Get Mystery Box with random crypto!

G'aniyev M.A.

Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A. G
Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A.
Kanal manzili: @mganiyevblog
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 606

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-01-16 07:40:25 Xalqimga bo'lgan muhabbatim o'lchovi nafratim bilan barobardir.
294 views04:40
Ochish/sharhlash
2023-01-14 22:33:47 Аёл эрининг вафот этганига бир неча йил бўлган эсада, унинг кўйлагини ҳамон жавонга осиб қўйганди. Кўйлакнинг чўнтагига эса доимо бир миқдорда пул солиб қўйишни одат қилганди.

Ҳар сафар фарзандларидан бири эҳтиёжи учун пул сўраганида, хонадонда ота номи янграб туриши учун "Отангнинг чўнтагидан ола қол, болам" дейишни жуда жуда ёқтирар эди.

@konspektor
201 views19:33
Ochish/sharhlash
2023-01-12 14:22:10 Mashhur Qashqirlar makoni serialidagi Do'g'u Eshrafo'g'li obrazi Po'lat Alemdarga bir hikoya aytib beradi. Unga ko'ra odamlar to'plangan joyga dor tikib, dor o'yini tashkil qilishadi. Dorboz dorga chiqqan paytida pastda bir kishi olomonga qarata: dorbozga qaranglar, dorbozga qaranglar, deydi. Hamma dorbozga qaragan paytida esa uning sheriklari hammaning cho'ntagini kesib ketadi. Eshrafo'g'li bu hikoyani aytarkan serial qahramoniga bo'layotgan voqealardan chalg'imasligini va dorbozga qarab cho'ntagini urdirib yubormaslikka chaqiradi. Men maktablardagi ta'tilni dastlab uzaytirilgani, so'ngra qisqartirilgani va bugundan yana uzaytirila boshlangani (ufff o'zim ham chalg'ib ketdim) sabablarini 2 kundan beri o'zimcha qidiraman (menga nimekin). Sabablar qidirish jarayonida yuqoridagi dorboz hikoyasi esimga tushdi. 3 kundan beri anomal sovuq. insonlar esa tarmoqlarda sovuq oqibatlari emas, balki maktab ta'tili bilan band. Dorga bu gal xalq ta'lim vazirligini chiqarib qo'yishdi va uddalashdi. Chunki men bu mantiqsizlikka boshqa sabab topa olmayapman va o'zimni shunga ishontirishga harakat qilyapman. Xullas, dorga qaramanglar))) Ma'sullarga tavsiyam esa anomal sovuq yana 3-4 kun davom etadi. Bizni xalq esa bir mavzuni uzog'i 3 kun chaynaydi. ta'til mavzusi ertadan eskiradi. Ertadan dorga yangi "dorboz" topish kerak. Uni ham 3 kun keraksiz muhokama qilib tursak sovuqdan ham chiqib olamiz, xudoxohlasa.
610 viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2023-01-10 12:06:02 O'zbekiston buyuk davlat,
O'zbekistonni alishmasman bashqa jahonga.
O'zbekiston tengdur O'zbekistonga!!!

P.s. dastlab ta'tillarni uzaytirib, bugun yana qisqartirishganda, beixtiyor, shu she'r esingga tusharkan)))
508 viewsedited  09:06
Ochish/sharhlash
2023-01-09 15:03:09 Muqaddas Makka shahrida bizga hamrohlik qilgan bir yigit aytgandi: Makkada yashashning eng yaxshi tarafi bu yerlarda xohlasang ham gunox ish qila olmasligingda, degandi. Bu jumlani nega hozir eslaganimni izohlashga harakat qilaman. Bugun ustozlar bilan suhbatimizda 15 yildan ortiq Germaniyani boshqargan Angela Merkelni pivo ichishi, cho'chqa go'shti yeyishi lekin insonlar haqqini yemagani haqida eslab o'tdik. Bizda esa alkogoldan, xarom yeguliklardan hazar qilib ham insonlar haqqini bemalol yeyishing mumkinligi haqida alam bilan suhbatlashdik. Haqiqattan ham. Nega shunday, deya o'zimga savol berdim? Chunki bizning xalqimiz "chirigan g'arb" insonlaridan insofsiz bo'lishi mumkin emas! Men bu qarashni hazm qila olmayman. Shu payt aqlimga birdan makkalik dindoshimizning Makka haqidagi yuqoridagi hazilomuz fikrlari yodimga tushdi. Va o'zimcha sababini topgandek bo'ldim. Merkelning xalq haqqiga xiyonat qilmaganini sababi bitta. Unda imkon yo'q edi. Parlament va sud tizimi, umuman, ijro hokimiyatini tiyib turuvchi institutlar ishlaydigan yerda buni umuman imkoni yo'q. Bizdagi barcha muammolarning ham sababi aynan shu yerda, menimcha. Kuchli parlament va sud tizimiga ega bo'lmas ekanmiz men hech narsadan umid qilmayman. Insonlarni halollikka chaqiravergandan ko'ra ular oldidagi xarom yo'llarni barchasini berkitib tashlagan ma'qul, MENIMCHA. Zero, makkaliklar faqqatgina yaxshiligi uchun emas, balki imkon yo'qligi uchun ham xaromdan uzoqdirlar.
768 viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:09:40
588 views12:09
Ochish/sharhlash
2022-12-31 10:31:40
Kechagi ma'muriy islohotlar, vazirlar rotatsiyasi
528 views07:31
Ochish/sharhlash
2022-12-31 09:11:36 2013 йилгача Хитой дунёда коньяк истеъмоли бўйича иккинчи ўринда турган. Хитой бозори коньяк ишлаб чиқарувчилар учун, айниқса премиум категория коньяк ишлаб чиқарувчилар учун жуда муҳим бозор бўлган. Лекин, 2013 йилдан бошлаб бирданига Хитойда коньяк сотуви камайиб борган ва бу камайиш 2016 йилга келибгина тўхтаган.

