Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-08-15 07:03:00
O'qishga kirgani 100% aniq bo'lgan abituriyentlar!

Afsuski, bu abituriyentlar ham boshqa, oddiy imtiyozsiz abituriyentlar kabi bitta kvota doirasida kurashishmoqda. 100% ehtimol bilan g'olib bo'lishgan. Shunchaki, rasmiyatchilik uchun mandatni kutishmoqda.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
16.1K viewsedited  04:03
Ochish/sharhlash
2023-08-14 17:53:00 Abituriyentlarning o'qishga kirgan-kirmagani bo'yicha mandat shu hafta oxirigacha chiqishi kerak!

Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari bo'yicha talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

ABITURIYENT – Yuqoriga intilib!
14.3K views14:53
Ochish/sharhlash
2023-08-13 15:46:22 Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
18.1K viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-08-12 14:25:13Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi imtihonlari 14-avgustda bo'ldi

Test 14-avgust kuni 09:00 da Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari:

huquq va chet tili fanlari;
intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Test ishlashga jami 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Olish mumkin bo'lgan maksimal ball — 126.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. Imtihonga 08:00 dan kechikmay borish kerak.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
19.5K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2023-08-11 17:44:52
#yumor

Tavakkal Yuridikka o'qishga topshirgan abituriyentning yiqilishi

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
22.3K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash
2023-08-10 11:00:46 Rasman: Ta'til tugamoqda. Dars jarayonlari 4-sentyabrdan boshlanishi aniq bo'ldi

Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

1-sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
2-sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
3-sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 4-sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
27.7K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-07-25 12:00:58
Siz Xususiy oliygoh tanlashda qiynalyapsizmi?

Namangan xalqaro universiteti O‘zbekiston bo‘ylab nisbatan arzon kontrakt narxlarini taqdim etadi.

Universitetda Sirtqi, Kunduzgi va Kechki ta’lim shakllari mavjud.

Mavjud yo‘nalishlar!

Kontrakt narxlari — 9 mlndan boshlanadi.

Diqqat: Qo‘shimcha 210 ta GRANT ham mavjud

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

78-113-21-22
69-239-53-33

Telegram | Instagram | Web-sayt | Youtube
3.7K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-07-25 10:16:02 ​​ Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi!

Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo'lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.

Eslatma: Joriy yilda 1 mln nafardan ortiq abituriyentlar ro'yxatdan o'tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o'tishingiz mumkin.

Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botlardan foydalaning:

@ruxsatnoma2023bot
@ruxsatnoma2023_bot
@ruxsatnoma_2023bot
4.6K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-07-25 08:07:05
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 24-iyul kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.4K views05:07
Ochish/sharhlash
2023-07-23 17:45:43
Chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan 4 ta ko‘nikmani baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazildi.

Imtihonlar abituriyentlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) da tashkil etildi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

17-20-iyul kunlari — suhbat qismi;
21-23-iyul kunlari — yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Imtihonlar 12 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab, fors va uyg‘ur tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.7K views14:45
Ochish/sharhlash