Get Mystery Box with random crypto!

Aktobeda vafot etganlar maxsus samolyotda Vatanga olib kelinad | Migrant.uz axborot-xizmat portali

Aktobeda vafot etganlar maxsus samolyotda Vatanga olib kelinadi - Prezident topshirig'i

Kecha Qozog‘iston Respublikasining Aktobe viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axbort xizmati ma’lumot berdi va unda 8 nafar o'zbekistonlik halok bo'lganini tasdiqladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda", deyiladi xabarda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz