Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-09-03 08:52:59
IELTS sertifikat olsam bo'ldi, TOP universitetlarning eshiklari men uchun ochiq deydiganlar adashadi!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.7K views05:52
Ochish/sharhlash
2023-08-28 19:45:50 Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi.

Bunda, ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil
yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi ishlab chiqiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.2K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-08-28 14:07:40Milliy sertifikat hammaga kerak:
Abituriyentga ham, Pedagogga ham!


Hammaga ma'lumki, chet tili, masalan ingliz tili bo'yicha qaysidir abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini uning IELTS natijasiga qarab baholashga o'rganib qolganmiz.

Boshqa fanlarchi? Fizika, matematika, ona tili kabi fanlar bo'yicha abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini qanday bilamiz?

Albatta, Bilim va malakalarni baholash agentligi (ya'ni DTM) tomonidan beriladigan milliy sertifikat natijasiga qarab. Natija qancha yuqori bo'lsa, uning shu fan bo'yicha bilim darajasi ham shunchalik yuqoriligini anglatadi. Bu sertifikat natijasi ayniqsa kirish imtihonlariga tayyorlaydigan repetitorning yaxshisini izlab yurgan abituriyent uchun ham qo'l keladi.

Milliy sertifikat imtiyozlari:

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, 100% lik natijadan kamida 80% natija qayd etgan xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar 3 yil davomida oyligiga 20% ustama qoʻshiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish niyatidagi abituriyentlar agar sertifikat imtihonida 60-85% oraligʻida ball toʻplasa, kirish imtihonlarida oʻsha fanning maksimal ballining 60-85% miqdorida ball qoʻshib beriladi.

Agar 86% va undan yuqori ball toʻplasa, oʻsha fanning majburiy qismidan ham, mutaxassislik qismidan ham ozod qilinadi va maksimal ball beriladi.

Amal qilish muddati: 3 yil (keyin o'tmaydi)

Sertifikat namunasi rasmda keltirilgan

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.6K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-08-23 08:30:39 Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak?

Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.3K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-08-22 10:02:18 ​​ Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin! 
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin,  deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon,  qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Nuriddin Egamov

O'qishga kirganlarga yuboring
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.9K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-08-20 07:54:31
Bugun yuridik texnikumlariga hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul ertaga, 20-avgust kuni tugaydi. Hujjatlar my.gov.uz yoki my.uzbmb.uz orqali topshiriladi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi (14 ta) yuridik texnikumlariga joriy yilda jami 2 ming 400 nafar (shundan 1220 ta sirtqi) o‘quvchi qabul qilinadi.

Yuridik texnikumlarning kontrakt narxi

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.6K viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2023-08-19 19:46:07
Mandatning hidi kelmoqda: Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar saytga joylashtirildi

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

Aynan shu imtiyozli abituriyentlar sabab mandat kechikishi kutilayotgan edi. Demak, asosiy ish yakunlangan!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
16.2K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2023-08-18 11:25:49 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.8K viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash
2023-08-15 14:18:02
O'qishga kirishda minimum ball bormi? Bo'lsa u necha ball?

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;

Davlat granti uchun – 68 ball.

Bu nima degani?

Buni blogger Xushnudbek Xudoyberdiyev aniq misol bilan tushuntirmoqda:

Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmagan.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta grant o‘rni uchun 2019-yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmagan. Bo‘sh qolgan.

Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi.

To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 30%lik natijani ham qayd etolmagan.

Bu shubhasiz, fojiamiz.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
18.3K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-08-15 10:02:01 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.3K views07:02
Ochish/sharhlash