Get Mystery Box with random crypto!

Qozog'istondagi YTHda 8 nafar o'zbekistonlik vafot etdi Polis | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Qozog'istondagi YTHda 8 nafar o'zbekistonlik vafot etdi

Polisia.kz kanali xabariga ko‘ra, 3-aprel kuni Samara-Chimkent trassasining Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan qismida Volvo yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro'y bergan.

Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Tegishli ekspertiza tayinlangan.

Obuna bo‘ling
@migrantuz