Get Mystery Box with random crypto!

'Oyoq-yalang' yoki 'yalang-oyoq' ? Makka shahriga kelganimizg | NAJOT NUR

"Oyoq-yalang" yoki "yalang-oyoq" ?

Makka shahriga kelganimizga ikki kun bo‘ldi. Asr namozidan keyin Ka‘batullohni tavof qilish uchun mehmonxonadan yo‘lga otlanayotgan edik. Qayerdandir hayolimga bir jumla keldi.

- O‘zbek tilida "oyoq-yalang"-mi yoki "yalang-oyoq" bo‘ladimi?, deya ayolimdan so‘radim.

- "Menimcha farqi yo‘q." - degan oddiy javob oldim.

- "Menimcha esa o‘zbek tili grammatikasiga asosan avval sifat, so'ngra ot kelsa to‘g‘ri bo‘ladi."'- deya aqilli javob berib, yo‘lga otlandik.

Ka‘batullohni tavof qilib, yettinchi marta aylanayotganimizda hufton namoziga azon aytildi va posbonlar namoz joyini bo‘shtish uchun ziyoratchilarni chetroqqa yo‘naltira boshladi. Tabiiyki, olamon orasida biroz tartibsizlik yuzaga keldi. Bu orada ayolim va men ikki tomonga ajralib kettik.

Ehromda yelkaga ryukzak osish noqulay bo‘lgani bois telefon, shippak va hamyonni ham unga joylab, ayolimga bergan edim ( deyarli bo‘sh edi). Xullas, bir-birimizni yo‘qotib qo‘ydik. Bunday olamon ichidan bir insonni topish juda mushkul.

Hufton namozini oqib bo‘lgach, atrofni biroz qidirib, natija bo‘lmagach, oyoqyalangmi yoki yalangoyoqmi, xullas mehmonxonaga qaytib keldim.

Hayriyatki xonamizning kaliti, yonimda qolgan ekan. Yuqoriga ko‘tarildim, ayolim allaqachon xonaga kelib, ellikboshiga xabar berish uchun chiqib ketgan ekan.

Havotirlanib xonaga qaytgan ayolimga birinchi aytgan gapim shu bo‘ldi.

"Oyoq-yalang" va "yalang-oyoq" jumlalari bir xil ekan deya kulishib oldik. Aslida haqiqat esa, oyog‘miz biroz og‘riqni sezib, ona zaminni his qilar ekansiz. Eng asosiysi, Allohning huzurida, kibr, riyo va bandalik qilib aytilgan har bir gapimiz inobatga olinishiga, ko‘p emas , ikki soat ichida amin bo‘ldim. Aslida, biz bandalarning hayotimiz davomida bilib-bilmay gapirayotgan har bir so‘zimiz, har bir amalimiz yaratganga ma‘lumdir.

Shu bois o‘zimizni har soniya isloh qilishdan charchamaylik.

Alloh qilayotgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Omin!

Makka shahri, 3 Dekabr, 2022 yil

Odilbek Shodmon o‘g‘li