Get Mystery Box with random crypto!

Muslima ona kundaligi

Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi M
Telegram kanalining logotibi muslima_ona_kundaligi — Muslima ona kundaligi
Kanal manzili: @muslima_ona_kundaligi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.86K
Kanalning ta’rifi

Эслатинг! Зеро, эслатма мўминларга манфаат етказур "ЗОРИЁТ" сураси, 51-оят
Tarbiya borasidagi eng sara ma'lumotlar, psixologlar fikrlari, ota-onalarga tavsiyalar aynan shu kanalda.
Реклама учун - @reklama_uchun_malumot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2022-10-03 10:23:02 ​​Taniqli A.Kurpatov tavsiyalari asosida bolani tarbiyalash!

Rossiya va yana ko'plab mamlakatlarda mashhur bo'lgan psixoterapevt, millionlab adadiga ega kitoblar muallifi Andrey Kurpatovdan tavsiyalar.

Psixoterapevt Kurpatov fikriga ko'ra, bolani tarbiya qilishda eng muhimi unga to'g'ri "Yo'q" deya bilish ekan.
Yo'q deyishning qoidalari:


1. Siz har doim ham "Yo'q" so'zini ishlatay olmaysiz. "Yo'q" so'zini ertayu-kech eshitgan bolaga uning qadri qolmaydi. Bu so'z maxsus bo'lishi shart. Buning uchun haqiqattan man etish kerak narsalar bilan, ruxsat bersa bo'ladiganlarni ajrating. Misol uchun bugun muzqaymoq yesa hech narsa qilmaydi, lekin ko'ptokni mashina yo'lni oldida o'ynash aslo mumkin emas. Bola imkon qadar ota-onasidan ko'proq "Ha" so'zini eshitsin.


2. Agar bolaga "yo'q" degan bo'lsangiz, uni "A, mayli" yoki "Ha" ga almashtira olmaslingizni biling. "Yo'q" deyildimi, demak u qat'iyan yo'q bo'lishi kerak. "Yo'q" deb, bolaning, misol uchun, yig'lashidan so'ng "Ha" deyilishi keyinchalik har bir man etilgan narsani bola yig'i bilan undirishga o'rganib qolishini taqazo etadi.

3. Agar bolaning biron talabiga "Yo'q" deyishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, u holda katta ishga tayyor bo'lishingiz kerak. Hech bir bola "Yo'q so'zini xursandchilik bilan qabul qilmaydi. Lekin agar u bu so'z ayni damda nega ishlatilganini anglay olsa, uni qabul qilishni o'rganadi. Buning uchun siz unga asabiylashmay "Yo'q" deganingiz sababini yetkaza olishingizga kuch kerak bo'ladi.


4. Nega "Yo'q" deyayotganingizga har doim ham izoh berish shart emas. Misol uchun 3 yoshlik bola nega katta ko'chada o'ynash mumkin emasligini aqli bilan tushuna olmaydi. Buni unga tushuntirib o'tirmang. Man etish kerak bo'ldi, shunda u buni bir qoidadek qabul qila oladi. Lekin 12 yoshlik bolaga nega ertaga kinoga borishi mumkin emasligiga izoh berishingiz lozim. Bu izoh asoslangan bo'lmasa, kinoga tushgani ma'qul.


5. "Yo'q" so'zi ravon ovozda, emosiyasiz aytilishi muhim. Bola sizning "Yo'q" so'zingizda qoidani ko'rsin, kayfiyatingizni emas. "Yo'q" deyayotgan bo'lsangiz ham, uni yaxshi ko'rishingizni sezib tursin.


6. Yig'lab, hafa bo'lib, ohir oqibat sizning "Yo'q" ni qabul qilgan bolani albatta maqtab qo'ying. U to'g'ri ish qilganini ko'ra olsin.


7. Oilada bir odam "Yo'q" deb, ikkinchisi shu zahoti "Mayli" desa, tarbiyaning hech qanday ma'nosi bo'lmaydi. Biron vaziyatga "Yo'q" deyilishiga oila a'zolarining qarashi bir xil bo'lishi kerak.

Aks holda, bola kattalar bilan o'yin qila boshlaydi. Onasi olib bermagan shirinlikni borib buvisiga oldiradi. Shunda buvisi onasi ruxsat bermagan shirinlikni olib berib bolaning ko'zida onani hurmatini bir tiyin qilgan bo'ladi.

Ushbu oddiy tamoyyillarga amal qilinsa, avallo bolaga katta yordam tegadi. U o'zini bir chegarada ko'ra oladi. Nimaga intilish keragu, nimadan voz kechish kerakligini tushuna oladi.

Ota-onasini, demakki birovni fikrini hurmat qilishni o'rganadi. Sabrli bo'la oladi.
Ota-onaga esa bu tamoyillar bolani katta qilish oson bo'lishi uchun asos yaratib beradi. Bunday ota-onalar bolasi uchun et-betda qizarib yurmaydi.

Do'konda onasi olib bermagan shokolad uchun yerda yotib yig'laydigan bolalarni ko'rganmizku, mana shunday vaziyatlar o'z-o'zidan yo'q bo'ladi.

Tayyorladi: Muminova D

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
126 views07:23
Ochish/sharhlash
2022-10-03 10:08:06
СКИДКА

КАНАЛИМИЗ ОЧИЛГАНИГА 1 ЙИЛ БЎЛДИ АЛҲАМДУЛИЛЛАҲ ШУ МУНОСАБАТ БИЛАН "ШУКРОНАЛИК 12" КУРСИГА 60% СКИДКА ЭЛОН ҚИЛАМИЗ

АСЛ НАРХИ 500.000 БЎЛГАН КУРСИМИЗНИ ОКТЯБР ОЙИДА БОР ЙЎҒИ 200.000 ГА ОЛИШИНГГИЗ МУМКИН

ИМКОНИЯТДАН ФОЙДАЛАНИБ ҚОЛИНГ

КУРС 10.10.2022 КУНИ БОШЛАНАДИ

МУРОЖАТ УЧУН @MENEJER_SABINA

КАНАЛГА КИРИШ
https://t.me/mojizaviy_xayot_psixologiyasi
193 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-10-03 07:39:14 TARBIYADA KECHIKMANG.

" Tarbiyada hamma narsa tarbiyachining kimligiga bog‘liq".

Tarbiyachida qat‘iyat bilan muloyimlik uyg‘un bo‘lishi lozim. Sabrlilik va maxsus pedagogik bilimlar kerak. Quyidagi pedagogik maslahatlar hech bir ota-onalrni befarq qoldirmaydi.

1.Gaplashishdan oldin bolangizdan nima istayotganingizni aniqlab, uning bu haqda qanday fikrda ekanligini bilib oling.

2. Tarbiyaviy ishni yomon kayfiyatda boshlamang.

3. Bolangizga mustaqillik bering, tarbiyalang ammo uning har qadamini nazorat qilib, qorovullik qilib yurmang.

4. Bolangiz biror muammo oldida turganida unga tayyor yechimni ko‘rsatib, shunday qil demang. O‘zi yechim topishiga imkoniyat yarating, topolmasa, bunday qilsang, mana bunday bo‘lishi mumkin degan to‘g‘ri va noto‘g‘ri yechimlarni ko‘rsating.

5. Bolangiz erishgan har bir kichik yutuqni maqtang, qo‘llab quvvatlang.

6. Biror xato qilsa, buning sabab oqibatlarini unga yotig‘i bilan ayting. Mana bunda xato qilding, natijada mana shunday bo‘ldi deb jim turing. U sizdan eshitgan sabab, tahlil va oqibatlari haqida tahlil qilib gapirib bera olsin.

