Get Mystery Box with random crypto!

​​Majburiy obuna o’z ishini bajarmoqda Yangi davr boshlangan | Mirkonomika

​​Majburiy obuna o’z ishini bajarmoqda

Yangi davr boshlangandan keyin majburiy obuna masalasi shaxsan davlat rahbari tomonidan keskin tanqidga uchradi, keyinchalik 2018-yilda xalq ta’limi xodimlarining majburiy obuna bo’lishini tashkil etish taqiqlangan edi. Qilingan harakatlar natijasida 2018-2020-yillarda bosma nashrlar soni hamda ularning yillik tiraji ham keskin pasayganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, 2017-yilda 602 ta gazeta faoliyat yuritgan bo’lsa, 2020-yilga kelib gazetalar soni keskin kamayib 366 tani tashkil etgan. Gazetalarning yillik tiraji esa 2017-yildagi 203,2 mln tadan, 2020-yilga kelib 57,8 mln tagacha kamaygan.

Ammo 2021-yilga kelib oxirgi yillarda erishilgan yutuqlarning barchasi yo’qqa chiqib gazetalar soni va ularning yillik tirajlari keskin oshishni boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan gazetalar soni keskin oshib 592 taga yetgan. Gazetalarning yillik tiraji esa 176,5 mln taga yetgan. Ya’ni bir yilda gazetalarning yillik tiraji 3 barobarga oshgan. Ochig’i bunday keskin o’sish tabiiy jarayon bilan yuz bermayotganligini anglash qiyin emas. Boshqacha aytganda, majburiy obuna yana o’z ishini bajarmoqda.

Hozirgi obuna rejimi iqtisodiy jihatdan judayam samarasiz hisoblanadi. Bunday rejimdan kichik guruh ya’ni gazeta chiqaruvchilardan boshqa hech kim foyda ko’rmaydi. Aynan shuning uchun ham o’sha guruhlar ma’nan eskirib borayotgan bosma nashrlarni saqlab qolish uchun qo’ligan kelgan barcha ishni qilishmoqda.

@Mirkonomika