Get Mystery Box with random crypto!

Mirkonomika

Telegram kanalining logotibi mirkonomika — Mirkonomika M
Telegram kanalining logotibi mirkonomika — Mirkonomika
Kanal manzili: @mirkonomika
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.64K
Kanalning ta’rifi

Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 22:34:01
Mart oyidan buyon oltinsiz eksport hajmining oylik ko'rsatgichlari.
1.6K viewsedited  19:34
Ochish/sharhlash
2022-08-19 22:13:51
Mart oyidan buyon eksport hajmining oylik ko'rsatgichlari.
1.5K views19:13
Ochish/sharhlash
2022-08-19 22:01:48
Mart oyidan buyon import hajmining oylik ko'rsatgichlari.
1.5K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-19 21:46:02 Tashqi savdo: energiya resurslari

Yanvar-iyul oylarida 525,4 mln dollar qiymatdagi tabiiy hamda su’niy gaz eksport qilgan bo’lib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda gaz eksporti 87,2% ga oshgan. Gaz imporit esa 76 mln dollarni tashkil etib o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda import hajmi 32,3% ga kamaygan.

Elektr toki eksporti 63 mln dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,3% ga kamaygan. Elektr toki import esa 59 mln dollarni tashkil etib 30,6% ga kamaygan.

Neft va neft mahsulotlati eksporti joriy yilning 7 oyida taxminan 2 barobar oshib 86,2 mln dollarni tashkil etgan. Bu turdagi mahsulotlar importi esa 626 mln dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 26% ga oshgan.
1.2K views18:46
Ochish/sharhlash
2022-08-19 21:23:26 Tashqi savdo: yanvar-iyul.

Yanvar-iyul oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 28,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 11,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lsa, import hajmi 16,8 mlrd dollarni tashkil etgan. O’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda tashqi savdo aylanmasi 29,2% ga , eskport hajmi 38,1% ga, import hajmi esa 23,8% ga o’sgan.

Iyun oyida Qirg’iziston eng yirik ijobiy savdo balansi kuzatilgan savdo hamkorimizga aylangan edi(Afg’onistonni quvib o’tib). Ammo iyul oyiga kelib Afg’oniston yana eng yirik ijobiy savdo balansi kuzatilayotgan hamkorimizga aylangan. Bu tendensiyaning kuzatilishiga Qirg’izistonga eksportimizning sekinlashishi hamda importimizning tezlashishi asosiy sabab bo’lgan. Xususan, iyul oyining o’zida Qirg’izistonga eksportimiz 2021-yilning iyul oyi bilan taqqoslaganda qariyb 30% ga qisqargan. Qirg’izistondan importimiz esa iyun oyida 2 barobarga oshgan bo’lsa, bu ko’rsatgich iyul oyida o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,5 barobar ko’proq bo’lgan. Umuman olganda, Qirg’izistonga eksportimiz iyul oyida kamayganligi judayam qiziq tendensiya.

Ma’muriy hududlar kesimida Qoraqolpog’iston Respublikasi, Navoiy hamda Toshkent viloyatlarida tashqi savdo aylanmasi qisqargan. Tashqi savdo aylanmasi qisqarishi ayniqsa Qoroqolpog’istonda ancha jiddiy bo’lgan(2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda qisqarish qariyb 11% ni tashkil etgan). Tashqi savdo aylanmasi eng tez o’sayotgan hududlar Jizzax, Andijon hamda Buxoro viloyatari bo’lgan. Buxoro hamda Jizzax viloyatlarining tashqi savdo aylnamasi bunday tez o’sishini bu viloyatlarga importning tez o’sayotganligi bilan izohlash mumkin. Xususan, joriy yilda Buxoro viloyatining eksport hajmi o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 14% ga qisqargan, import hajmi esa yuqori suratlarda o’sgan. Jizzax viloyatida esa, import hajmi o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2 barobar ko’proq bo’lgan. Bu tendensiyani oxirgi yillarda viloyatga kiritilayotgan investitsiya hajmining oshib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin(ya’ni importining asosiy qismi mashina asbob uskunalar hissasiga to’g’ri keladi).
1.3K views18:23
Ochish/sharhlash
2022-08-16 09:51:03 ​​Majburiy obuna o’z ishini bajarmoqda