7. Bolangizni emas, uning yaxshi yoki yomon qilmishiga baho bering. Bola va uning qilmishi bir narsa emas.

8. Bolangizni akasi, opasi, yoki qo‘shnisi, o‘rtoqlari bilan solishtormang. Bolangiz hasadga o‘rganadi. Uning o‘zini o‘zi bilan solishtirib gapiring.

9. Bolangizning "ota-onam menga ishonishadi" , degan ishonchiga erishing. Uni quchoalab turing, ba‘zi kichik xatolari haqida kulib gapiring. Kichik xatolar uchun xo‘mrayib, hurpayib yurmang.

10. Tarbiya bu- maqsadga asta-sekin erishish degani. Bolangizning yosh, jismoniy imkoniyatlariga qarab talabni oshira boring.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
606 views04:39
Ochish/sharhlash
2022-10-03 07:39:11
#𝗗𝗜𝗗𝗨𝗖𝗔𝗞𝗘𝗦

𝗡𝗼𝗻𝘂𝘀𝗵𝘁𝗮𝗴𝗮, 𝘁𝘂𝘀𝗵𝗹𝗶𝗸𝗸𝗮 𝘆𝗼𝗸𝗶 𝗸𝗲𝗰𝗵𝗸𝗶 𝗼𝘃𝗾𝗮𝘁𝗴𝗮 𝗻𝗶𝗺𝗮 𝘁𝗮𝘆𝗼𝗿𝗹𝗮𝘀𝗵𝗻𝗶 𝗼'𝘆𝗹𝗮𝗯, 𝗵𝗮𝗿 𝗸𝘂𝗻𝗶 𝗯𝗶𝗿 𝘅𝗶𝗹𝗹𝗶𝗸𝗱𝗮𝗻 𝗰𝗵𝗮𝗿𝗰𝗵𝗮𝗱𝗶𝗻𝗴𝗶𝘇𝗺𝗶?

𝗨𝗻𝗱𝗮 𝘀𝗶𝗹𝗮 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗼'𝘇𝗶𝗺𝗻𝗶 𝘁𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 𝗸𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶𝗺𝗻𝗶 𝘁𝗮𝘃𝘀𝗶𝘆𝗮 𝗾𝗶𝗹𝗺𝗼𝘅𝗰𝗵𝗶𝗺𝗮𝗻

𝗕𝗶𝘁𝘁𝗮𝗱𝗮 𝗼'𝘅𝘀𝗵𝗮𝗯 𝗰𝗵𝗶𝗾𝗮𝗱𝗶𝗴𝗮𝗯 300 𝘅𝗶𝗹𝗱𝗮𝗻 𝗼𝗿𝘁𝗶𝗾 𝗿𝗲𝘁𝘀𝗲𝗽𝘁𝗹𝗮𝗿

https://t.me/joinchat/AAAAAD3tcvvKeOd4NUhaMw

#ID357
351 views04:39
Ochish/sharhlash
2022-10-02 18:30:52
#PSIXOLOGIK_TEST

BIRINCHI BO'LIB QAYSI ISHNI BAJARAR EDINGIZ ?

O'z variyantingizni tanlang va nozik tabiatingiz haqida bilib oling


https://t.me/+5-ekKLtGSLIxMjAy
703 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:27:37 O‘G‘LIM BERGAN TARBIYA

Uylanganimdan uch yil o'tib farzand ko'rdim. Darhol bola tarbiyasiga oid kitob-risolalar sotib oldim, rafiqam bilan o'tirib ota-onamiz bizga bergan o'git va pandlarini eslaydigan bo'ldik. Bola ulg'ayarkan, unga kundalik odoblar, axloq qoidalarini o'rgata boshladik. “Taomni o'ng qo'lingda ye...”, “Yotib ovqat yema...”, “O'zingdan kattaga salom ber...”, “Hojatdan so'ng albatta qo'l yuvilishi kerak...”

