Get Mystery Box with random crypto!

#Immigratsiya jarayonini advokatsiz oborganda kelib chiqayotga | Mirakmal Niyazmatov

#Immigratsiya jarayonini advokatsiz oborganda kelib chiqayotgan muammolarga misol:

AQSh fuqarosi bilan turmush qurgan kishiga shartli (conditional) 2 yillik #GrinKarta beriladi. 2 yil to'lishiga 90 kun qolganda 10 yillik grin kartaga murojaat qilish kerak. Bu jarayonga #RemovalOfCondition (#FormI751) deyiladi.

Bugun men bilan konsultatsiya qilgan kishi bu jarayonni o'zi, mustaqil ravishda amalga oshirgan. Ammo I-751 formasi o'rniga xato qilib boshqa formani yuborgan. USCIS arizasini rad etgan. Boz ustiga hali 10 yillik grin kartani olmasdan chet elga I-551 muhri (Temporary I-551 Stamp) bilan sayohatga ketgan. 2 yillik grin kartaning amal qilish muddati fevralda tugagan.

Endi nima bo'ladi?

2 yillik grin karta muddati tugagani uchun bu kishi hozir #OutOfStatus, ya'ni hujjatsiz. Agar hozir AQShda bo'lganida, USCIS unga qarshi #deportatsiya jarayonini boshlashi mumki edi. Chet elda bo'lgani uchun aeroportdan kiritilmaslik ehtimoli juda katta. Mo'jiza bilan I-551 muhri bor bo'lgani uchun kiritilishi mumkin, ammo ma'lumotlar bazasida 2 yillik grin karta muddati tugaganini ko'rishi mumkin.

Hozir yangidan I-751 formasini topshirishi mumkin, ammo o'z vaqtida yubormagani uchun rad etilish ehtimoli juda baland. Bu degani jarayonni yangidan boshlash kerak, ya'ni: I-130, I-485, I-765, I-131, I-864, I-944 va boshqalar qaytadan topshiriladi. Bu formalarni ko'rib chiqish uchun 14-18 oygacha vaqt ketadi. Formalar tasdiqlangan taqdirda 2 yillik grin karta beriladi. 2 yil o'tganidan keyingina 10 yillikka murojaat qiladi.

#MyTwoCents: Immigratsion hujjatlarni advokatsiz topshirish mumkin. Ammo hozir kunora qoidalar o'zgarayotgani uchun, xatoga yo'l qo'yish holatlari ko'paymoqda. Bordiyu jasorat qilib, o'zingiz topshirishga qaror qilsangiz, hech bo'lmasa advokat bilan maslahat qiling. Happy filings!