Get Mystery Box with random crypto!

Muslima ona kundaligi

Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi M
Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi
Kanal manzili: @muslima_ona_kundaligi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.86K
Kanalning ta’rifi

Эслатинг! Зеро, эслатма мўминларга манфаат етказур "ЗОРИЁТ" сураси, 51-оят
Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.
Реклама учун - @reklama_uchun_malumot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2022-10-01 07:52:35


#O'yinchoqlarning bola hayotidagi ahamiyati.

Musiqiy texnik o'yinchoqlar.
Bola ulg'aygan sayin biz texnik o'yinchoqlarga ega bo'lamiz.
Dizayner nafaqat nozik motorli ko'nikma jihatlarini rivojlantirishga qodir,
balki bolaning tasavvuriga ham ta'sir qiladi.
Bolalar rivojlanishida musiqiy o'yinchoqlarning rolini ortiqcha baholash qiyin. Barabanlar, shoxlar, shovqinlar, turli xil shovqinlar va boshqa "asboblar" har qanday yoshdagi bolalarni xursand qiladi.

Didaktik o'yinchoqlar
Ular bolalarni turli xil tushunchalar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bular mozaika, jumboq, uy quradigan qo'g'irchoqlar, mavzuning rangini, shaklini, hajmini o'rganishga yordam beradi.

Milliy o'yinchoqlar.
Xalq ijodiyotiga qiziqish, muhabbatni rivojlantirish va o'zbek ustalarining mahsulotlarini hurmat qilish. - Diqqat, xotirani rivojlantirish, nutq so'z boyligini boyitib boradi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
1.6K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:33:45 Dildagi satrlar
1.9K views15:33
Ochish/sharhlash
2022-09-30 13:50:59
Фарзандингизга тўғри билим беринг.

Болага хатоларини айтиш билан кифояланиш ярамайди.

“Қўлингни юв!”, “Салом қани?”, “Бор, дарсингни қил!” дейишнинг ўзи етарли эмас.

Агар фарзандга айтилганларни у билан бирга бажариб, уни олқишлаб қўйсангиз, кўзланган натижага эришишингиз мумкин.

Манба: Зиѐвуддин Раҳим. "Бахтли ҳаѐт сари" асаридан

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
2.1K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:31:50
JONIM BOLAM

Siz o‘zimniki deb o‘ylagan bolalar aslida sizning farzandingiz emas – ular hayotning o‘g‘il-qizlari.

Garchi, ular siz orqali dunyoga kelgan bo‘lishsa ham, o‘zlarini umrga tegishli hisoblaydilar.

Ular yoningizda ulg‘ayishsa ham, kun kelib olisga ketib qolishlari mumkinligi ayni haqiqat.

Siz farzandga o‘z mehr-muhabbatingizni his qilishlariga yordam berishingiz mumkin. Ammo ularni o‘z o‘y-xayollaringiz bilan band qila olmaysiz. Chunki ularning o‘z dunyolari, xayol va rejalari bor.

Ularning qad-qomatlari sizning uyingizda bo‘lsa ham, ko‘ngillari hali bu yerda qo‘nim topmagan bo‘ladi. Boisi ularning ko‘ngillari kelajakka mansub. Siz esa o‘zingizni kelajakda xayollaringiz orqali ham tasavvur qila olmaysiz. Boisi siz bugunning odamlarisiz.

Siz farzandingizni tushunish uchun unga o‘xshashingiz mumkin. Ammo ularni tamoman o‘zingizdek bo‘lishga majburlamang. Sababi hayot oldinga yuradi va kechagi qoidalar bugunga munosib kelmaydi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Muslima_ona_kundaligi
1.8K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:20:07 ⠀      。゚゚・。・゚゚。
         ゚。         。゚
             ゚・。・゚
love_ifor
893 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:11:11 ​​Ота оналар баъзида йўл қўйадиган оддий аммо келажакда салбий ҳолатларга олиб келадиган хатолар



1. «Мумкин эмас»ни жуда кўп айтиш
Асоссиз айтилган ҳар бир тақиқ боланинг атрофдаги оламга бўлган қизиқувчанлигини пасайтиради ва билим олишига халақит беради.

2. Болани ўз ҳолига қўймаслик

Болани бўш вақтида ўзимиз хоҳлаган машғулотлар билан банд қиламиз. Натижада болада ташаббускорлик ва мустақил фикрлаш қобилиятлари ривожланмай қолади.

3. Жисмоний жазони қўллаш
Мутахассислар болани тез-тез жисмоний жазолаш унинг ривожланишда орқада қолишига сабаб бўлишини исботлашган.

4. «Катталар иши»га аралашмасликни талаб қилиш
Масалан, бола нега кайфиятимиз йўқлиги ёки нима учун йиғлаганимиз ҳақида сўраганида, яхшиси, унга бола тушунадиган тилда вазиятни тушунтирганимиз маъқул. Бу нарса болада ҳис-туйғулар ва ҳамдардлик ҳақида тушунча пайдо бўлишига ва унинг эмоционал ўсишига олиб келади.

5. Болани оламдаги барча нарсадан ҳимоя қилиш
Уйда ўта хавфсиз ва стерил шароитни яратишимиз, ташқи муҳитни бола учун янада хавфли қилиб қўяди. Шунинг учун болани бироз эркин қўйиб, унинг ташқи олам билан тўлиқ танишишига имкон беришимиз керак.

6. Болани ортиқча мақташ
Ҳар бир иши учун мақтайверишимиз боланинг янги ютуқларга эришиш истагини йўқотади, Бола учун қилган ишининг натижаси эмас сизнинг эмоциянгиз муҳим бўлибқолади. Аммо ҳақиқатдан меҳнат билан қилган ишини мақтанг.