Kunlarning birida bozordan non sotib olib, uyga piyodalab keta boshladik. O'sha kuni tushlik qilmagandim, qornim tatalab ketyapti. Uyga borishgacha sabrim chidamay yelimxaltada turgan nonga qo'l cho'zdim: bir burdasi bilan qorinni aldab ketay... Qo'lim nonga tegar-tegmas orqadan ogohlantirish keldi:

– Ada, non yemoqchimisiz? Qo'llaringizni yuvmagansiz-ku!

Darrov hushyor tortdim. Hozir nonni ushatib olishim bolamga ovqat yeyishdan oldin qo'l yuvish kerakligi haqida bergan tarbiyamni yuvib ketishini o'yladim.

– Ha-ya, rost aytasan, o'g'lim. Qo'llarim yuvilmagani yodimdan ko'tarilibdi. Eslatganing uchun rahmat. Nonni uyda, qo'llarni yuvib yeymiz...

Ayolim bilan shu haqda eslashib kulishdik. Shunda onasi bir gapni aytib qoldi: “Sizning har bir xatti-harakatingiz o'g'lingiz kuzatuvi ostida. U sizga taqlid qiladi. Iltimos, ehtiyot bo'ling...”

Bunaqa payt inglizlarning mashhur maqoli yodga tushaveradi: “Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o'xshashadi. Siz o'zingizni tarbiya qiling”.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.7K views04:27
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:16:13 ​​Farzandga kitobni ona emas, ota o‘qib berishi foydalidir...

Farzandlariga uyqudan avval kitobni ona emas, ota o‘qib bersa, bolalar yaxshiroq rivojlanadi. Ijtimoiy muhandislik yo‘nalishida tadqiqotlar olib borganHarvard universiteti vakillari shunday xulosaga kelishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, farzandiga kitob o‘qib berayotgan ota bolaning dunyoqarashi kengayishiga yordam qiluvchi savollarni berib boradi. Natijada, uning lug‘at boyligi oshishi kuzatilgan, chunki aytilgan savollarga javob berish va suhbatni davom ettirish uchun bola yangi so‘zlarni qidirishga harakat qiladi. Kuzatishlar shunga dalolat qildiki, otalarning kitob o‘qib berishidan, ayniqsa, qizlar ko‘proq rivojlanishi ma'lum bo‘ldi.

Tadqiqot ustida ishlagan Elizabet Duursmaning aytishicha, ota farzandining 2 yoshga to‘lmasdan u bilan kitob o‘qishni boshlasa, bunday ijobiy ta'sir kuchliroq bo‘ladi.

«Erkak va ayol bu vazifaga turlicha yondashadi. Agar ayollar ko‘proq faktlar bilan bog‘liq savollar bersa (masalan, «Nechta olma ko‘ryapsan?»), otalar mavhumroq savollar beradi (masalan, «O, qara! Olma! Esingdami fermaga olma tergani borgandik?​»)», deydi Duursma.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.3K viewsedited  04:16
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:16:05
КАРДИГАН КИЙИМЛАНИ АСАЛАРИ КЕЛДИ СИФАТИ АЛОО ДАРАЖАДАА

КИЙИМЛАГА ШОШИЛАМИЗ

ДИДИНГИЗГА МОС ДАХШАТ КУЙНЕЙЛА КЕЛДИ ДУБАЙ, ТУРКИЯ, ПЕКИН КУЙНЕЛАРИ, КУЗ ФАСЛИ УЧУН.
СУМКАЛАР, КИРАСОФЛАР ХУЛАС БОШ ОЁҚ КИЙИНИБ КЕТАСИЗЛАР

ДАСТАФКАМИЗ ЎЗБЕКИСТОН ВИЛОЯТЛАРГА ПОЧТА ХИЗМАТИ БОР 1 КУНДА БОРАДИ ДАСТАФКА
БЎЙЛАБ

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKgCYddT9OH56cy_Q

#ID013
1.2K views04:16
Ochish/sharhlash
2022-10-01 16:47:55 Фарзандингиз ёлғон гапиряптими?

