Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasi hozirgi holatda imk | Mirkonomika

Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasi hozirgi holatda imkonsiz.


Valijon akaning xavotirlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarining integratsiyasi haqidagi istaklarini tushunaman. O’zi umuman ko’pchilik, Markaziy Osiyo mamlakatlarining boshqa yirik davlatlarsiz integratsiyalashuvini xohlashadi. Yaqinda, MO mamlakatlari liderari o’rtasidagi uchrashuv ham huddi shunday umidlarga uchqin berayotgandek go’yo. Ammo hozirgi vaqtda MO mamlakatlarining integratsiyasi imkonsiz va bunga Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlarining munosabatlari asosiy to’siq emas. Integratsiya haqida gap ketganda, hozirgi kunda mintaqadagi davlatlarning qaysi integratsion tashkilotlarda ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, hozirgi vaqtda Qirg’iziston hamda Qozog’iston Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqiga(YII) a’zo hisoblanadi. YII esa bojxona ittifoqi rejimida faoliyat olib boradi. Ya’ni ittifoq Ichida tovarlar harakatining erkinligi ta’minlangan hamda uchinchi davlatlar( tashkilotga a’zo bo’lmagan davlatlar) uchun bir xil bojxona rejimi amal qiladi. Boshqacha aytganda, ittifoqqa a’zo davlatlar bir xil bojxona siyosatini olib boradi(istisno holatlar mavjud).

Bunday holatda Markaziy Osiyoda integratsiyaning tashkil bo’lishi yoki Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a’zo ikki davlatning ittifoqdan chiqishi hamda yangi mintaqaviy ittifoqning tashkil etilishi bilan yuz berishi yoki ittifoqdagi boshqa davlatlarning(Rossiya, Belarus, Armaniston) ittifoqdan chiqib ketishi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining ittifoqqa qo’shilishi bilan yuz berishi mumkin. Umuman olganda ikkala ssenariy ham hozirgi reallikdan judayam uzoq. Bundan tashqari O’zbekiston ham YII ga qo’shilish harakatlarini faollashtirgan. Boshqacha aytganda hozirgi vaziyatda Markaziy Osiyo integratsiyasi amalga oshmaydigan orzudan boshqa narsa emas.

To’g’ri MO mamlakatlari bir-birlari bilan munosabatlarni yaxshilashi, aloqalarni mustahkamlashi mumkin lekin yagona Markaziy Osiyo integratsiyasi yaqin va uzoq kelajakda ushalmas orzu bo’lib qolaveradi.

@Mirkonomika