Get Mystery Box with random crypto!

#saylov #Turkiya TURKIYADA MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA S | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#saylov #Turkiya
TURKIYADA MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA SAYLOVLAR

Adolatli, shaffof va muntazam saylovlar zamonaviy demokratik davlatlarning eng asosiy unsuridir.

Demokratiyanıng minimal shartı shundan iboratki, boshqaruvchilar o'z vakolatlari va hokimiyat kuchini saylovchilardan, ya'ni boshqariluvchilarindan oladilar.

Bu vakolatlar muntazam o’tkazilib boriladigan saylovlar orqali yangilanib boradi. Saylovlar orqali saylovchilar o’z nomzodalarining siyosatlari va faoliyatiga ovoz beradi va ularni ijobiy yoki salbiy ma'noda baholaydi.

Turkiya 1946-yilda ko‘ppartiyaviylik joriy qilinganidan beri muntazam, adolatli va shaffof saylovlar o‘tkazilgan mamlakatlar ro’yxatining boshida kelmoqda. Turkiyada saylovlar Oliy Saylov Kengashi (Markaziy Saylov Komissiyasi) (YSK) kabi tashkil etilgan muassasalar orqali mustaqil sudyalar nazorati ostida o‘tkaziladi. Shuning uchun Turkiya saylov xavfsizligi va fuqarolarning saylov jarayoniga ishonchini ta’minlash nuqtai nazaridan rivojlangan siyosiy madaniyatga ega.

Turkiyadagi saylov va ovoz berish jarayoniga ishonchni saylovlardagi xalq ishtiroki ko’rsatkichlarida ham ko’rish mumkin. Turkiya, 2023 yil 14 may kuni boʻlib oʻtgan Prezidentlik va Parlament saylovlari bilan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) davlatlari orasida saylovda qatnashish darajasi boʻyicha eng yuqori ishtirok nisbatiga ega 3-davlat boʻldi. Oliy Saylov Kengashi maʼlumotlariga koʻra, 14 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda ichki ishtirok darajasi 88,92 foizni tashkil etgan boʻlsa, Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi oʻtkazilgan 28 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda bu koʻrsatkich 85.72 foizni tashkil etgan edi.

OECD va Xalqaro Demokratiya va Saylovga Yordam Instituti (IDEA) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya 14 may kuni bo'lib o'tgan ichki saylovlarda ishtirok etish darajasi bilan AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi ko'plab OECDga a'zo G'arb davlatlarini ortda qoldirdi.

Batafsil

Obuna bo'ling
@vatandosh_tv