik boshqaruvida nutqning o’rni” mavzuidagi trening orqali o’zingiz uchun ko’plab insaytlar olishingizga ishonamiz. Trening amaliy mashqlar bilan birga olib boriladi.

Bu hali hammasi emas, aziz mehmonlarimiz biz bilan birga Hayit bazmimizni ham nishonlab, kech soat 19:00 da Hilton mehmonxonasining 1- qavatida yaponiyalik mehmonlarimiz bilan birgalikda tashkil etilayotgan bayram dasturxoni atrofida yig’ilish imkoniyatiga ham egalar.

Mazkur tadbirda ishtirok etish narxi: 570 ming so’m

(To’lovlar masalasida @RasulovS06 telegram profiliga murojaat qilishingiz mumkin.)

Quyidagi link orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/1Qb_w0jDG-Mb8XPXc9DHfumzRzY4mwChfmB7sDY_cEyE/edit

Biz sizlarni Leadership seminiarimizda hamda Hayit bazmimizda ko’rishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz!

Tadbirda qatnashish uchun telegram ilovasi orqali @RasulovS06 bilan bog’lanishingiz mumkin.

Hurmat va ehtirom ila,
JCI O’zbekiston Jamoasi.

@najotnuruz
1.9K views18:51
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:26:51
Ramazon hayiti muborak boʻlsin! Olloh tutgan roʻzalarimizni qabul qilsin! Yana koʻp ramazonlarga yetqazsin!
@najotnuruz
1.7K views00:26
Ochish/sharhlash
2023-04-21 01:10:24
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti talabalari diqqatiga!
1.5K views22:10
Ochish/sharhlash
2023-04-19 02:15:08
Bu video aynan rahbarlik lavozimidagi insonlar, top-menejerlar va omma oldida nutq so‘zlashga qiynalayotganlar uchun mo‘ljallangan!

Bizga nutqini rivojlantirish maqsadida murojaat qiladiganlar asosan his-hayajon va qo‘rquv, ovozlaridan qoniqmasliklari, fikrlarining tizimli emasligi va majlislarda qo‘l ostidagi xodimlari oldida yoki yuqori lavozimli insonlar oldidagi chiqishlari davomida o’zlarini yo‘qotib qo‘yishlari, nutqlarini unutib qo‘yishlaridan shikoyat qiladilar.

Agarda siz rahbar bo‘lsangiz-u, sizda ham shu kabi muammolar kuzatilayotgan bo‘lsa, bunga yechim bor.

Men, 6-may sanasidan o’zimning rahbar xodimlar nutqini rivojlantirishga qaratilgan bir yarim oylik oflayn darslarimni boshlayman.

Kursimizga Ramazon oyi ichida yozilsangiz, sizda 20 %lik chegirmaga ega bo’lish imkoniyati bor.

Muammo sizni qiynayotgan bo‘lsa, izohlarda «+» belgisini qoldiring yoki videoda ko‘rsatilgan raqamga aloqaga chiqing!

@najotnuruz
1.3K views23:15
Ochish/sharhlash
2023-04-18 20:46:19
Ham ilm olib, ham daromad topishni xohlaydigan ayollar diqqatiga!

Sizda Najot Nur Notiqlik markazi ayollar jamoasiga qo'shilish imkoniyati bor!

Sizdan talab qilinadi:
Xushmuomalalik
Insonlar bilan muloqot qila olish tajribasi
  Aloqa markazida ishlay olish

Nimalarga ega bo'lasiz:

•Notiqlik markazi jamoasi a'zosi bo'lish
•Jamoa a'zosi bo'lish hisobiga shaxs sifatida rivojlanish
Va eng asosiysi  Notiqlik oflayn darslarida jonli qatnashish!


Yosh chegarasi: 20-35

Murojaat uchun:
@najotnuradmin
2.0K viewsedited  17:46
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:56:01
JUMANING XAYR-U BARAKOTI SIZGA BO‘LSIN!

@najotnuruz
1.3K viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:50:04
Barchalarimizga nasib qilsin! Omin!
1.5K viewsedited  12:50
Ochish/sharhlash
2023-04-02 16:02:57
"Oyoq-yalang" yoki "yalang-oyoq" ?

Makka shahriga kelganimizga ikki kun bo‘ldi. Asr namozidan keyin Ka‘batullohni tavof qilish uchun mehmonxonadan yo‘lga otlanayotgan edik. Qayerdandir hayolimga bir jumla keldi.

- O‘zbek tilida "oyoq-yalang"-mi yoki "yalang-oyoq" bo‘ladimi?, deya ayolimdan so‘radim.

- "Menimcha farqi yo‘q." - degan oddiy javob oldim.

- "Menimcha esa o‘zbek tili grammatikasiga asosan avval sifat, so'ngra ot kelsa to‘g‘ri bo‘ladi."'- deya aqilli javob berib, yo‘lga otlandik.