Yangi davr boshlangandan keyin majburiy obuna masalasi shaxsan davlat rahbari tomonidan keskin tanqidga uchradi, keyinchalik 2018-yilda xalq ta’limi xodimlarining majburiy obuna bo’lishini tashkil etish taqiqlangan edi. Qilingan harakatlar natijasida 2018-2020-yillarda bosma nashrlar soni hamda ularning yillik tiraji ham keskin pasayganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, 2017-yilda 602 ta gazeta faoliyat yuritgan bo’lsa, 2020-yilga kelib gazetalar soni keskin kamayib 366 tani tashkil etgan. Gazetalarning yillik tiraji esa 2017-yildagi 203,2 mln tadan, 2020-yilga kelib 57,8 mln tagacha kamaygan.

Ammo 2021-yilga kelib oxirgi yillarda erishilgan yutuqlarning barchasi yo’qqa chiqib gazetalar soni va ularning yillik tirajlari keskin oshishni boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan gazetalar soni keskin oshib 592 taga yetgan. Gazetalarning yillik tiraji esa 176,5 mln taga yetgan. Ya’ni bir yilda gazetalarning yillik tiraji 3 barobarga oshgan. Ochig’i bunday keskin o’sish tabiiy jarayon bilan yuz bermayotganligini anglash qiyin emas. Boshqacha aytganda, majburiy obuna yana o’z ishini bajarmoqda.

Hozirgi obuna rejimi iqtisodiy jihatdan judayam samarasiz hisoblanadi. Bunday rejimdan kichik guruh ya’ni gazeta chiqaruvchilardan boshqa hech kim foyda ko’rmaydi. Aynan shuning uchun ham o’sha guruhlar ma’nan eskirib borayotgan bosma nashrlarni saqlab qolish uchun qo’ligan kelgan barcha ishni qilishmoqda.

@Mirkonomika
2.0K views06:51
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:03:55 Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasi hozirgi holatda imkonsiz.


Valijon akaning xavotirlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarining integratsiyasi haqidagi istaklarini tushunaman. O’zi umuman ko’pchilik, Markaziy Osiyo mamlakatlarining boshqa yirik davlatlarsiz integratsiyalashuvini xohlashadi. Yaqinda, MO mamlakatlari liderari o’rtasidagi uchrashuv ham huddi shunday umidlarga uchqin berayotgandek go’yo. Ammo hozirgi vaqtda MO mamlakatlarining integratsiyasi imkonsiz va bunga Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlarining munosabatlari asosiy to’siq emas. Integratsiya haqida gap ketganda, hozirgi kunda mintaqadagi davlatlarning qaysi integratsion tashkilotlarda ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, hozirgi vaqtda Qirg’iziston hamda Qozog’iston Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqiga(YII) a’zo hisoblanadi. YII esa bojxona ittifoqi rejimida faoliyat olib boradi. Ya’ni ittifoq Ichida tovarlar harakatining erkinligi ta’minlangan hamda uchinchi davlatlar( tashkilotga a’zo bo’lmagan davlatlar) uchun bir xil bojxona rejimi amal qiladi. Boshqacha aytganda, ittifoqqa a’zo davlatlar bir xil bojxona siyosatini olib boradi(istisno holatlar mavjud).

