Get Mystery Box with random crypto!

G'aniyev M.A.

Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A. G
Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A.
Kanal manzili: @mganiyevblog
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 606

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-09-02 18:44:35 Davron aka Marg'ilonni asl farzandi. Zamonamiz jadidlaridan biri, deb ayta olaman. Intervyuni esa albatta ko'ringizlar
271 viewsedited  15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:45:27 Men uchun odatda faqat 3 bayram bor: ikki hayit bayrami va mustaqillik kuni.
Bayram muborak, yurtdoshim!
Vatan omon bo'lsin!
392 views17:45
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:10:34
Ўзбекистон шахматчилари тарихий ғалабани қўлга киритди. Чемпион бўлди

Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси якунланди.
Унда, Ўзбекистон шахмат мактабининг "Олтин авлоди" Олимпиада ўйинлари ғолибига айланди.

Каналга уланиш:
@uzauz
342 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:10:34 Rosti shaxmatni umuman tushunmayman. Lekin endi,albatta, o'rganaman. Farzandlar uchun ham o'rganib qo'yish kerak ekan.
344 viewsedited  11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-06 13:19:47 O'zbekiston yashash uchun zo'r mamlakat. Ishlash uchunmas
604 views10:19
Ochish/sharhlash
2022-08-02 10:30:26 Bundan 11 yil avval 2- avgust kirish imtihonlarida qatnashgan edim (Biz o'qishga kirgan yili imtihon 2-avgustga ko'chirilgan edi). Abituriyent paytimiz do'stlarimiz bilan birga qattiq tayyorlangan edik.
Bizni paytimizda o'qishga kirish nisbatan qiyin edi. Sababi imtihonlar juda betartib o'tar, nazorat deyarli qoniqarsiz edi. Imtihon kuni otam rahmatli qo'limga yo'l kira bergandilar. Imtihonga cho'ntagimda 4 ta 500 so'mlik pul bilan kirgandim. Hattoki ruchka olish ham esdan chiqqandi hayajonda. Muddatidan avval testlarni yechib bo'lgach, taxmin qilgan savollarimni pulga yozib olgandim. Chiqib o'zimni taxminiy ballimni hisoblash uchun. Tashqariga chiqyapmanu, puldan ikkitasini damasga yo'lkirag ma berishim kerak, deb yodlab olishga harakat qildim. Shunde tashqariga chiqsam, maktab tashqarisida otam rahmatli (VAZ 2106 xizmat mashinalarida) meni kutib turgan ekanlar. 2 ta 500 so'mlik ham yonga qolishini o'ylab xursand bo'lgandim. Dadam meni ko'rib, yur tez-tez, o'g'lim. Seni uyga tashlab qo'yay, ishga qaytishim kerak. Sen ketganingdan keyin ayang uyda janjal qildi, kenja o'g'lizi imtihonga ham tashlab qo'ymadiz, kattalarini Toshkentga ham oborib kelgandiz, deb degandilar. Dadam hislarini oshkor qilmasdilar. O'zim olib ketgani keldim, ishqilib, yaxshi yechdinmi, degan savollar shu birgina gaplari ortida yashirin edi (lekin onam janjal qilganlari ham rost). Bizni vaqtimizda javoblar juda kech chiqar edi. Javoblarni kutaverib, esimda, chap tomonimga oq ham tushgan edi. Shukr. 172 ball bilan kontraktga ilashdim. Qisqasi. Aynan 11 yil avval shu kuni butun keyingi hayotimga zamin yaratilgan edi.
8.3K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2022-07-29 08:55:50 Yoshligimizda uyim yondi, deb yolg'ondan yordamga chaqiradigan hayvon (qaysi hayvonligi esimda yo'q) haqida ertak bo'lardi. Haqiqatda uyi yonganda hech kim ishonmasdi oxirida. Bugun bizda ham keraksiz majlis, uchrashuv, tadbirlar shu qadar ko'pki, ular dastidan ba'zida rostan sifatli uchrashuvga ham sifatli tarkib tashkillay olmaysan. Odamlar ishonmaydi. Bu uchun esa ularni ayblay olmaysan. Men ham ishonmagan bo'lardim.
1.4K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2022-07-19 17:53:37
Дониёр Ғаниев – Умрзоқов ва Хўжаев ротацияси, ЕОИИга яқинлашиш вақти эмаслиги ва ЖСТга аъзолик ҳақида

Kun.uz мухбири Қонунчилик палатаси депутати Дониёр Ғаниев билан Сардор Умрзоқовнинг Президент администрацияси раҳбарлигига келиши, Жамшид Хўжаев ва унинг ЖСТ билан қанчалик муваффақиятли ишлай олиши, шунингдек, айни пайтда ЕОИИга яқинлашиш хавфлари борасида суҳбатлашди.

https://kun.uz/05570336

ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИШ
189 views14:53
Ochish/sharhlash
2022-07-17 21:51:06 Муҳим қарорлар икки хил бўлади:

1. Келажак учун жуда муҳим, лекин аудитория бу қарорни аҳамиятини тушинмайди ва шу учун қарор аудитория наздида ҳеч қанақа очко олиб келмайди. Баъзида узоқни ўйлаб қилинган қарор аудиторияни маълум комфорт зонасини тарк этишга мажбур қилиши ва натижада унинг қаршилигига ҳам учраши мумкин.

2. Келажак учун ҳеч қандай аҳамиятга эга бўлмаган, лекин рейтингни яхши кўтариб берадиган қарорлар. Тонировка ва шу турдаги қарорлар шунга киради.

Айтмоқчиманки, раҳбарият учун аҳоли орасида рейтинг доим муҳим. Ғарбда ҳам, бизда ҳам сиёсатчиларга бир хил электорат олдида очко керак. Лекин, фақатгина пиарга берилиб кетиб биринчи категорияга кирган асосий қарорларни эсдан чиқармаслик керак. Бу мамлакат келажаги учун муҳим.


@allaevuzb
497 views18:51
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:51:21
345 views09:51
Ochish/sharhlash