Get Mystery Box with random crypto!

Innovatsiyalar Milliy ofisi

Telegram kanalining logotibi milliyofis — Innovatsiyalar Milliy ofisi I
Telegram kanalining logotibi milliyofis — Innovatsiyalar Milliy ofisi
Kanal manzili: @milliyofis
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.08K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining rasmiy telegram sahifasi
🇷🇺 Официальная страница Национального офиса по внедрению инноваций и трансферу технологий

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 10:43:15
"InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi hududlar bo`ylab start olmoqda!

18-19 IYUL
kunlari ANDIJON VILOYATIDA "InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi bo`lib o`tadi. Ko`rgazmada barcha innovatsiyalar va texnologik loyihalar bir manzilda to`planadi.

"InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi ochilish marosimi 18-iyul kuni 10:00 da Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida bo`lib o`tadi.

Ko`rgazmada siz INVESTOR va TADBIRKORLARGA loyihangizni to`g`ridan to`g`ri taqdim etish va sarmoyalarni jalb etish imkoniyatiga ega bo`lasiz!

Shuningdek, ko’rgazma doirasida TechnoWays marafoni g’oliblari aniqlanib, taqdirlash marosimi o’tkaziladi.

O'z kreativ va innovatsion loyihasi bilan ishtirok etgan eng yaxshi loyiha egalari xalqaro innavatsion g`oyalar haftaligi "InnoWeek.Uz-2022" ga yo`llanmani qo`lga kiritadi va xalqaro investorlarga o`z loyihasini taqdim etadi!

Murojaat uchun:
+998905493003
+998945971110
1.4K views07:43
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:44:18
Joriy yilning 19-iyul kuni “Eron-O`zbekiston fan va texnologiyalar forumi” bo`lib o`tadi.

Mazkur forum doirasida ikki davlat tadbirkor va ishbilarmonlari o`rtasida “B2B” uchrashuv o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.

“B2B” uchrashuvda qishloq xo`jaligi, chorvachilik, tibbiyot, axborot texnologiyalari va oziq ovqat sanoati kabi yo`nalishlarda o`zaro manfaatli aloqalarni yo`lga qo`yish hamda hamkorlikni rivojlantirish ko`zda tutilgan.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi yuqorida keltirilgan sohalarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar vakillarini taklif etamiz.

Quyidagi havolada ushbu uchrashuv haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lishingiz va bepul ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tishingiz mumkin:
https://ihitb2b.com/uz/uzbekistan/2022-july/

Murojaat uchun: +998908186696
387 views06:44
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:58:30
#OAV_biz_haqimizda
#AzeriPressAgency
#APA

“Olimjon To`ychiyev yaqinda Ozarbayjon mezbonlik qilgan TEKNOFEST faoliyatini yuqori baholab, bunday nufuzli tadbirlar tegishli sohada erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishda katta imkoniyatlar ochishini ta’kidladi. Shuningdek, yaqin yillarda bunday tadbirlarni O’zbekistonda ham tashkil qilinishi rejalashtirilayotganini ma`lum qildi”

- deya xabar beradi Ozarbayjonning yuqori nufuzli “APA-Economics” nashri.

Batafsil https://apa.az/en/infrastructure/uzbekistan-eyeing-hosting-teknofest-in-the-coming-years-380045/
464 views12:58
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:10:34
Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkentga O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi hamda Germaniya – O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishiga tashrif buyurgan Germaniya Sharqiy biznes uyushmasi Bosh direktori Maykl Xarms va Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To`ychiyev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Germaniya Sharqiy biznes uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yilning oktabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan Xalqaro innovatsion g`oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2022”ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mazkur haftalikda uyushmaga a’zo bo’lgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokini ta`minlash masalalari ham muhokama qilindi.
553 views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-05 13:41:56
Joriy yilning 4-iyul kuni Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida Birinchi "Turkiy Agroforum" bo‘lib o‘tdi.


Mazkur Forumning "Qishloq xo‘jaligidagi global tendensiyalar va muammolar" nomli panel sessiyasida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To‘yichiyev "Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarning ro`lini rivojlantirishga yordam beradigan strategiyalar va omillar" nomli maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchi mehmonlarga Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad agrosanoat majmuasida iqtisodiy o‘zaro aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun sarmoyalarni safarbar etishdan iborat bo'ldi.
611 views10:41
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:09:46
2022-yilning 4-8 iyul kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan innovatsion loyiha va ishlanmalar ko`rgazmasi haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabati bilan 4-iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Haftalikning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi institutlarning vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida soha haqida umumiy taqdimot va sohadagi muammolar muhokamasi o`tkazildi. Shuningdek Ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining ilmiy ishlanmalari va loyihalari taqdimoti va vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar taqdimoti o`tkazildi.
590 views13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-02 07:51:21
Islohotlar amalda! Marhamat tumanida innovatsion texnologiyalar yordamida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 400 mln so‘m mablag‘ evaziga Andijon mashinasozlik instituti olimlari tomonidan 10 ta Penablok qurilish mahsulotini ishlab-chiqarish agregatini tijoratlashtirish orqali ishlab chiqarishni tashkil etish hamda Marhamat tumanidagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan .

Ushbu ishlarning amaliy natijasi sifatida joriy yilning 10 may sanasida ushbu qurilmalar tuman hokimligi mutasaddilari tavsiyasiga ko‘ra 10 nafar ishsiz oilalarga tarqatildi.

Hozirda 7 ta xonadonda penablok mahsuloti ishlab chiqarish ishlari boshlangan. Olib borilgan amaliy ishlar natijasida 30 nafar yangi ishchi o‘rnilari yaratilishiga erishildi.

Ushbu xonadonlarga kerakli mahsulotlarni yetkazib berish va ularni sotuv masalalari Andijon tajriba ko‘rgazma maydoni rahbari A.Xodjayev tomonidan nazoratga olindi.
677 views04:51
Ochish/sharhlash