Bunday holatda Markaziy Osiyoda integratsiyaning tashkil bo’lishi yoki Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a’zo ikki davlatning ittifoqdan chiqishi hamda yangi mintaqaviy ittifoqning tashkil etilishi bilan yuz berishi yoki ittifoqdagi boshqa davlatlarning(Rossiya, Belarus, Armaniston) ittifoqdan chiqib ketishi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining ittifoqqa qo’shilishi bilan yuz berishi mumkin. Umuman olganda ikkala ssenariy ham hozirgi reallikdan judayam uzoq. Bundan tashqari O’zbekiston ham YII ga qo’shilish harakatlarini faollashtirgan. Boshqacha aytganda hozirgi vaziyatda Markaziy Osiyo integratsiyasi amalga oshmaydigan orzudan boshqa narsa emas.

To’g’ri MO mamlakatlari bir-birlari bilan munosabatlarni yaxshilashi, aloqalarni mustahkamlashi mumkin lekin yagona Markaziy Osiyo integratsiyasi yaqin va uzoq kelajakda ushalmas orzu bo’lib qolaveradi.

@Mirkonomika
20.3K viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2022-08-08 20:05:13 Юқори инфлация ва камбағаллар.

Юқори инфлация ёки юқори суратларда ошаётган инфлация кўп ҳолларда нисбатан даромади паст аҳоли қатламини кўпроқ жазолайди. Хусусан юқоридаги графикда йил бошидан буён Буюк Британияда инфлация даражаси ҳамда турли даромад гуруҳлари даромадининг ўсиш темпи тасвирланган. Хусусан март ойидан буён, ўртача иш ҳақи йиллик ҳисобда 6% дан ўсган, энг кам даромад топувчи 10% аҳоли қатлами даромадларининг ўсиш темпи эса 1% ни ташкил этган,холос. Таққослаш учун бу даврда йиллик инфлация даражаси 7% да паст бўлмаган. Бу даврда(умуман инфлация ўсишни бошлаганидан буён) даромадлари инфлация даражасидан юқорироқ ўсган ягона гуруҳ бу энг кўп даромад топувчи 1% аҳоли қатлами бўлган. Яъни инфлациянинг юқори суратларда ўсиб бориш ҳолатида фақатгина энг юқори даромад эгалари ўзларининг реал даромадлари пасайиб кетмаслигига эришган холос, бошқа даромад гуруҳларининг реал даромадлари эса пасайган(яъни уларнинг даромади инфлациянинг ўсиш темпидан сезиларли даражада секин бўлган(айниқса энг кам даромад топувчи 10% аҳоли қатлами бу ҳолатни ўғирроқ ҳис қилган)). Инфлация суратлари юқори суратларда ошиб бораётган бошқа (ривожланган) давлатларда ҳам Британиядаги ҳолатга яқин ҳолатни кўришимиз мумкин. Яъни инфлация нисбатан камбағалларни кўпроқ жазоламоқда.

Мамлакатимизда инфлация даражаси Ғарб мамлакатларидаги каби юқори суратларда ўсиб бораётган бўлмасада, бизда узоқ вақтдан буён юқори инфлация муҳити ҳукмрон. Умуман олганда биз каби нисбатан даромад даражаси паст бўлган давтларда паст даромадли аҳоли даромадларининг асосий қисми озиқ овқат товарларига сарфланади. Мамлакатимизда эса айнан озиқ овқат маҳсулотларининг инфлацияси юқори ҳисобланади. Бошқача айтганда даромадининг 60-70% қисмини озиқ-овқатга сарфлайдиган паст даромадли инсон, даромадининг 15-20% қисмини озиқ овқат маҳсулотларига сарфлайдиган бой инсонга нисбатан инфлацияни кўпроқ ҳис қилади, инфлация унинг фаровонлигини кўпроқ пасайтиради. Бундан ташқари, нисбатан паст малакали ишчи кучига бой бўлган мамлакатда паст даромадли ишчиларнинг ойлик маошларини ошириш учун иш берувчи билан музокара олиб боришда имкониятлари юқори эмас. Яъни юқори (айниқса юқори озиқ-овқат) инфлацияси сақланиб қолишидан нисбатан камбағаллар кўпроқ зарар кўради.

