QO'LQOP Ukrain xalq ertagi Bobo oʻrmondan oʻtib ketayotgan e | MAHORAT MAKTABI

QO'LQOP

Ukrain xalq ertagi

Bobo oʻrmondan oʻtib ketayotgan ekan, ketidan kuchukchasi ergashibdi.
Bobo ketaveribdi, bir mahal yo'lda qo'lqopi tushib qolibdi.

Bir sichqon yugurib kelib, qoʻlqop ichiga kirib olibdi.

— Endi men shu yerda yashayman! — debdi u. Shu vaqt sakrab-sakrab,

qurbaqa kelib qolibdi:

— Bu qoʻlqopda kim yashaydi! — debdi u.
— Kumur-kumur sichqonboy yashaydi. Ozing kimsan?

— Vaqir-vuqur qurbaqaman, menga ham joy ber!

— Kela qol.

Endi ular ikkovlashib yashay boshlashibdi. Qoʻlqop yoniga yugurganicha

quyonvoy yetib kelibdi.

— Bu qoʻlqopda kim yashaydi?
— Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa yashaydi. Oʻzing kim-

san?

— Shalpangquloq quyonman. Meni ham kiritinglar!
— Kela qol.
Endi ular uchta bolishibdi. Zingillagancha tulki yetib kelibdi:

— Bu qo'lqopda kim yashaydi?

— Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa, shalpangquloq quyon-
voy, ozing kimsan?

— Tulkinisa bo‘laman. Meni ham kiritinglar!

Shu bilan endi ular toʻrtta bo‘lishibdi. Bir mahal qarashsa, qolqop tomonga
Boʻrivoy yugurib kelib qolibdi.

— Bu qo'lqopda kim yashaydi?

— Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa, shalpangquloq quyon-
voy va tulkinisa, o'zing kimsan?

— Boʻrivoyman. Meni ham kiritinglar!

— Ha, kela qol!

U ham kiribdi, endi ular beshta bolishibdi. Shunda birdaniga allaqayoqdan
soʻyloq tish to'ng'iz kelib qolibdi:

— Xur-xur-xur, qo‘lqopda kim yashaydi?

— Kumur-kumur sichqonboy, vaqir-vaqir qurbaqa, shalpangquloq
quyonvoy, tulkinisa va bo'rivoy. O'zing kimsan?

— So‘ylog tish to‘ng‘izman, meni ham kiritinglar!

— Ana xolos, hammaning ham qo‘lqopga kirgisi kelaverar ekan-da.

— Sig'maysan, axir!

— Bir iloj qilib sig'ib qolarman, kiriting
— Nima ham derdik, kira qol!

U ham kirib olibdi. Endi oltita bo'lishibdi.
Ular shunday siqilib qolishibdiki, hatto qimir-
lashning iloji yo'q ekan. Shu vaqt daraxt

“ shoxlarini qarsillatib, ormondan ayiq polvon
chiqib qolibdi. U ham qolqop yoniga kelib-
di-da:

— Bu qo‘lqopda kim yashaydi? — deb



bo'kiribdi.

— Kumur-kumur sichqonboy, vagir-vuqur qurbaqa, shalpangquloq quyon-
voy, tulkixon, boriboy, soʻyloq tish to'ng'iz. O'zing kimsan?

— Xoʻ-xoʻ-xo', ancha-muncha ekansizlar-ku! Men ayiq polvon bo'laman,
meni ham kiritinglar!
— Oʻzimiz sig'mayapmiz-ku, seni qayerga kiritamiz?

— Bir ilojini qilinglar!

— Ha mayli, nima ham derdik, bir chekkaga kela qol!

U ham kiribdi, yettita bo'lishibdi, qo‘Iqop yorilay-yorilay deb arang tur-
ganmish.

Bir vaqt bobo qarasaki, qo'lqopi yo'q. Qidirib topay deb orqasiga qaytibdi.
Kuchukchasi oldiga tushib yuguribdi. U yugurib ketaveribdi. Bir mahal qarasa,
qo`lqop yerda yotganmish, oʻzidan-oʻzi qimirlar emish. Kuchukcha buni
koʻrib:

— Vov, vov, vov! — deb huribdi.

Qoʻlqop ichidagilar qoʻrqib ketishibdi, yugurib chiqib, o'rmonga qarab
qochishibdi. Bobo kelib, qo'lqopini olib ketibdi.


http://t.me/MTT_xodimlariga
MAHORAT MAKTABI

MAHORAT MAKTABI

@mtt_xodimlariga
17.24K Obunachilar
Taʼlim Toifa
✓ Maktabgacha ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar. ✓ Qiziqarli ma'lumotlar. ✓ Tarbiyachilar uchun qo'l mehnatlari ✓"Ilk qadam" saboqlari. ✓ Tarb...