Get Mystery Box with random crypto!

Migrant.uz axborot-xizmat portali

Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali M
Telegram kanalining logotibi migrantuzb — Migrant.uz axborot-xizmat portali
Kanal manzili: @migrantuzb
Toifalar: Bloglar , Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41.28K
Kanalning ta’rifi

Migrant.uz axborot-xizmat portali
👉 youtube.com/@migrantuzb
👉 instagram.com/migrantuzb
👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
👉 ok.ru/migrantuz
👉 fb.com/migrantuz
Админ: @migrantuzb_admin
Реклама: @migrantreklama

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-03-29 15:38:55
#topilmalar
DIQQAT!

Pasport va boshqa hujjatlar yoʻqolgan. Topgan odam iltimos darhol shu raqamga qoʻng’iroq qilishingizni soʻraymiz.

Yoʻqolgan hujjatlar quyidagilar:

Pasport;
Registraciya;
Migratsion karta 2 ta;

+79266082733

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.5K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2024-03-29 15:19:31 Guruhda tartib va madaniyat saqlanishi uchun, bu yerdagi o‘zaro muloqot hammaga manfaatli bo‘lishi uchun qoidalarni joriy etamiz. Ushbu qoidalarga rioya qilmaganlar — ogohlantirishsiz bloklanadi.

Qoidalar bilan tanishing:

So‘kinish, haqoratlash, urushish mumkin emas.
Tanishish, mazmunsiz, yengil-yelpi mavzuda suhbatlashish mumkin emas.
Boshqa manbalarning linkini admin va moderatorlar ruxsatisiz qo‘yish mumkin emas.
Mavzuga aloqasi yo‘q, behayo rasm va videolarni yuborish taqiqlanadi.
Reklama yuborish taqiqlanadi.
Millatchilik, irqchilik yoki shovinistlik mumkin emas.
14.1K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2024-03-29 14:52:18
#saylov #Turkiya
TURKIYADA MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA SAYLOVLAR

Adolatli, shaffof va muntazam saylovlar zamonaviy demokratik davlatlarning eng asosiy unsuridir.

Demokratiyanıng minimal shartı shundan iboratki, boshqaruvchilar o'z vakolatlari va hokimiyat kuchini saylovchilardan, ya'ni boshqariluvchilarindan oladilar.

Bu vakolatlar muntazam o’tkazilib boriladigan saylovlar orqali yangilanib boradi. Saylovlar orqali saylovchilar o’z nomzodalarining siyosatlari va faoliyatiga ovoz beradi va ularni ijobiy yoki salbiy ma'noda baholaydi.

Turkiya 1946-yilda ko‘ppartiyaviylik joriy qilinganidan beri muntazam, adolatli va shaffof saylovlar o‘tkazilgan mamlakatlar ro’yxatining boshida kelmoqda. Turkiyada saylovlar Oliy Saylov Kengashi (Markaziy Saylov Komissiyasi) (YSK) kabi tashkil etilgan muassasalar orqali mustaqil sudyalar nazorati ostida o‘tkaziladi. Shuning uchun Turkiya saylov xavfsizligi va fuqarolarning saylov jarayoniga ishonchini ta’minlash nuqtai nazaridan rivojlangan siyosiy madaniyatga ega.

Turkiyadagi saylov va ovoz berish jarayoniga ishonchni saylovlardagi xalq ishtiroki ko’rsatkichlarida ham ko’rish mumkin. Turkiya, 2023 yil 14 may kuni boʻlib oʻtgan Prezidentlik va Parlament saylovlari bilan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) davlatlari orasida saylovda qatnashish darajasi boʻyicha eng yuqori ishtirok nisbatiga ega 3-davlat boʻldi. Oliy Saylov Kengashi maʼlumotlariga koʻra, 14 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda ichki ishtirok darajasi 88,92 foizni tashkil etgan boʻlsa, Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi oʻtkazilgan 28 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda bu koʻrsatkich 85.72 foizni tashkil etgan edi.

OECD va Xalqaro Demokratiya va Saylovga Yordam Instituti (IDEA) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya 14 may kuni bo'lib o'tgan ichki saylovlarda ishtirok etish darajasi bilan AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi ko'plab OECDga a'zo G'arb davlatlarini ortda qoldirdi.

Batafsil

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv
14.3K views11:52
Ochish/sharhlash
2024-03-29 13:25:29
#Rossiya
"Rossiya faqat ruslar uchun!" Putin bu fikrga nima deydi?

Vladimir Putin uchuvchi harbiylar va Rossiya qahramonlari, Maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilarining bevalari bilan uchrashuv vaqtida bu mavzuga fikr bildirdi:

— Bilasizmi, “ura-patriot”larimizni eshitganimda — bunday odamlar hamma joyda bor, istalgan jamiyatda — shu jumladan, Rossiya faqat ruslar uchun, deyishganida xavotir his qilaman. Nega? Chunki hududimizda 190 millat yashashini va ba’zi millatlar millionlik xalqlardan iboratligini hisobga olsak, boshqalar bu yerda begona, degan destruktiv fikrlarni tatbiq etishni boshlab  mamlakatni yakson qilib yuboramiz. Bundan eng avvalo rus xalqi azoblanadi.

