Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.28K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2024-04-01 17:02:52
#haydovchilik_guvohnomasi #Rossiya
Muhojirlar haydovchilik guvohnomasidagi o'zgarishlar

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.0K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-04-01 16:04:10
SalamPay Onlayn

O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 01.04.2024
Toshkent 17:50
Moskva 15:50 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 94,58 (+0,21) rubl
• AkaPay - 94,95 (-0,5) rubl
• Мир Привилегий - 95,11 (-0,56) rubl
• Золотая Kорона - 96,89 (+0,73) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 133,80 (0) so'm
• Unired Mobile - 133,20 (0) so'm Onlayn
• Sberbank - 130,96 (-0,3) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 138,01 (0) so'm Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2024-04-01 13:37:57
#portlash #Rossiya
Voronej shahrida choyxona portlatildi

Voronej shahrining Lenin ko‘chasi, 80-uyda joylashgan “Chayxana” kafesi portlatildi. Ma’lum bo‘lishicha, 1-aprel kuni tonggi soat 3 da “Chayxana”ning oynasi sindirilib, ichiga portlatish vositasi tashlab ketilgan. Portlash vositasi ishga tushirilganidan so‘ng, butun kafe portlab, yong‘in sodir bo‘lgan.

Kafe egasi ertalab 8 ga yaqin ish joyiga kelgach, portlash izlarini ko‘rib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Ayni vaqtda voqea joyi ko‘zdan kechirilib, dastlabki tergov jarayonlari boshlangan.

Voronej huquq-tartibot organlariga ko‘ra portlash vaqtida kafeda hech kim bo‘lmagan va shuning uchun jarohatlanganlar yo‘q. Hozircha mazkur portlashni ikki tadbirkor o‘rtasidagi janjaldan so‘ng, qasddan uyushtirilgani gumon qilinmoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.2K views10:37
Ochish/sharhlash
2024-04-01 13:01:47
#Rossiya
Novgoroddagi muhojirlar diqqatiga

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.1K views10:01
Ochish/sharhlash
2024-04-01 12:01:35
#jonliefir
Mavzu: Migrantlar taqdiri nima boʻldi?
"Fikrat" tahliliy dasturi

Ekspertimiz: huquqshunos Botirjon Shermuhammad

Tomosha qiling youtube.com/live/mtjJ1A8PLlc
14.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-04-01 11:03:18
#aviareys #Rossiya #Oʻzbekiston
Yana bir aviakompaniya Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airports телеграм канали Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2024-yil 3-apreldan Moskva va Toshkent o‘rtasida muntazam qo‘yayotgani haqida xabar bermoqda.

Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar "Boeing" 737-800 samolyotlarida har kuni amalga oshiriladi.

Bugungi kunda “Pobeda” Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni amalga oshirmoqda.

"Pobeda" — shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida joylashgan Rossiyaning "Aeroflot — Rossiya havo yo'llari" guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya hisoblanadi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.5K views08:03
Ochish/sharhlash
2024-04-01 09:33:31
#deport #Rossiya
Sud 400 dan ortiq muhojirni Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi

Sankt-Peterburg shahar sudlari matbuot xizmati rahbari Darya Lebedevaning xabar berichicha, 418 nafar chet el fuqarosi migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Rossiyadan majburan chiqarib yuboriladi.

Shuningdek, immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun yana 48 kishi jarimaga tortilgan. Ular sud qarori kuchga kirgan paytdan boshlab besh kun ichida Rossiyani mustaqil ravishda tark etishlari kerak.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.7K viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash
2024-03-31 19:14:59 #dayjest #migrantnews
Terakt balosi, nafratga uchragan migrantlar, kuchaygan reydlar, ishchi so'ragan Kanada



16.1K views16:14
Ochish/sharhlash
2024-03-31 18:29:49

16.0K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash
2024-03-31 18:16:25
#kvota #RVP
Moskva shahrida RVPga kvota ajratish uchun arizalar 1,2,3,4 aprel kunlari qabul qilinadi


Hujjatlarni topshirish uchun 9:00 dan 17:00 gacha Saxarovodagi MMSga murojaat qilishingiz kerak.

Manzil: Moskva, Varshavskoe shossesining 64-km, Voronovskoye qishlog’i 1, 47-bino, 1A-sonli kirish.

U yerga Lesoparkovaya metro bekatidan MS1 avtobusi yoki Prokshino metro bekatidan MS2 avtobusida borish mumkin.

Kvotaga ariza topshirish uchun MMSga kelib, talon olib, navbat kutish zaarur. Huddi Sberbankdagidek. Talonni boshqa kunga o’tkazib bo’lmaydi.

Kvotaga ariza topshirayotgan chet ellik shaxslardan arizadan tashqari fuqarolik pasportining notarial tarjimasi, undagi propiska va fuqaroligi ko‘rsatilgan sahifalarning nusxasi, migratsiya kartasi, 3,5x4,5 hajmidagi fotosurat talab qilinadi.

“RVP” kvotasi uchun arizalarni topshirish tartibini bu yerdan batafsil bilib olishingiz mumkin.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
16.0K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash