Get Mystery Box with random crypto!

#Yashasin: 75 000dan ortiq #EAD, ya'ni Amerikada ishlashga rux | Mirakmal Niyazmatov

#Yashasin: 75 000dan ortiq #EAD, ya'ni Amerikada ishlashga ruxsat beruvchi hujjat chop etilishi kechikayotgani haqida avval yozgan edim.

Aprelda arizasi tasdiqlanganiga qaramasdan haligacha #EADcard'ni kutayotgan Ranjitha Subramanya sudga shikoyat qiladi. #USCIS (Amerika immigratsiya idorasi) sud ishni mohiyatan ko'rib chiqmasligi uchun Subramanyaga shu zahotiyoq EAD card'ni topshiradi (Жук!) va sudga ishni ko'rib chiqishni to'xtatishni so'raydi.

Sud rozi bo'lmadi va dushanba kuni EAD approval olgan ariza egalariga 𝟕 𝐤𝐮𝐧 𝐢𝐜𝐡𝐢𝐝𝐚 hujjatning o'zi (EAD card) yuborilsin, deb qaror chiqardi (Temporary Injunction).

#GrinKarta lotereyasi bo’yicha sudga topshirilgan shikoyatdan ham yaxshi xabarlarni kutamiz.

https://www.law360.com/articles/1298103/uscis-must-print-foreign-citizens-delayed-work-permits?fbclid=IwAR0gJbYPSPLKjqsMzHe-xs_nnvv8TQbxjle7JGwP-bj1PQYzQ-tJ3wIXHpg