Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 4-iyul kuni Toshkentning Hyatt Regency mehmonxon | Innovatsiyalar Milliy ofisi

Joriy yilning 4-iyul kuni Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida Birinchi "Turkiy Agroforum" bo‘lib o‘tdi.


Mazkur Forumning "Qishloq xo‘jaligidagi global tendensiyalar va muammolar" nomli panel sessiyasida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To‘yichiyev "Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarning ro`lini rivojlantirishga yordam beradigan strategiyalar va omillar" nomli maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchi mehmonlarga Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizda qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Forumdan ko‘zlangan maqsad agrosanoat majmuasida iqtisodiy o‘zaro aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun sarmoyalarni safarbar etishdan iborat bo'ldi.