ЕЧИМИ: Унга хотиржамлик инъом этинг. Бола агар қўрқмаса, босим ва таҳдид остида бўлмаса у ёлғон гапирмайди. Унга осойишта ва тинчликни хис эттиринг.

Фарзандингиз қайсарми?

ЕЧИМИ: У ўжарлик қилиб турганда, сиз унга хилоф иш қилманг. Чунки у сизнинг акс иш қилаётганингизни кўрса, қайсарлигини оширади!
Унга муҳаббатингизни бериб, бағрингизга олинг.

Фарзандингиз сер ҳаракатми?

ЕЧИМИ: Уни ҳаракатли фаолиятлар билан машғул этинг. Шоколад танаввул этишини камайтиринг. Чунки шоколад унинг энергиясини ошириб юборади. Унга бирон-бир ёшига мос масъулятликни топшириб қўйинг.

Фарзандингизнинг озиқланиши заифми?

ЕЧИМИ: Уни асло бунга мажбур этманг. Балки, уни ўйнаётганида овқатлантиринг ёки ака-укалари билан рақобат уюштириб, озиқлантиришга ҳаракат қилинг. Таомларини рангли мевалар билан безаб беринг.

Фарзандингиз кичик укаларини ураяптими?

ЕЧИМИ: Уни кичик укалари билан солиштирманг. Уларга берадиган меҳр-муҳаббатингизни адолатли этинг. Бири қолиб бошқасига эҳтимом кўрсатаётганингизни уларга зинҳор билдирманг.

Фарзандингиз электрон ўйинларига ўчми?

ЕЧИМИ: Ўйин вақтларини секин асталик билан камайтириб боринг. Тўсатдан уни ўйинлардан маҳрум этманг. Акс холда ўйинга бўлган эҳтироси илгарига нисбатан янада кучлироқ бўлиб, зўрайиб кетади.

Фарзандингиз ахлоқсиз ва одобсиз сўзларни талаффуз этаяптими?

ЕЧИМИ: Унга овозингизни кўтариб оввора бўлманг. Балки, юмшоқлик билан тшунтиринг. Ва унга "тилнинг поклиги дилнинг покизалигидан" деб айтинг ва масдарини ҳам келтиришга ҳаракат қилинг.

Фарзандингиз намоз ўқимаяптими?

ЕЧИМИ: Аллоҳга бўлган муҳаббатини оширинг. Жамиики неъматлар шунингдек, ўйинчоқлар ва ширинликларнинг бари Аллоҳдан эканлигига хис этдиринг.

Фарзандингизда бармоғини сўриш ёки тирноғини тишлаш одати борми?

ЕЧИМИ: Демак фарзандингиз осойишталикга муҳтож. Унда бирон-бир таҳдиддан ёки ёмон нарсаларни сезиш эвазига, қўрқиш хисси бор.

Фарзандингизнинг ғазаби тезми?

ЕЧИМИ: Унга ғазаб билан жавоб қайтарманг. Балки, ғазабланганида таҳорат олишни ўргатинг. Сўнгра унга "тинчлан, кейин келишиб оламиз" деб айтинг.

Фарзандингизнинг шахсияти заифми?

ЕЧИМИ: Унга ишонч бахш этинг. Ёшига мос келган бирон-бир нарсага бўлган масъулиятликни топшириб қўйинг. Унга осойишталикни ато этинг. Унга шахсияти заиф эканлигини билдирманг ва уни спорт клубларига аъзо эттиринг. Чунки спорт руҳи ва бадани учун фойдалидир.

Фарзандингиз ўғирлик қилдими?

ЕЧИМИ: Уни "ўғри" деган сўз билан ҳақорат қилманг. Балки, танхоликда унга насиҳат қилинг. Олган нарсасини дарров қайтарсин. Ва уни ўғирлик қилишига сабаб бўлган масдарни аниқлаб, фарзандингизни даволанг. Унинг моддий ва маънавий эҳтиёжларини қондиринг.

