Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imti | Milliy sertifikat | INFO

Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi