Get Mystery Box with random crypto!

PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyic | Milliy markaz

PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2022-yilda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdi. Navbatdagi vazifa ushbu xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, hisobotlarini shakllantirish va xalqaro tashkilot tomonidan belgilangan qatʼiy talablarni yuqori sifatda bajarish hisoblanadi.

Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi bu yoʻnalishdagi ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Joriy yilning 28-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) PISA Yetakchi tahlilchi dasturining (Lead Analyst Programme) navbatdagi vebinari boʻlib oʻtdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahlil guruh rahbari Myako Ikeda boshchiligidagi ekspertlar tomonidan videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Ruminiya, Moʻgʻuliston kabi davlatlar qatorida Oʻzbekiston vakillari sifatida Milliy markaz xodimlari ham ishtirok etdi.

Vebinar davomida ishtirokchilarga PISA baholash asoslari, maʼlumotlarni yigʻish tartiblari va ularni mazmunli tahlil qilish uchun zarur boʻlgan tahliliy texnikalar haqida chuqur tushuncha berildi.

Maʼlumot uchun, PISA Yetakchi tahlilchi dasturi taʼlim sohasidagi tadqiqotchilarga PISA maʼlumotlarini tahlil qilish va sharhlash uchun zarur boʻlgan analitik va texnik koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan kasbiy rivojlanish dasturidir.

Vebinar davomida mutaxassislarimiz xalqaro tahlilchilardan mavzu boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS

Подробно: http://bit.ly/3zmalxb

Detail: https://bit.ly/3G0F0nx

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram