Get Mystery Box with random crypto!

#Rossiya 'Rossiya faqat ruslar uchun!' Putin bu fikrga nima | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#Rossiya
"Rossiya faqat ruslar uchun!" Putin bu fikrga nima deydi?

Vladimir Putin uchuvchi harbiylar va Rossiya qahramonlari, Maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilarining bevalari bilan uchrashuv vaqtida bu mavzuga fikr bildirdi:

— Bilasizmi, “ura-patriot”larimizni eshitganimda — bunday odamlar hamma joyda bor, istalgan jamiyatda — shu jumladan, Rossiya faqat ruslar uchun, deyishganida xavotir his qilaman. Nega? Chunki hududimizda 190 millat yashashini va ba’zi millatlar millionlik xalqlardan iboratligini hisobga olsak, boshqalar bu yerda begona, degan destruktiv fikrlarni tatbiq etishni boshlab  mamlakatni yakson qilib yuboramiz. Bundan eng avvalo rus xalqi azoblanadi.

Shuning uchun bunga katta odamlardek, jiddiy munosabatda bo‘lishimiz kerak, qo‘l siltab, og‘izga kelganini gapirmay, har bir so‘z, har bir iborani o‘ylab gapirish kerak. Katta va umumiy Vatanimiz borligi haqida o‘ylash kerak...

Obuna bo‘ling
@migrantuz