Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi muhammadodiluzofficial — Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali M
Telegram kanalining logotibi muhammadodiluzofficial — Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @muhammadodiluzofficial
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.87K
Kanalning ta’rifi

Muhammad Odil Hamidning rasmiy telegram sahifasi.
Maqsadimiz ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo islomga intilishdir.
https://bit.ly/muhammadodiluz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-05-17 11:15:46
Axloq va ruhiy tarbiya

Muhammad Odil Hamid


Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook
3.6K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-05-16 05:20:05 Muncha ajoyib bu xotin!

Bir xotindan: "Go‘yoki bu dunyoda sendan go‘zali yo‘qdek, ering seni bu darajada nima sababdan yaxshi ko‘radi. Axir dunyoda sendan ham go‘zal ayollar borku?" deb so‘ralsa, u: "To‘g‘ri, go‘zal va lol qoldiruvchi bo‘lmasligim mumkin. Lekin erim menga ozor bersa, uni kechiraman. Agar huzurimga g‘amgin holda kelsa, unga quloq tutaman. Agar ko‘p narsa ulashsa, uni maqtayman. Bordiyu, oz bersa, qanoat qilaman. Robbim menga mana shunday o‘rgatgan. Mehribonlikni uzib qo‘ymayman. Itoatdan bo‘yin tovlamayman. Tikon terib olsam ham, atirgul ekaveraman.

c Kahramon

@muhammadodiluzofficial
6.0K viewsedited  02:20
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:55:08
#янгилик

«Саждаи саҳв масалалари» деб номланган янги китоб нашр қилинди

«Hilol Nashr»
нашриёти томонидан навбатдаги янгилик! Ёрқинжон домла Фозил роҳимаҳуллоҳнинг «Саждаи саҳв масалалари» номли янги китоблари нашр қилинди.

Намоз Исломнинг энг катта рукнидир. У ҳар бир ақлли ва балоғат ёшига етган мусулмон кишига кунда беш маротаба фарз қилинган. Лекин афсуски, динга нисбатан ғофиллик ва бепарволик сабабли одамлар кунда беш маротаба адо қилинадиган намоздай буюк ибодатнинг масалаларидан ҳам мукаммал тарзда воқиф эмаслар.

Илмсизлигимиз туфайли кўпинча намозимизнинг савобидан маҳрум бўлиб қоламиз. Гоҳо намозимиз фосид бўлади, лекин биз унинг фосид бўлганини ҳам билмаймиз..

Ушбу китобда саждаи саҳвнинг аксар масалаларини жамлашга ҳаракат қилинган ва лозим топилган ўринда бошқа бир неча фойдали масалалар ҳам ёзиб ўтилган. Китоб ишончли бўлиши учун ундаги масалаларни мўътабар фиқҳ ва фатво китобларидан нақл қилиш билан бирга, нақл қилинган манбаанинг номи ҳамда саҳифа рақами келтирилган.

Марҳамат, намоздаги нозик жиҳатлар ва ҳукмларни ўзида жамлаган янги китобни харид қилинг

Нархи:
14 000 сўм

+998712175999

@hilol_reception

Сайтдан буюртма беринг

Манзилларимиз

@hilolnashr
2.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-05-14 22:32:41
G’irt xato ma’lumot!!!
Umrida Turkiyada yashamagan, qadam bosmagan ba’zilarning fikri xatodan xoli emas.

To’qqiz yil davomida nechta saylov ko’dim! Birortasida quyida aytilgan holat bo’lmagan.

Nega? Sabalari:

1. Turkiya davlati tartibsizlikka yo’l qo’ymaydi.
2. Turk xalqi ziyoli va vatanparvar xalq. O’ziga o’zi zarar bermaydi.
3. Eng katta mag’lubiyat Istanbul va Anqara saylovlarida shuni ko’rdimki, satlov natijalari qabul qilindi. Tartibsizlik bo’lmadi.
Bundan bo’lak sabablar ham bor. Aql egalariga shu ham yetadi.

****
Туркияда одамлар кўчаларда тўпланмоқда. Хаяжонли дақиқалар..

Сайлов қутиларининг 80,48 фоизи очилганидан кейинги натижалар:

Эрдўғон — 50,43%
Қиличдарўғли — 43,77%.

Орадаги фарқ қисқармоқда..Агар Эрдоғон ютказиб қўйса кўчаларда тартибсизликлар бошланиб кетиши мумкинлиги айтилмоқда.

@muhammadodiluzofficial
4.4K viewsedited  19:32
Ochish/sharhlash
2023-05-14 21:01:56
Hasanxon qori domladan ilmga oid savollaringizni so’rang.

Kommentga yozib qoldiring.

@muhammadodiluzofficial
3.7K viewsedited  18:01
Ochish/sharhlash
2023-05-14 20:51:51
Очилган қутиларнинг 60,5 фоизи бўйича сайлов натижаси.

Ражаб Тойиб Эрдўған 51,7
Камол Қиличдорўғли 42,5
Синан Оған 5,2

****
Duodamiz.
Mo’minlarga manfaatli qilsin.
Omin.
4.8K viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2023-05-14 12:00:25 Duo.

To’qqiz yildir Istanbuldaman. O’qidim, o’qitdim, rizqimni terib yuribman. Haqiqiy erkinlikni ko’rdim. Hech kim nima o’qityapsan, demadi. Nega o’qityapsan ham demadi. Yigit va qiz shogirdlar chiqardik, ular endi o’z shogirdlarini yubormoqda. Alloh taologa hamdlar bo’lsin. Qancha hamd aytsam oz.

O’zimizda-chi. Koshki shu imkonlar o’zimizda bo’lsa edi, deb qolaman. Duo qilaman. Rizqim o’z vatanimda bo’lishini istayman. Chunki rizqi o’z vatanida bo’lishi kishining saodat omillaridan biri ekan. Shunday kunlarni Robbim tezlashtirsin.

Esingizdadir, janob Erdog’an efirda bemor bo’lib qoldi. Mish-mishlar urchidi, parvo qilmay turdim. Raisga eng yaqin olimlardan bir bo’lgan ustozlarimdan biri telefon qildi:”Talabalaring ichida duosi ijobat bo’ladiganlar bor, duo qilinglar”, dedilar. Ko’ngilni g’ashlik egalladi. Nega? Xalqaro miqyosga chiqqanimizda, Magistr va Doktorantura talabalar qabulini boshlaganimizda nahot to’siqlarga duchor bo’lsak? Ne hikmati bor ekan bu holatning? Endi nima bo’lar ekan? Kabi tashvishlar o’ylantirdi. Bu yerning eshiklari yopilsa, Robbim qayerning eshiklarini ochar ekan, degan fikr tinchlik bermadi. Robbimga tavakkal, deb qo’shni mamlakatda o’sha yerlik toliba qizlar uchun ham xizmat boshlashim kerak ekan, degan fikrga keldim. Oilam bilan maslahatlashib o’sha yerdan munosib umr yo’ldosh topib uylanishga qaror qildim. Chunki Raisning bemorligi, saylovlarning tangligi hammasi Robbimdan bir ishorat, deb qabul qildim.

Bugun saylov kuni. Negadir ko’nglimda o’zgacha bir taskin. Kechagacha xavotir bor edi. Qo’rquv mavjud edi. Bugun esa xotirjamman. Chunki barcha duo qilmoqda. Duolar ijobat bo’lishiga aminman. Raisning g’alabasi musulmonni sevitirshi, g‘ayrni xafa qilishi aniq. Robbim g’ayrni sevintirib musulmonlarni xafa qilmaydi albat!

Azizlar! Bugun duo kunidir. Lak-lak mazlumlarga boshpana, tolibu tolibalarga ilm maskan holiga kelgan Abul-masokin val-mazlumiyn haqqiga duo qiling. Robbim aynan siz qilgan duo tufayli musulmonlarni sevintiradi. Aynan sizning duolaringizni ijobat qiladi. Duo qiling. Robbim niyohatda mehribon va duolarni qabul qilguvchi Karim Zotdir.

Alloh taolo musulmonlarni doimo g’olib aylasin.
G’ayrlarni mag’lubu xor aylasin.

Omin.
Omin.
Omin.

@muhammadodiluzofficial
4.2K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-14 12:00:19
3.7K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-05-14 08:10:06 http://telegra.ph/K%D1%9Epro%D2%9B-madrasalar-ochilsinmi-yoki-k%D1%9Epro%D2%9B-talabalar-%D2%9Babul-%D2%9Bilinsinmi-06-14
3.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-05-14 00:08:56
Duodamiz.
4.5K views21:08
Ochish/sharhlash