Get Mystery Box with random crypto!

2022-yilning 4-8 iyul kunlari Innovatsion rivojlanish vazirlig | Innovatsiyalar Milliy ofisi

2022-yilning 4-8 iyul kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan innovatsion loyiha va ishlanmalar ko`rgazmasi haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabati bilan 4-iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Haftalikning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi institutlarning vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida soha haqida umumiy taqdimot va sohadagi muammolar muhokamasi o`tkazildi. Shuningdek Ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining ilmiy ishlanmalari va loyihalari taqdimoti va vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar taqdimoti o`tkazildi.