7. Мустақил қарор қабул қилишига йўл қўймаслик
Ҳамма қарорни бола учун ўзимиз қабул қилаверишимиз унинг мустақил одам бўлиб вояга етишига халақит беради. Оддий масалаларда боланинг ўзи бир қарорга келишига рухсат бериш зарур.

8. Барча истакларини тушуниш
Боламизнинг нима хоҳлаётганини унинг кўз қарашидан билиб олишимиз мақтовга лойиқ. Лекин бир ёшдан кейин бола истакларини сўз билан тушунтиришга ҳаракат қилиши керак. Бу унинг нутқини ўстиради.

9. «Катталарнинг буюмлари»га тегинишни тақиқлаш
Бундай буюмларга сизнинг назоратингиз остида тегиниши хавф туғдирмайди, ижодий қобилиятларининг ўсишига ёрдам беради.

10. Боланинг кучи ва имкониятларига ишонмаслик
Бола ҳали гапиролмайди, лекин эшитган қўшиғини ўзича «куйлаяпти» ёки бир ёшга кирмасдан ҳарфларга қизиқа бошлаяпти ва ҳоказо. Бундай пайтларда эътиборсизлик қилмасдан, боладаги бу қизиқишларни янада ривожлантиришга ҳаракат қилсак, унинг келажакда катта ютуқларга эришишига ҳисса қўшган бўламиз.

Каналимизга марҳамат, зеро биз фарзандлар ҳақида гаплашамиз.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.0K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-09-29 12:10:27
#Dolzarb

Bolalarga imkon qadar telefon bermang!

Sababi: endi oʻsayotgan bolaning umurtqa pogʻonasi, boʻyin sohasi va koʻkrak qafasi shunaqa qiyshiq rivojlanadi. Bu esa ayni shu oʻta nozik boʻlgan organizmlarda kelajakda muammolarga sabab boʻlishi mumkin!

Bolasi tinch oʻtirishi uchun doim telefon berib qoʻyadigan ota-onalarga yuborib qoʻying

bola_tarbiyasi


@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.6K viewsedited  09:10
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:07:34 22-38 ёшли аёллар-ва қизларни Тв лойихада қатнашишга таклиф қиламиз!

Суратга олиш Тошкент шахрида олиб борилади. Бу лойихада сиз юзингизни никоб билан тўсиб иштирок этишингиз мумкин!

Агар сиз узоқ вақтдан бери ортиқча вазндан кутилишни орзу қилаётган бўлсангизу, аммо бунга қандай эришишни билмасангиз. Биз сизга орзуйингиз - “безарар озиш” ни руёпга айлантиришга ёрдам берамиз!

Сиз билан энг яхши шифокор- диетологлар иш олиб боришади. Бу дастур бир ой давомида онлайн олиб борилади.
Бир ой давомида сиз 4 марта съёмка жойига 1-2 соатга ташриф буйиришингиз талаб этилади.
Биз сизга:
  -тулик озиш дастурини
      - пул мукофотини тақдим этамиз

Сиздан:
-кучли иштиёқ
-озиш дастурига қатъий амал қилиш талаб этилади.                                                                                                                                                                                                                                                                 Буй
вазн
ёш
Қайси шахарда яшашиз
бўйича маълумотларни https://t.me/Sitora_Saidakbar11 юборинг
1.5K views08:07
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:07:34
1.4K views08:07
Ochish/sharhlash
2022-09-29 06:34:14 Tarbiya borasida ota-onalarga tavsiyalar.


" Bolaning yonida tortishmang"

Ota va ona orasidagi mojarolar bola shaxsining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Ota-ona munosabatlari kichkintoyning ruhiy rivojlanishi uchun poydevor asos hisoblanadi.

Bola muloqot qilganida ochiq, o‘ziga ishongan bo‘ladimi yoki yo‘qmi, ko‘p hollarda u oilasida his etadigan himoyalanganlik hissiga tayanadi.

Agar oilada janjal va nizolar tez-tez bo‘lib tursa, kichkina odam atrofdagilarga ishonch hissini yo‘qotadi.

Kichkintoylar ham, hatto o‘smirlar ham odamlarning o‘zaro munosabatlaridagi qiyinchilik va ziddiyatlarni tushuna olishmaydi.

Bola ota-onasining ikkisini ham yaxshi ko‘radi va ularning janjallari va o‘zaro haqoratlarini olamning falokati sifatida qabul qiladi.

Eng daxshatlisi, kichkina bolalar nizo sabablarini tushuntirib bera olishmaydi. Va aybni o‘z yelkalariga olishadi. O‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlasha olmay qiynalishadi.
Tushkun kayfiyatga tushib qolishadi.

Albatta, janjallar hamma oilada ham bo‘lib turadi, hatto, eng baxtli oilalarda ham.

Ammo ularning farqi shundaki, ba‘zi bir oilalarda kattalar o‘z noroziliklarini bosiqlik bilan bildirib bir-birlarini tushunishga harakat qilishsa va yarashishga intilishsa, boshqalari bir birlarini haqorat qilgan holda munosabatlarni buzishadi, ba‘zan esa o‘z janjallariga farzandlarini ham jalb etishadi.

Bu esa boladagi ruhiy jarohat- asab buzilishlariga (tana a‘zolarining pir-pir uchishi), enurez xastaliklari- tungi ruhiy daxshatlarga olib kelishi mumkin.

Shu boisdan kichkintoyni kelajakda el koriga yaraydigan qilib tarbiyalashda ota-onalar har qanday janjalda o‘zlarini vazmin tutishlari kerak.

Chunki bolalarga eng katta zararni oiladagi janjallar yetkazadi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.7K views03:34
Ochish/sharhlash