Ka‘batullohni tavof qilib, yettinchi marta aylanayotganimizda hufton namoziga azon aytildi va posbonlar namoz joyini bo‘shtish uchun ziyoratchilarni chetroqqa yo‘naltira boshladi. Tabiiyki, olamon orasida biroz tartibsizlik yuzaga keldi. Bu orada ayolim va men ikki tomonga ajralib kettik.

Ehromda yelkaga ryukzak osish noqulay bo‘lgani bois telefon, shippak va hamyonni ham unga joylab, ayolimga bergan edim ( deyarli bo‘sh edi). Xullas, bir-birimizni yo‘qotib qo‘ydik. Bunday olamon ichidan bir insonni topish juda mushkul.

Hufton namozini oqib bo‘lgach, atrofni biroz qidirib, natija bo‘lmagach, oyoqyalangmi yoki yalangoyoqmi, xullas mehmonxonaga qaytib keldim.

Hayriyatki xonamizning kaliti, yonimda qolgan ekan. Yuqoriga ko‘tarildim, ayolim allaqachon xonaga kelib, ellikboshiga xabar berish uchun chiqib ketgan ekan.

Havotirlanib xonaga qaytgan ayolimga birinchi aytgan gapim shu bo‘ldi.

"Oyoq-yalang" va "yalang-oyoq" jumlalari bir xil ekan deya kulishib oldik. Aslida haqiqat esa, oyog‘miz biroz og‘riqni sezib, ona zaminni his qilar ekansiz. Eng asosiysi, Allohning huzurida, kibr, riyo va bandalik qilib aytilgan har bir gapimiz inobatga olinishiga, ko‘p emas , ikki soat ichida amin bo‘ldim. Aslida, biz bandalarning hayotimiz davomida bilib-bilmay gapirayotgan har bir so‘zimiz, har bir amalimiz yaratganga ma‘lumdir.

Shu bois o‘zimizni har soniya isloh qilishdan charchamaylik.

Alloh qilayotgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Omin!

Makka shahri, 3 Dekabr, 2022 yil

Odilbek Shodmon o‘g‘li
1.8K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash
2023-04-02 15:59:40 MENING BIR AKAM BOR…

Mening bir akam bor, tug‘ishgan emas-u, ammo undan yaqin. Talabalik davrimda, hayotda endi o‘zimni, o‘z yo‘limni topish harakatida yurganimda shu akam menga ham ma’nan, ham moddiy ko‘makchi bo‘lgan. Maslahatlarini ayamasdi, pulini ham.

Talabalikda biroz yetishmovchilik sabab pul so‘rasam, doim berar va qachon qaytarishimni so‘rardilar. Falon kuni qaytaraman, deb qaytarolmasam, dakki eshitardim. Insonlarga va’da berdingmi, vaqtida bajar, lavzingda tur, aks holda bu odat bo‘lib shakllanadi va hurmat-izzatdan qolasan, derdilar. Bu meni biroz ranjitgandek bo‘lardi. Keyin bilsam, shu joydayam menga akalik qilib, tarbiya usullarini qo‘llagan ekanlar.

Umuman oramizda juda ko‘p gap-so‘zlar, voqealar o‘tgan. Bugun ular haqida gapirmoqchi emasman. Har bir kishining ana shunday akasi bo‘lsin, deyman.

Bugun sizga boshqa bir voqeani yetkazmoqchiman. Bu inson bilan aslida, “Yoshlar” teleradiokanali, “Davr”muharririyatida tanishib, yaqin bo‘lganmiz. Deyarli bir joydan ekanligimiz ham bunga sabab bo‘lgandir, balki. Ular aslida, kuchli tarjimon, pedagog—Odilbek Shavqiyev. Lekin taqdir taqazosi bilan jurnalistika yo‘nalishida ham faoliyat olib borganlar. Garchi bir necha yillardan beri bu sohada faoliyat yuritmayotgan bo‘lsam ham, onda-sonda qalam tebratib turaman, deydilar o‘zlari.

Umraga kelganimizni eshitib, sevindilar. O‘tgan yili oilalari bilan Umra ziyoratini amalga oshirganlarida bir qiziq holatni qalamga olgan ekanlar. Shuni menga jo‘natibdilar, men esa ulardan izn olgan holda uni siz bilan poylashmoqchiman. Umraga kelganingizda oyoqyalangmi, yalangoyoqmi yurganingizda, shu voqeani bir eslab qo’yarsiz. Nega bunday deyayotganimni esa, quyidagi matnni o’qib anglaysiz. Ma’qul topsangiz, izohlarda fikrlaringiz bilan bo‘lishing!

P.S: Ma’lumot sifatida: Odilbek akam bugungi kunda O’zbekistondagi eng katta ingliz tilini o’qitish markazlaridan biri-“INTERNATION”da mas’ul yuqori lavozimlardan birida ishlaydilar.

@najotnuruz
1.7K viewsedited  12:59
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:29:02
Bomdoddan keyingi Madina…
1.4K views09:29
Ochish/sharhlash