Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkentga O‘zbekiston-Germaniya biz | Innovatsiyalar Milliy ofisi

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkentga O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi hamda Germaniya – O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishiga tashrif buyurgan Germaniya Sharqiy biznes uyushmasi Bosh direktori Maykl Xarms va Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To`ychiyev o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Germaniya Sharqiy biznes uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yilning oktabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan Xalqaro innovatsion g`oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2022”ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mazkur haftalikda uyushmaga a’zo bo’lgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokini ta`minlash masalalari ham muhokama qilindi.