Get Mystery Box with random crypto!

Tarbiya borasida ota-onalarga tavsiyalar. ' Bola | Muslima ona kundaligi

Tarbiya borasida ota-onalarga tavsiyalar.


" Bolaning yonida tortishmang"

Ota va ona orasidagi mojarolar bola shaxsining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Ota-ona munosabatlari kichkintoyning ruhiy rivojlanishi uchun poydevor asos hisoblanadi.

Bola muloqot qilganida ochiq, o‘ziga ishongan bo‘ladimi yoki yo‘qmi, ko‘p hollarda u oilasida his etadigan himoyalanganlik hissiga tayanadi.

Agar oilada janjal va nizolar tez-tez bo‘lib tursa, kichkina odam atrofdagilarga ishonch hissini yo‘qotadi.

Kichkintoylar ham, hatto o‘smirlar ham odamlarning o‘zaro munosabatlaridagi qiyinchilik va ziddiyatlarni tushuna olishmaydi.

Bola ota-onasining ikkisini ham yaxshi ko‘radi va ularning janjallari va o‘zaro haqoratlarini olamning falokati sifatida qabul qiladi.

Eng daxshatlisi, kichkina bolalar nizo sabablarini tushuntirib bera olishmaydi. Va aybni o‘z yelkalariga olishadi. O‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlasha olmay qiynalishadi.
Tushkun kayfiyatga tushib qolishadi.

Albatta, janjallar hamma oilada ham bo‘lib turadi, hatto, eng baxtli oilalarda ham.

Ammo ularning farqi shundaki, ba‘zi bir oilalarda kattalar o‘z noroziliklarini bosiqlik bilan bildirib bir-birlarini tushunishga harakat qilishsa va yarashishga intilishsa, boshqalari bir birlarini haqorat qilgan holda munosabatlarni buzishadi, ba‘zan esa o‘z janjallariga farzandlarini ham jalb etishadi.

Bu esa boladagi ruhiy jarohat- asab buzilishlariga (tana a‘zolarining pir-pir uchishi), enurez xastaliklari- tungi ruhiy daxshatlarga olib kelishi mumkin.

Shu boisdan kichkintoyni kelajakda el koriga yaraydigan qilib tarbiyalashda ota-onalar har qanday janjalda o‘zlarini vazmin tutishlari kerak.

Chunki bolalarga eng katta zararni oiladagi janjallar yetkazadi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor