Fan va tabiat markazida.
''Mavsumiy o‘zgarishlar''o‘yin mashg‘ulot ishlanmasi.
O‘yinning maqsadi: mavsumiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berish,bolalarni kuzatuvchanlikka o‘rgatish.
Tarbiyachi~Assalomu~alaykum,mening zukko,va quvnoq bolajonlarim.Bugungi o‘yin mashg‘ulotimiz mavsumiy o‘zgarishlarga bag‘ishlanadi.Aytinglarchi,hozir o‘lkamizda qaysi fasl?
~Hozir o‘lkamizda bahor fasli.
Tarbiyachi~Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
~Bahorda tabiat uyg‘onadi,daraxtlar kurtak,barg chiqaradi.
~Bahorda daraxtlar gullab,hamma yiq chiroyli bo‘lib ketadi.
Tarbiyachi~juda to‘g‘ri aytdinglar bolalarim,bahorda yana bobomiz,dadamiz hovliga turli ko‘chatlar ekadilar.Qani,kimning uyida qanday o‘simlik yoki meva ko‘chatlari ekilgan?
~mening bobom pomidor,kartoshka,bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini ekdilar.
Tarbiyachi~bobomiz ko‘chat ekayotganida biz nima qilishimiz kerak?
~biz ularga suv quyishga yordam berishimiz,ko‘chatlarni ushlab turishimiz kerak.
Tarbiyachi~barakalla,biz doim bobolarimizga tomorqa ishlarida yordam berishimiz kerak.Bolajonlar,bugungi o‘yin mashg‘ulotimizga Zamin bobo yashrif buyurdilar.Qani,ularni kutib olaylik~chi.
~Assalomu~alaykum, Zamin bobo, xush kelibsiz!
~Valaykum~assalom, shirintoylarim. Men Zamin boboman. Agar menga o‘rug‘ qadasangiz va yaxshilab parvarish qilsangiz men sizlarni yil o‘n ikki oy boqaman. Turli meva~sabzavotlar menda pishib yetiladi. Shuning uchun ham bahordanoq menga o‘rug‘ qadayotgan bobongiz, dadangizga yordam beringlar. Aytinglsrchi, qaysi daraxt birinchi gullaydi?
~Bodom daraxti hamma daraxtlardan birinchi gullaydi.
~Endi bir so‘z bilan aytingchi, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi.
~Sabzavotlar.
~Barakalla, davom etamiz. Olma, anor, shaftoli, qaroli.
~Mevalar.
~Yashanglar, qoyil bolajonlar, sizlar hammangiz zukko ekansiz! Meni ko‘p odamlar kutib turishibdi. Endi men boray. Hayr bolajonlar.
~Hayr, Zamin bobo.
Tarbiyachi~bolalar, mana bu qutida bir necha tabiat hidisalari ifodalangan suratlar bor. Sizlar ularni tanlaysiz va ayni hodisalardan qay biri bahor faslida bo‘lishini aytib berasiz.
(bolalar suratlarga qarab,yomg‘ir yog‘ishi,daraxtlarni gullashi,ko‘chat ekilishi,qushlar uchib kelishi kabilarni aytib berishadi.)
Tarbiyachi~Bolalar, bahorda sumalak, halim kabi mavsumiy taomlar tayyorlanadi. Ular katta qozonlarda tayyorlangani uchun o‘tin yorishga to‘g‘ri keladi. Kelinglar, hozir hammamiz o‘tin yorish harakatini bajaramiz.
Arra g‘ir~g‘ir, g‘ir~g‘ir~g‘ir
Sen tort, men tort qilmaymiz.
Charchash nima bilmahmiz
Uyum~uyum o‘tin yor
Yuzimizda marjon ter.
Tarbiyachi~Bolalar, endi hammamiz birgalikda''Bahor keldi''mavzusida hikoya tuzamiz. Men gapni boshlayman, sizlar davom ettirasizlar.
Bahor.... Kunlar isiy.... Daraxtlar.....,...... chiqardi.......,......,uchib keldi..... ekilyapti. Lolaqizg‘aldoq,..... chiqdi. Bahor.... fasl.
Tarbiyachi~Kim bahor haqida she'r biladi?
(3~4bolaning she'rlari eshitiladi.)
Tarbiyachi~barakalla bolajonlar, mavsumiy o‘zgarishlar bo‘yicha o‘yin mashg‘ulotimizga shu yerda yakun yasaymiz. Uyga topshiriq bahor mavzusida rasm chizib kelinglar.
Tarbiyachi kitobidan foydalanib
Xasanova Nilufar
http://t.me/MTT_xodimlariga