Get Mystery Box with random crypto!

#aviareys #Rossiya #Oʻzbekiston Yana bir aviakompaniya Moskv | Migrant.uz axborot-xizmat portali

#aviareys #Rossiya #Oʻzbekiston
Yana bir aviakompaniya Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airports телеграм канали Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2024-yil 3-apreldan Moskva va Toshkent o‘rtasida muntazam qo‘yayotgani haqida xabar bermoqda.

Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar "Boeing" 737-800 samolyotlarida har kuni amalga oshiriladi.

Bugungi kunda “Pobeda” Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha har kuni parvozlarni amalga oshirmoqda.

"Pobeda" — shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida joylashgan Rossiyaning "Aeroflot — Rossiya havo yo'llari" guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya hisoblanadi.

Obuna bo‘ling
@migrantuz