@Mirkonomika
2.1K views17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:55:23
Буюк Британияда инфлация даражаси ҳамда турли даромад гуруҳлари даромадларининг ўзгариши.
1.4K views16:55
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:42:36 Автомобиль ишлаб чиқаришда етакчига айланганимиз ҳеч қандай маънога эга эмас.

Сўнги вақтларда Uz Auto motors компанияси турли платформаларда тез-тез ўзининг пиар компаниясини олиб бормоқда. Бугун ҳам kun.uzda “Ўзбекистон енгил автомобиль ишлаб чиқариш бўйича Россияни ортда қолдирди” сарлавҳали матeриал эълон қилинди(албатта реклама ҳуқуқи асосида). Биринчи навбатда савол туғуладики, ўзи шундоқ ҳам сунъий равишда рақобатдан ҳимоя қилинаётган компанияга доимий рекламалар нима учун керак?. Менинг ўйлашимча компания бундай пиар мақолаларни тез-тез чиқаришидан асосий мақсад истеъмолчилар(халқ)нинг компанияга бўлган муносабатини ижобий томонга ўзгартиришга қаратилган. Агар компаниянинг ютуқларидан одамлар тез-тез хабардан бўлиб турса, компаниянинг фаолиятига ҳамда мавжуд ва янги олинажак имтиёзларига табиийки қаршилик кам бўлади.

Бугунги, эълон қилинган матeриалда эса, Ўзбекистоннинг 2022 йил ярим йиллигида енгил автомобиль ишлаб чиқаришда МДҲ мамлакатларида етакчи бўлганлиги ҳақида сўз боради. Биринчидан, кўпчилик тушунган бўлса керакки, бу тенденция Ўзбекистоннинг ички ишлаб чиқариш имкониятлари яхшиланганлиги ёки миллий компаниямизнинг бирдан самарали заводга айланиб қолганлигидан эмас балки, Уруш натижасида Россия бозоридан халқаро брендларнинг чиқиб кетиши ҳамда ишлаб чиқариш компонентларининг етиб келиши билан боғлиқ муаммоларнинг ортиб бориши натижаси Россияда ишлаб чиқариш ҳажмининг кескин пасайиши фонида юз бермоқда. Айнан шу сабабга кўра Ўзбекистон МДҲ мамлакатлари орасида энг кўп енгил автомобиль ишлаб чиқарган давлатга айланди(ўтган йили Россиядан кейин иккинчи ўринда бўлган).

Иккинчидан, мамлакатимиз МДҲ мамлакатлари орасида энг кўп автомобиль ишлаб чиқарётганлиги истеъмолчиларимизнинг бошқа давлатларга нисбатан фаровонроқлигини англатмайди. Хусусан, ҳозирги кунда мамлакатимизда ҳар 1000 кишига тўғри келадиган автомобиллар сони 87 тани ташкил этади. Таққослаш учун ҳудду шу кўрсатгич умуман автомобиль ишлаб чиқармайдиган ҳамда жон бошига даромадлари мамалакатимиздаги кўрсатгичдан пастроқ бўлган Қирғизистонда 201 донани ташкил этади.

Сўнги вақтларда жудаям кўп пиар билан шуғулланаётган компаниямиз, шу вақтгача ҳеч қачон истеъмолчиларга ҳеч қандай наф келтирмаган балки доимй равишда уларнинг камбағаллашиб боришига хизмат қилган ва қилиб келмоқда. Жорий йилда мамлакатимизнинг МДҲ мамлакатлари орасида атомобил ишлаб чиқаришда етакчига айланганлиги эса биринчидан табиий равишда юз бераётгани йўқ, иккинчидан бундай етакчилик истеъмолчиларга ҳеч қандай наф бермайди.

@Mirkonomika
1.6K viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash