Get Mystery Box with random crypto!

O’smirlar uchun AQShda bir yil o’qish imkoniyati Maktab o’quv | Mirakmal Niyazmatov

O’smirlar uchun AQShda bir yil o’qish imkoniyati

Maktab o’quvchilari uchun AQShda bir yil yashash va o’qish imkoniyatini beruvchi “Flex” (Bo’lajak liderlar almashinuv dasturi) dasturiga qabul boshlandi. Dasturga qabul qilinganlar AQShda mezbon oila uyida yashaydi hamda safar, o’qish va yashash bilan bog’liq barcha xarajatlar to’liq qoplanadi.

Talablar:

1) 2004-yil 1-yanvar va 2006-yil 15-iyul orasida tug’ilgan bo’lish;
2) Maktabning 9, 10, 11-sinfida yoki litsey/kollejning 1, 2-kursida o’qiyotgan bo’lish;
3) Yaxshi baholarga ega bo’lish;
4) Ingliz tilini avvaldan o’qigan bo’lish va ingliz tilini bilish qobiliyatini ko’rsata olish (imtihon orqali tekshiriladi);
5) Viza olish shartlarini bajara olish;
6) O’zbekiston fuqarosi bo’lish va xorijga chiqish pasportini qo’lga kirita olish.

Qabul jarayoni:

Qabul jarayoni uch bosqichdan iborat.

1- bosqichda onlayn ariza topshirasiz. Arizada uchta savolga insho yozishingiz kerak. Onlayn arizani boshlaganingizdan keyin uni 10 kun ichida tamomlab topshirishingiz kerak.
2-bosqichda arizasi qabul qilingan ishtirokchilar ingliz tilidan onlayn imtihonga taklif qilinadi.
3-bosqichda yana bir so’nggi imtihon o’tkaziladi. Noyabr oyida bo’ladigan bu bosqichda intervyu, yana insho yozish hamda ingliz tilidan yana bir test o’tkaziladi. So’nggi bosqichdan o’tganlarga elchixona tomonidan xabar beriladi.

Ariza topshirish muhlati: 2020-yil, 15-oktabr

Onlayn arizalarni https://ais.americancouncils.org/flex manzili orqali topshiring.

@siz_uchun_grantlar