Фарзандингизда балоғатлик аломатлари билиндими?

ЕЧИМИ: Уни поклик одобига ўргатинг. Ва унинг ўзига бўлган ишончини мустаҳкам этинг. Асло унинг кўринишидан ва овозидан кула кўрманг. Бундан буён ўз ахлоқлари учун ўзи масъул эканлигини билдиринг.

Ўғлингизда аёлларга хос аломатларни пайқадингизми?

ЕЧИМИ: Секин асталик билан қизлар билан бўлган алоқасини четлатиб, уни кўпроқ эркаклар сафига қизиқтиринг. Ҳамда бироз дағалликни ҳам ўргатинг.
Агарда қизларда эркакларга хос ҳаракатларни сезсангиз, бунинг аксини қилинг.

Фарзандингиз қайсарлик қилиб, уйғониши билан йиғлайдими?

ЕЧИМИ: Унинг бошини меҳр билан силанг ва унинг севган лақабларини айтиб эркаланг. Сўнгра «оят ал-курси»ни паст овоз билан ўқинг.

Фарзандингиз ўйинчоқлар дўконида қайсарлигини қила бошладими?

ЕЧИМИ: Уни асабийлашмасдан чалғитинг. Асло унинг талабига, тинчланганида ҳам кўна кўрманг. Йўқса, ушбу одатга кўникиб қолиши ҳеч гап эмас.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.9K viewsedited  13:47
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:37:02 FARZAND TARBIYASIDA MUHIM OMILLAR.

O'rnak bo'ling.
O'zimiz hunuk, qo'pol so'zlarni ishlatib, farzandimizga bunday yomon gaplarni gapirmasligini ta'qiqlab, natijaga erisha olmaymiz.O'zimiz kechgacha telefon va televizordan bo'shamay, unga dars qilib, kitob o'qishi kerakligini uqtirib bo'lmaydi. O'zgarishni o'zimizdan boshlaymiz.

Aybingizni tan oling.
Biror ishda xato qilsak, boshqa narsalarni ro'kach qilmay, aybimizni tan olishimiz kerak. Shunda bola xato qilishdan qo'rqib yashamay, xatoni takrorlamaslikni o'rgansin.

Bolani erkalatishdan qo'rqmang.
Yetti YOSHGACHA erka bo'lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. (tarbiyasizlik boshqa narsa). Erkaligini yangi o'yinchoqlar, ko'ngli tusagan narsa bilan emas, mehrimiz bilan qoplashimiz kerak.

Kechirim so'rash.
Ba'zan bolaga nisbatan nohaq bo'lamiz. Buni u ham biladi. Shunda boladan kechirim so'rashdan qo'rqmaslik kerak. U ham mehrliroq bo'lishni o'rganadi. Kechirim so'rash katta yutqiziq emaslini ko'radi.

Bolani o'ping.
Farzandimizni ko'proq quchoglab, o'pib, mehrimizni bildirishimiz kerak. Bu unga ruhan juda muhtoj.

Sabrli bo'lish.
Biz ko'proq bolani injiqligini ko'tarishga, savollariga javob berishga, bolaga hos qiliqlariga sabrimiz yetmay, o'zimizdan nari qilishga xarakat qilamiz.Aslida biz qilayotgan keraksiz yumushlarimiz ko'p. Ulardan vaqtni ajratib, bola uchun sarflaganimiz foydaliroq. Sabr bilan yondashib u bilan birga bo'lsak,bolajonlar bizni faqat suyuntirayotganini ko'ramiz.

Bular kelajagimiz bo'lgan bolajonlar tarbiyasida ummondan bir tomchi xolos.Xudo xoxlasa biz hammasini uddalay olasiz!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor
1.8K views06:37
Ochish/sharhlash