Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-25 10:16:02 ​​ Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi!

Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo'lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.

Eslatma: Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq abituriyentlar ro'yxatdan o'tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o'tishingiz mumkin.

Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botlardan foydalaning:

@ruxsatnoma2023bot
@ruxsatnoma2023_bot
@ruxsatnoma_2023bot
4.6K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-07-25 08:07:05
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 24-iyul kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.4K views05:07
Ochish/sharhlash
2023-07-23 17:45:43
Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.7K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-07-23 08:12:42
Repetitor:
— Uyga vazifani nega qilmading?

Qitmir abituriyent:
— Endi kitob o'qish uchun xonamga kirgan edim, tasodifan koptokni bosib qoldim.

Keyin nima bo'lganini eslolmayman!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.1K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-07-21 10:46:16
Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

Eslatib o'tamiz
, qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Bunda to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.3K viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2023-07-19 19:30:10 #foydali

​​​ IELTS IMTIHONIGA TAYYORLANISH UCHUN 10 TA ENG YAXSHI MANBA

Elc.polyu.edu.hk - ushbu saytda siz IELTS topshiriqlari bilan tanishishingiz va imtihonning har bir qismiga tayyorgarlik bo'yicha ko'plab foydali maslahatlarni olishingiz mumkin.

Splendid-speaking.com - ushbu imihondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar bilan suhbatlar.

Takeielts.britishcouncil.org - British Councilning ushbu saytida siz ko'plab foydali ma'lumotlarni topasiz, ular maslahatlar va kichik maqolalar ko'rinishida taqdim etiladi.

ielts.allearsenglish.com - IELTSga tayyorgarlik ko'rish uchun yana bir ajoyib sayt, unda imtihonda uchraydigan juda ko'p turli xil mashqlar mavjud.

Netlanguages.com - bu yerda siz bepul amaliy mashg'ulotlardan foydalanishingiz mumkin.

Ieltsforfree.com - bu yerda siz to'liq sinovdan o'tishingiz yoki alohida qismlarni mashq qilishingiz mumkin.

Examenglish.com - ushbu saytda siz nafaqat IELTS, balki TOEFL, TOEIC, CAE, FCE, KET, PETga topshirishga ham tayyorlanishingiz mumkin.

Itests.com - ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz bepul sinov sinovlaridan foydalanishingiz mumkin.

Ielts-exam.net - bu IELTS ga tayyorgarlik ko'radigan eng yirik saytlardan biri.

Scribd.com - skanerdan o'tgan IELTSga tayyorgarlik kitoblari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ushbu postni IELTS imtihoniga tayyorlanayotganlarga yuborib qo'ying!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.8K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2023-07-19 13:05:37
Qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Prezident farmoyishiga ko‘ra, 2023-yilda magistraturaga kiradigan xotin-qizlarning kontraktini ham davlat to‘lab berishi rejalashtirilgan.

Buning tartibi qanday?

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

Eslatma: magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OT
6.3K viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2023-07-06 17:05:43 #Qabul2023 #Abituriyent2023

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;
86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:

foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;

sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.

Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.

Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
2.3K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2023-07-06 12:14:11
“Kelgusi o‘quv yilidan bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz” — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi o‘quv yilidan:

— magistraturada kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;

— kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi.

Pirovardida, 2030-yilga borib bog‘cha tarbiyachisi ham, maktab o‘qituvchisi ham faqat va faqat oliy ma’lumotli bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.4K viewsedited  09:14
Ochish/sharhlash
2023-07-06 11:08:48 Magistraturaga rus tili sertifikatlari o‘tmaydimi?

Magistratura uchun chet tili sertifikati bo‘lishi majburiy. Biroq  rus tili bo‘yicha olingan sertifikatlar hatto filologiya yo‘nalishlariga ham qabul qilinmaydi.

Talabgor faqatgina talab etiladigan 25 ta turdagi sertifikatdan birini topshirishi talab etiladi.

Sertifikatlar ro'yxati bilan tanishing

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.2K viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash