Get Mystery Box with random crypto!

#sud #Rossiya «Avval o‘yla, keyin so‘yla» – Rubtsovskda bi | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#sud #Rossiya
«Avval o‘yla, keyin so‘yla» – Rubtsovskda bir og‘iz gap uchun o‘zbekistonlik fuqaroga qamoq jazosi berildi

Rubtsovsk shahar sudi Rubtsovsk shahrida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi.

Tergov organlari tomonidan 2024-yil 24-mart kuni Rubtsovsk shahridagi do‘konlardan birida Krokus Siti xoll binosida sodir etilgan terrorchilik harakatini oqlab, gapirgan shaxs A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

1993-yilda tug‘ilgan ayblanuvchi 2024-yil 27-martda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalari bilan hibsga olingan, 2024-yil 28-martda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

Sud Rossiya Federatsiyasining jamoat xavfsizligiga qarshi o'rtacha og'irlikdagi jinoyat sodir etishda ayblovni, ayblanuvchining shaxsini - xorijiy davlat fuqarosi, doimiy yashash joyi va Rossiya Federatsiyasi hududida ro'yxatdan o'tganligini hisobga olgan holda, qonuniy daromad manbaiga ega bo‘lmagan A.ga nisbatan 2024-yil 26-mayga qadar ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.

Qaror hali qonuniy kuchga kirmagan.


O‘zbekistonlik muhojirlarga hozirgi bo‘lib turgan holatda Rossiya davlati va siyosatiga tegishli har xil gaplarni so‘zlamaslikni tavsiya qilamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz