Get Mystery Box with random crypto!

#byurokratiya #Rossiya Patent olish mashaqqatlari: migrantl | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#byurokratiya #Rossiya
Patent olish mashaqqatlari: migrantlar bir necha kunlab sarson bo‘lmoqda

Rossiyada, ayniqsa, Moskvadagi “Krokus” konsert zalidagi fojiadan keyin muhojirlarga patent berish sezilarli darajada kechiktirilmoqda. Rossiyada istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ishga joylashish hujjatini olish uchun migratsiya markazlarida uzun navbatlarga duch kelishmoqda.

Ushbu kechikish tufayli ko‘pchilik kunlar va hatto haftalarni navbat kutishga sarflamoqda.

Huquq himoyachilari bunday uzun navbatlarni tashkil etish muhojirlarga bosimni kuchaytirish uchun rasmiylarning ataylab qilingan harakati ekanini ta’kidlaydi.

Turli shaharlarda, jumladan, Rostovda yuzlab odamlar yomon ob-havo va yomg‘ir ostida deyarli ikki haftadan beri navbatda turishibdi. Navbat kundan-kunga cho‘zilmoqda.

Migrantlar kerakli hujjatlarni olguncha 3 kundan 10 kungacha navbatda turishadi. Ular, shuningdek, Moskvadagi fojiadan so‘ng markazlar ish sur’ati keskin pasaygani haqida xabar berishmoqda.

Moskvadagi “Saxarovo” migratsiya markazida ham muhojirlar qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiylari uzun navbatlar yo‘qligini da’vo qilsa-da, muhojirlarning o‘zi buning aksini ta’kidlaydi.

Muhojirlar, shuningdek, kechikishlar tufayli patent ololmagani uchun deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida xavotir bildirishgan. Ularning qayd etishicha, polisiya turli shaharlar ko‘chalarida muhojirlarni ushlab va eng kichik qoidabuzarliklari uchun yoki ularsiz ham mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha faol harakatlarni boshlagan.

Rostovdagi o‘zbek muhojirlari patent berish jarayonini tezlashtirish umidida o‘z elchixonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz