Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-07-04 20:18:02Endi yuridik universitetga topshirish uchun IELTS Writing 5.5 bo‘lishi shart emas!

Shu vaqtgacha Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozim edi.

Bu talab endi bekor bo'ldi.

Endi IELTS overall 5,5 bo‘lgan abituriyent writing balli nechchi bo‘lsa ham, Yuridik universitetga hujjat topshirsa, maksimal ball oladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.7K views17:18
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:28:16 Qabul kvotalari to‘liq tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining barcha ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

KUNDUZGI
JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.

SIRTQI
JAMI: 49 ming 078 ta;
O‘zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

KECHKI
JAMI: 11 ming 125 ta;
O‘zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

MASOFAVIY
JAMI: 2 ming 825 ta;
O‘zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.0K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash
2023-07-04 07:57:43
Qabul tugashiga 16 kun bor!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko'ra, hozirgacha 154 mingdan ortiq abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tibdi.

Qolgan abituriyentlar nimani kutyapti ekan-a? Kvotalar taqsimlanishinimi?

Balki, Telegramdagi @DTMStat_bot orqali kirish oson bo‘lgan yo‘nalishlarni izlashayotgan bo‘lishsa kerakdir-a!?

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.8K viewsedited  04:57
Ochish/sharhlash
2023-07-03 13:19:31
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 10-11- va 17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining gapirish ko‘nikmasini baholash qismi 2023-yil 12-iyun kuni boshlanib, barcha hududlarda tashkil etildi va 1-iyul kuni yakunlandi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarida 37 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.3K views10:19
Ochish/sharhlash
2023-07-01 13:08:19
Magistraturaga kirishda tasdiqlangan sertifikatlar ro'yxati-2023

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

O'tgan yilgi tasdiqlangan sertifikatlardan farqli o'laroq, ushbu yilda Linguaskill hamda Tömer sertifikatlari ro'yxatga kiritilmagan.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.2K views10:08
Ochish/sharhlash
2023-06-30 19:48:58 Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.9K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-06-30 19:37:56
Universitetni eson-omon bitirib oldingizmi?

#tushungan_tushundi

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.4K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:47:01Necha kun qoldi?

. Chet tillaridan may oyida boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 2 kun qoldi;

. Ona tili va adabiyoti (oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillari boʻyicha) fanidan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 4 kun qoldi;

. Chet tillaridan iyun oyi imtihonlari boshlanishiga 6 kun qoldi;

. Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 11 kun qoldi;

. Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish boshlanishiga 15 kun qoldi.

Siz qaysi birini kutyapsiz?

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
4.2K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2023-06-06 12:56:30
Rasman: Ertaga kirish imtihonlari andozasidagi onlayn test tashkil etiladi!

Kim grantga kiradi, kim kontraktga?
Aniqlashga tayyormisiz?
Siz uchun blokli original testlar tayyorlab qo'yildi!

Barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart, qatnasha olmaganlar uchun test savollarini PDF formatini yuklab olish imkoniyati mavjud.

Test vaqti: 7-iyun (20:00)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
4.4K views09:56
Ochish/sharhlash
2023-06-06 05:25:41
Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, -sini kunduzgi, -sini kechki, -sini sirtqi, -masofaviy.

Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
17.2K viewsedited  02:25
Ochish/sharhlash