Soatning ichida kim yashaydi? Mashg‘ulot ishlanma. Tarbiyach | MAHORAT MAKTABI

Soatning ichida kim yashaydi?
Mashg‘ulot ishlanma.
Tarbiyachi~Bolalar, nima deb o‘ylaydiz, soatning hayotimizda qanday o‘rni bor?
(Bolalarning javoblari tinglanadi.)
Tarbiyachi~Vaqtni qadrlash vaundan unumli foydalanish uchun nimalar qilishimiz mumkin?
(Bolalarning javoblari tinglanadi.)
Tarbiyachi~Endi bekatimizda yashirin so‘zlarni topamiz. Kim faol eshtirok etsa, paravozni boshqaradi.
''Yashirin so‘zlar''o‘yini.
Tarbiyachi~Bolalar, men gaplarnk o‘qiyman, sizlar esa yashirinib olgan so‘zlarni topasizlar.
1Bolalar..... kelishdi.
2Soat...... chaladi.
3Vaqting ketdi..... ketdi.
4....... nonushta qildik.
5....kuni hayvonot bog‘iga bordik.
6Biz har kuni maydonchada.... qilamiz.
(Davom etish yoki gaplarni o‘zgartirish mumkin.)
Tarbiyachi~Barakalla, juda yaxshi qatnashdingiz. Bolajonlar, bugungi hikoyada soat haqida qiziqarli fikrlarni o‘qidik. Endigi bekatda esa tasviriy san'at markaziga o‘tib, mana bunday chiroyli soat rasmini chizamiz.
Bolalar rasm chizayotganlarida tarbiyachi soat haqida she'r o‘qib berishi yoki shu mavzuda topishmoq aytishi mumkin.
Bosh tebratar soat kafgiri,
Bosh tebratar soat kafgiri,
Der: qadrimni bilmas odamlar,
Sekundlarim gavhar har biri,
Nega parvo qilmas odamlar?!
Bosh tebratar soat kafgiri,
Shoshil odam, o‘tmoqdadir on.
Har narsaning bo‘lar oxiri,
Bosh tebratib qolma so‘ng, inson!
Erkin Vohidov.
Tarbiyachi~Bolajonlar, sizlar soat haqidagi hikoya va sherni tinglab, vaqt haqidagi tasavvuringizni boyirdingiz

Xasanova Nilufar
Tarbiyachi kitobidan

t.me/MTT_xodimlariga
MAHORAT MAKTABI

MAHORAT MAKTABI

@mtt_xodimlariga
17.24K Obunachilar
Taʼlim Toifa
✓ Maktabgacha ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar. ✓ Qiziqarli ma'lumotlar. ✓ Tarbiyachilar uchun qo'l mehnatlari ✓"Ilk qadam" saboqlari. ✓ Tarb...