Get Mystery Box with random crypto!

mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotl | Milliy sertifikat | INFO

mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 43 567 nafarni tashkil etdi.

Mazkur 43 567 nafar talabgorning ma’lumotlari Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish balini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi