Get Mystery Box with random crypto!

Mirakmal Niyazmatov

Telegram kanalining logotibi mirakmalniyazmatov — Mirakmal Niyazmatov M
Telegram kanalining logotibi mirakmalniyazmatov — Mirakmal Niyazmatov
Kanal manzili: @mirakmalniyazmatov
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.25K
Kanalning ta’rifi

Advokat Mirakmal Niyazmatov Amerikaga immigratsiya va immigrant hayoti haqida
Facebook - https://www.facebook.com/MirakmalNiyazmatov/
Blog - http://uzbekimmigrant.com

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-09-15 05:11:21 O’smirlar uchun AQShda bir yil o’qish imkoniyati

Maktab o’quvchilari uchun AQShda bir yil yashash va o’qish imkoniyatini beruvchi “Flex” (Bo’lajak liderlar almashinuv dasturi) dasturiga qabul boshlandi. Dasturga qabul qilinganlar AQShda mezbon oila uyida yashaydi hamda safar, o’qish va yashash bilan bog’liq barcha xarajatlar to’liq qoplanadi.

Talablar:

1) 2004-yil 1-yanvar va 2006-yil 15-iyul orasida tug’ilgan bo’lish;
2) Maktabning 9, 10, 11-sinfida yoki litsey/kollejning 1, 2-kursida o’qiyotgan bo’lish;
3) Yaxshi baholarga ega bo’lish;
4) Ingliz tilini avvaldan o’qigan bo’lish va ingliz tilini bilish qobiliyatini ko’rsata olish (imtihon orqali tekshiriladi);
5) Viza olish shartlarini bajara olish;
6) O’zbekiston fuqarosi bo’lish va xorijga chiqish pasportini qo’lga kirita olish.

Qabul jarayoni:

Qabul jarayoni uch bosqichdan iborat.

1- bosqichda onlayn ariza topshirasiz. Arizada uchta savolga insho yozishingiz kerak. Onlayn arizani boshlaganingizdan keyin uni 10 kun ichida tamomlab topshirishingiz kerak.
2-bosqichda arizasi qabul qilingan ishtirokchilar ingliz tilidan onlayn imtihonga taklif qilinadi.
3-bosqichda yana bir so’nggi imtihon o’tkaziladi. Noyabr oyida bo’ladigan bu bosqichda intervyu, yana insho yozish hamda ingliz tilidan yana bir test o’tkaziladi. So’nggi bosqichdan o’tganlarga elchixona tomonidan xabar beriladi.

Ariza topshirish muhlati: 2020-yil, 15-oktabr

Onlayn arizalarni https://ais.americancouncils.org/flex manzili orqali topshiring.

@siz_uchun_grantlar
3.7K viewsMirakmal Niyazmatov, 02:11
Ochish/sharhlash
2020-09-05 17:15:17
#NoVisaBan: #GrinKarta lotereyasi sovrindorlariga viza berishni to’xtatib qo’ygan prezident farmonlariga qarshi sudga da’vo arizasi topshirilgan edi.

Kecha sudya Amit Mehta da’vogarlar foydasiga qaror chiqardi.

Xo’sh, qarorda nima deyiladi? #DV2020 sovrindorlari viza olishga ulguradimi?
6.5K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  14:15
Ochish/sharhlash
2020-09-05 02:45:08 #DV2020: #GrinKarta lotereyasi bo'yicha sud ishi da'vogarlar foydasiga hal bo'ldi.

Sudya barcha yutuqlarni 30-sentyabrgacha ko'rib chiqishni buyurdi. Bu sanagacha 18 ish kuni qolganini hisobga olsak, juda ko'p sovrindorlar viza ololmasligi mumkin.

Da'vo arizasida viza berish muddatini 30-sentyabrdan kechiktirish ham so'ralgan edi.

Fikrimcha hukumat appelyatsiya beradi.

Kechroq batafsil yozaman.

https://www.law360.com/immigration/articles/1307817
8.9K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  23:45
Ochish/sharhlash
2020-08-28 07:06:52
#DV2020: Ishni oborayotgan va sud jarayonida qatnashgan advokat (Curtis Morrison) xabar berishicha, #GrinKarta lotereyasi bo'yicha sud ishi bugun bo'lib o'tdi. Sud qarori keyingi hafta e'lon qilinishi kutilmoqda.
19.3K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  04:06
Ochish/sharhlash
2020-08-23 23:11:36
#DVLottery: Hozir Prezident Tramp farmoni bilan AQShga #immigratsiya qilish to’xtatib qo’yilgan. Ammo #DV2020, ya’ni #GrinKarta lotereyasini 2019 yilda yutganlar immigratsion vizani 30 sentyabrgacha olishlari kerak. Aks holda viza kuyadi.

Iyulda bu masala bo'yicha hukumatga qarshi da’vo ochildi. Xo'sh, sudga topshirilgan da’vo arizasida nima deyiladi? Sud jarayoni qanday kechmoqda?
20.1K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  20:11
Ochish/sharhlash
2020-08-14 21:20:13 #Immigratsiya jarayonini advokatsiz oborganda kelib chiqayotgan muammolarga misol:

AQSh fuqarosi bilan turmush qurgan kishiga shartli (conditional) 2 yillik #GrinKarta beriladi. 2 yil to'lishiga 90 kun qolganda 10 yillik grin kartaga murojaat qilish kerak. Bu jarayonga #RemovalOfCondition (#FormI751) deyiladi.

Bugun men bilan konsultatsiya qilgan kishi bu jarayonni o'zi, mustaqil ravishda amalga oshirgan. Ammo I-751 formasi o'rniga xato qilib boshqa formani yuborgan. USCIS arizasini rad etgan. Boz ustiga hali 10 yillik grin kartani olmasdan chet elga I-551 muhri (Temporary I-551 Stamp) bilan sayohatga ketgan. 2 yillik grin kartaning amal qilish muddati fevralda tugagan.

Endi nima bo'ladi?

2 yillik grin karta muddati tugagani uchun bu kishi hozir #OutOfStatus, ya'ni hujjatsiz. Agar hozir AQShda bo'lganida, USCIS unga qarshi #deportatsiya jarayonini boshlashi mumki edi. Chet elda bo'lgani uchun aeroportdan kiritilmaslik ehtimoli juda katta. Mo'jiza bilan I-551 muhri bor bo'lgani uchun kiritilishi mumkin, ammo ma'lumotlar bazasida 2 yillik grin karta muddati tugaganini ko'rishi mumkin.

Hozir yangidan I-751 formasini topshirishi mumkin, ammo o'z vaqtida yubormagani uchun rad etilish ehtimoli juda baland. Bu degani jarayonni yangidan boshlash kerak, ya'ni: I-130, I-485, I-765, I-131, I-864, I-944 va boshqalar qaytadan topshiriladi. Bu formalarni ko'rib chiqish uchun 14-18 oygacha vaqt ketadi. Formalar tasdiqlangan taqdirda 2 yillik grin karta beriladi. 2 yil o'tganidan keyingina 10 yillikka murojaat qiladi.

#MyTwoCents: Immigratsion hujjatlarni advokatsiz topshirish mumkin. Ammo hozir kunora qoidalar o'zgarayotgani uchun, xatoga yo'l qo'yish holatlari ko'paymoqda. Bordiyu jasorat qilib, o'zingiz topshirishga qaror qilsangiz, hech bo'lmasa advokat bilan maslahat qiling. Happy filings!
4.4K viewsMirakmal Niyazmatov, 18:20
Ochish/sharhlash
2020-08-05 18:39:02 #Yashasin: 75 000dan ortiq #EAD, ya'ni Amerikada ishlashga ruxsat beruvchi hujjat chop etilishi kechikayotgani haqida avval yozgan edim.

Aprelda arizasi tasdiqlanganiga qaramasdan haligacha #EADcard'ni kutayotgan Ranjitha Subramanya sudga shikoyat qiladi. #USCIS (Amerika immigratsiya idorasi) sud ishni mohiyatan ko'rib chiqmasligi uchun Subramanyaga shu zahotiyoq EAD card'ni topshiradi (Жук!) va sudga ishni ko'rib chiqishni to'xtatishni so'raydi.

Sud rozi bo'lmadi va dushanba kuni EAD approval olgan ariza egalariga 𝟕 𝐤𝐮𝐧 𝐢𝐜𝐡𝐢𝐝𝐚 hujjatning o'zi (EAD card) yuborilsin, deb qaror chiqardi (Temporary Injunction).

#GrinKarta lotereyasi bo’yicha sudga topshirilgan shikoyatdan ham yaxshi xabarlarni kutamiz.

https://www.law360.com/articles/1298103/uscis-must-print-foreign-citizens-delayed-work-permits?fbclid=IwAR0gJbYPSPLKjqsMzHe-xs_nnvv8TQbxjle7JGwP-bj1PQYzQ-tJ3wIXHpg
4.2K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  15:39
Ochish/sharhlash
2020-08-01 05:33:53 #FilingFee: AQSh #Immigratsiya xizmatidan hayitlik—turli immigratsion imtiyozlar uchun topshiriladigan arizalar uchun belgilangan to’lovlar yaqinda keskin ortadi. Masalan, #fuqarolik (#Naturalization) olish uchun undiriladigan to'lov $520'ga yoki 81% oshadi. Avval $640 edi, endi esa $1160 deb belgilandi.

Yangi to’lovlar 2-oktyabrdan boshlab kuchga kiradi. To’liq ma’lumot quyida.

https://www.cnn.com/2020/07/31/politics/uscis-new-fees/index.html?fbclid=IwAR0nkvdNMfpvCJJpOzK9sNVJsS0_C5w6b0iCB8TPwTvxyXdMw1BMOXsRUDs
3.6K viewsMirakmal Niyazmatov, 02:33
Ochish/sharhlash
2020-07-31 06:35:05
#HayitMuborak azizlar!

Chet elda yashash oson emas. Ota-ona, yor va/yoki farzandlarimizdan yiroqdamiz. Ba'zan O'zbekistonda bo'lgan yaqinlarimizga dalda, madad berolmaymiz. Turli sinovlarga yolg’iz bardosh berishga majburmiz.

O’ziga yarasha yo'qotishlar evaziga Amerikada ekanmiz, bu yerda e’tibor va vaqtimizni qurbon qilishga arziydigan ishlarga qaratish nasib etsin!
3.0K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  03:35
Ochish/sharhlash
2020-07-30 04:31:40 𝐎𝐦𝐛𝐮𝐝𝐬𝐦𝐚𝐧: Amerikada 50 000 #GrinKarta, 75 000 #EAD, ya'ni ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarning chop etilishi kechikayotgani haqida avval yozgan edim.

#USCIS qoshida #Ombudsman faoliyat ko'rsatadi. Bugungacha grin karta olish uchun topshirilgan ariza tasdiqlangan, ammo hali ham grin kartasi kelmagan kishilar Ombudsmanga murojaat qilishlari kerak.

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐦𝐚: Grin kartangiz hali kelmagan bo'lsa, USCIS idorasiga borib passportingizga I-551 muhrini bostirib oling. Bu muhr Amerikada #DoimiyRezident maqomida ekanligingizni tasdiqlaydi.
To'liq ma'lumot quyida.

https://www.aila.org/infonet/cis-ombudsman-provides-update-on-card-production?fbclid=IwAR298gjm-n33bhUdg1BDfANRR8sdDiC7_x3l-ckZzZ125pEWDyCEjhZlRD8
2.8K viewsMirakmal Niyazmatov, edited  01:31
Ochish/sharhlash