Shuning uchun bunga katta odamlardek, jiddiy munosabatda bo‘lishimiz kerak, qo‘l siltab, og‘izga kelganini gapirmay, har bir so‘z, har bir iborani o‘ylab gapirish kerak. Katta va umumiy Vatanimiz borligi haqida o‘ylash kerak...

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.5K views10:25
Ochish/sharhlash
2024-03-29 13:03:34
#reyd #terakt #Rossiya
Teraktdan keyin reydlar ko'paydi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil

Obuna bo‘ling
@migrantuz
15.1K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-03-29 10:56:28
#terakt #Rossiya
Migrant internetda izoh yozgani uchun hibsga olindi

Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum akkauntdan teraktni yoqlab izohlar qoldirgan, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Biroq, noma’lum akkauntga qaramay, politsiya muhojir shaxsini aniqlab, yashash joyida qo‘lga olgan.

Shundan so‘ng tojikistonlikning uzr so‘ragan videosi ommaga taqdim etildi. E’tiborli tarafi shundaki, tojikistonlik teraktni yoqlab izoh qoldirgan yagona shaxs emas, u bilan birga uzr so‘ragan boshqa rossiyaliklarning ham videosi ommaga ko‘rsatilgan.

Biroq jinoiy ish faqat ikki kishiga – bir rossiyalik va tojikistonlik muhojirga ochilgan, xolos.

Tojikistonlik muhojirga “Internet tarmog‘idan foydalanib, terroristik hatti-harakatlarni amalga oshirishga ommaviy chaqiruv bilan shug‘ullanganlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Mazkur voqeani inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy fikrlarni bildirmaslik kerakligini va bu uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
16.0K views07:56
Ochish/sharhlash
2024-03-28 13:30:01
#terakt #Rossiya
Teraktdan keyin: Rossiyadagi migrantlar qisuvga olinmoqda

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida

Batafsil -



Obuna bo‘ling
@migrantuz
13.6K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:01:40
2022-yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari "Buyuk Britaniyada mavsumiy ishchilar sxemasi" dasturida ishtirok etib kelishmoqda. Ushbu sxema 6 oy davomida Buyuk Britaniyadagi fermalarda terimchi sifatida ishlash imkoniyatini beradi.

Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkiloti ushbu dasturda ishtirok etmoqchi bo'lgan shaxslar uchun migrantlar huquqi, salomatligi va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida quyidagi video-qo’llanmalarni tayyorlagan: https://bit.ly/3TVT0Gs
13.8K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2024-03-28 11:17:25
Amurskaya viloyatini qumli bo‘ron qopladi

Qumli bo‘ron tufayli Blagoveshensk va boshqa qo‘shni shaharlar osmoni sabzirang ko‘rinishga kelgan.

Qumli bo‘ron asosan Xitoy va Mo‘g‘ulistonni qoplagan. Biroq qisman Rossiyaning Amurskaya viloyatiga ham yetib kelgan. Ayni vaqtda shaharda kuchli shamol kuzatilmoqda.

Mahalliy aholiga ko‘zlarini qum va changdan saqlash tavsiya qilingan. Gidrometmarkazning xabar berishicha, qumli bo‘ron yana bir necha kun davom etadi.

Amurskaya viloyatdagi muhojirlarga ham niqob va ko‘zoynaksiz ko‘chaga chiqmaslikni va derazalarni ochmaslikni tavsiya qilamiz. Ehtiyot bo‘ling.

Video va rasmlar Baza kanalidan olindi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz
14.2K views08:17
Ochish/sharhlash
2024-03-28 10:18:50
#AQSH
Bayden hujjatsiz muhojirlarning AQShda qolish dasturini ko‘rib chiqmoqda

Prezident Jo Bayden har yili 4000 hujjatsiz muhojirlarga deportatsiya qilinmaslik va Qo'shma Shtatlarda doimiy yashash maqomiga ega bo'lish imkonini beradigan greencard dasturini kengaytirish imkoniyatini o'rganmoqda.

Qo'shma Shtatlarda 10 yildan ortiq yashagan va qonuniy fuqaroligi bo‘lgan qarindoshi bo'lgan hamda mamlakatdan chiqarib yuborilishi ularni qiyin ahvolga soladigan bo‘lsa, ushbu dastur uchun ariza topshirishlari mumkin. Bu hujjatsiz immigrantlarga suddan deportatsiyani bekor qilish va Qoʻshma Shtatlarda qolishni soʻrashga imkon beradi, deydi Immigratsiyani tekshirish boʻyicha ijroiya boshqarmasi (EOIR).

Bu respublikachilarning Kongressda Bayden ma'muriyatining janubiy chegaradagi harakatlariga noroziligini bildirayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Dasturda qatnashish uchun ariza beruvchilar "yaxshi axloqiy xarakterga" ega bo'lishlari va Qo'shma Shtatlarda kamida 10 yil yashagan bo'lishlari kerak.

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv
13.8K views07:18
Ochish/sharhlash