Get Mystery Box with random crypto!

MENING BIR AKAM BOR… Mening bir akam bor, tug‘ishgan emas-u, | NAJOT NUR

MENING BIR AKAM BOR…

Mening bir akam bor, tug‘ishgan emas-u, ammo undan yaqin. Talabalik davrimda, hayotda endi o‘zimni, o‘z yo‘limni topish harakatida yurganimda shu akam menga ham ma’nan, ham moddiy ko‘makchi bo‘lgan. Maslahatlarini ayamasdi, pulini ham.

Talabalikda biroz yetishmovchilik sabab pul so‘rasam, doim berar va qachon qaytarishimni so‘rardilar. Falon kuni qaytaraman, deb qaytarolmasam, dakki eshitardim. Insonlarga va’da berdingmi, vaqtida bajar, lavzingda tur, aks holda bu odat bo‘lib shakllanadi va hurmat-izzatdan qolasan, derdilar. Bu meni biroz ranjitgandek bo‘lardi. Keyin bilsam, shu joydayam menga akalik qilib, tarbiya usullarini qo‘llagan ekanlar.

Umuman oramizda juda ko‘p gap-so‘zlar, voqealar o‘tgan. Bugun ular haqida gapirmoqchi emasman. Har bir kishining ana shunday akasi bo‘lsin, deyman.

Bugun sizga boshqa bir voqeani yetkazmoqchiman. Bu inson bilan aslida, “Yoshlar” teleradiokanali, “Davr”muharririyatida tanishib, yaqin bo‘lganmiz. Deyarli bir joydan ekanligimiz ham bunga sabab bo‘lgandir, balki. Ular aslida, kuchli tarjimon, pedagog—Odilbek Shavqiyev. Lekin taqdir taqazosi bilan jurnalistika yo‘nalishida ham faoliyat olib borganlar. Garchi bir necha yillardan beri bu sohada faoliyat yuritmayotgan bo‘lsam ham, onda-sonda qalam tebratib turaman, deydilar o‘zlari.

Umraga kelganimizni eshitib, sevindilar. O‘tgan yili oilalari bilan Umra ziyoratini amalga oshirganlarida bir qiziq holatni qalamga olgan ekanlar. Shuni menga jo‘natibdilar, men esa ulardan izn olgan holda uni siz bilan poylashmoqchiman. Umraga kelganingizda oyoqyalangmi, yalangoyoqmi yurganingizda, shu voqeani bir eslab qo’yarsiz. Nega bunday deyayotganimni esa, quyidagi matnni o’qib anglaysiz. Ma’qul topsangiz, izohlarda fikrlaringiz bilan bo‘lishing!

P.S: Ma’lumot sifatida: Odilbek akam bugungi kunda O’zbekistondagi eng katta ingliz tilini o’qitish markazlaridan biri-“INTERNATION”da mas’ul yuqori lavozimlardan birida ishlaydilar.

@najotnuruz