Get Mystery Box with random crypto!

#portlash #Rossiya Voronej shahrida choyxona portlatildi V | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#portlash #Rossiya
Voronej shahrida choyxona portlatildi

Voronej shahrining Lenin ko‘chasi, 80-uyda joylashgan “Chayxana” kafesi portlatildi. Ma’lum bo‘lishicha, 1-aprel kuni tonggi soat 3 da “Chayxana”ning oynasi sindirilib, ichiga portlatish vositasi tashlab ketilgan. Portlash vositasi ishga tushirilganidan so‘ng, butun kafe portlab, yong‘in sodir bo‘lgan.

Kafe egasi ertalab 8 ga yaqin ish joyiga kelgach, portlash izlarini ko‘rib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Ayni vaqtda voqea joyi ko‘zdan kechirilib, dastlabki tergov jarayonlari boshlangan.

Voronej huquq-tartibot organlariga ko‘ra portlash vaqtida kafeda hech kim bo‘lmagan va shuning uchun jarohatlanganlar yo‘q. Hozircha mazkur portlashni ikki tadbirkor o‘rtasidagi janjaldan so‘ng, qasddan uyushtirilgani gumon qilinmoqda.

Obuna bo‘ling
@migrantuz