Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyatidagi 12 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqot | Milliy markaz

Toshkent viloyatidagi 12 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda

Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Toshkent viloyatidan tanlab olingan 12 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram