Get Mystery Box with random crypto!

'InnoWeek.Uz-2022' Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi hududla | Innovatsiyalar Milliy ofisi

"InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi hududlar bo`ylab start olmoqda!

18-19 IYUL
kunlari ANDIJON VILOYATIDA "InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi bo`lib o`tadi. Ko`rgazmada barcha innovatsiyalar va texnologik loyihalar bir manzilda to`planadi.

"InnoWeek.Uz-2022" Innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi ochilish marosimi 18-iyul kuni 10:00 da Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti binosida bo`lib o`tadi.

Ko`rgazmada siz INVESTOR va TADBIRKORLARGA loyihangizni to`g`ridan to`g`ri taqdim etish va sarmoyalarni jalb etish imkoniyatiga ega bo`lasiz!

Shuningdek, ko’rgazma doirasida TechnoWays marafoni g’oliblari aniqlanib, taqdirlash marosimi o’tkaziladi.

O'z kreativ va innovatsion loyihasi bilan ishtirok etgan eng yaxshi loyiha egalari xalqaro innavatsion g`oyalar haftaligi "InnoWeek.Uz-2022" ga yo`llanmani qo`lga kiritadi va xalqaro investorlarga o`z loyihasini taqdim etadi!

Murojaat uchun:
+998905493003
+998945971110