Йирик маркетинг компаниялари бунинг сабаблари устида узоқ бош қотиришган. Уларнинг тадқиқотлари Хитойликларнинг алкоголь ичимликлар истеъмолида камайиш бўлмаганлигини, аксинча ортганлигини кўрсатган. Изланишлардан сўнг натижа кутилмаган жойдан келган. 2013 йилда Хитойда коррупцияга қарши кескин кураш бошланади. Унгача премиум категория коньяклар асосан «совға» сифатида сотилган бўлади. Баъзида бир бутилкаси минглаб долларга борадиган коньяклар ҳам Хитойда яхши сотилган.

Коррупцияга қарши кураш бўлса коньяк сотувига халақит қилган. Коррупция фақат пул сифатида бўлади деб ўйласангиз адашасиз, совға орқали коррупция ҳажми пул бериб орқали коррупциядан бир неча маротабага каттароқ бўлиши мумкин.

Ким ҳам бу нархда оларди деган қайсидир қиммат маҳсулотингиз яхши сотилиб кетса ҳайрон бўлманг! Шу кунларда совға учун олинаётган нарсаларга қараб туриб қайсиси ҳақиқий совға, қайсиси коррупцион манфаат учун эканлигини бемалол англаб олса бўлади.
289 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-12-28 07:36:12 O'zbek jurnalistikasi va blogosferasida kechayotgan nosog'lom bir jarayon jurnalist sifatida meni xavotirga solmoqda.

Xavotirimki, bu jarayonning oxiri ikki sohani ham jamiyatning butkul ishonchsizligi, umidsizligi bilan yuzlashtiradi.

Jurnalist va blogerlarning hokimiyat organlariga pul evaziga sotilayotgani yoki pul evaziga tanqid qilmaslikka ko'nishi.

Afsuski, odamlar bugun korrupsiya bilan keskin kurashiga umid bog'layotgan hukumatning o'zi va to'rtinchi hokimiyatning ayrim vakillari bu illatni ochiq faoliyat shakliga aylantirib olgan.

Bu yerda gap shunchaki jurnalistik yoki pulli kontentning aniq ajratib olinmagani haqida emas.

Gap o'zbek jurnalistikasi va blogosferasining hukumat bilan aloqalari ochiq oydin korrupsiyaga botib borayotgani haqida. Ya'ni hukumat (eng yuqori organlar ham) tanqid qilmaslik evaziga jurnalist, blogerni sotib olyapti, jurnalist va blogerlar esa pul evaziga asl vazifasini esdan chiqarib, sohani boyish vositasiga aylantirib bormoqda.

Hukumat va ayrim jurnalist, blogerlar o'zi vazifasini unutib, korrupsiyani kasb qilar ekan, bundan uyalmas ekan, bu o'rinda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hukumat va OAV munosabatlarini aniq, qat'iy belgilaydigan mezonlarni ishlab chiqishi kerak.

Balki Axborot kodeksi loyihasida bu normalar eng kichik detallarigacha aks etishi kerakdir.

Ha do'stlar, qanday og'ir bo'lmasin, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash OAV va hukumat munosabatlaridan boshlanishi kerakka o'xshayapti. Vaziyat juda og'ir.

P.S. Ayni shu post yozilayotgan kunlarda ham qator jurnalist va blogerlarning hukumat organlari tashkil qilgan banketlarga taklifnoma olganiga ishonaman.

@haqiqatdaIlyos
511 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-12-24 19:36:25 "Shuncha gap qaqqa ketti"
Bugun ish yuzasidan yana Cho'ng'ara (anklav hudud)ga borish to'g'ri keldi. Hafta oxiri bo'lgani uchun chegarada navbat xuddi metanga navbatdek edi. Odamlar qirg'iz chegarasidagi eshik oldiga borib betartib terilib olishgan edi. Biz ham jamoa bilan navbatga qo'shildik. Tabiiyki, eng oxirga qator bo'lib qo'shildik. Oradan yarim soat o'tdi. Ancha hamyurtlarimiz keldi. lekin biz hali ham eng orqada edik. Sababi, hechkim navbatga amal qilmas, safda turganlarni hurmat qilmay, hamma o'zini eshikka urardi. Dastlab, hattoki navbatga ham turishni bilmas xalq ekanimizdan juda g'azablandim. Oxiri sabrim tugab, hammaga navbatga turish haqida, bir-birimizni hurmat qilish haqida e'tiroz bilan yuzlandim. Ammo birortasi ham pinagini buzib ham qo'ymadi. O'zidan oldin kelganlarga ham qaramay hamma tezroq o'tib olishga harakat qilardi. Bu orada, hamkasblar qirg'iz chegarachilarga biz hokimiyatdan ekanligimizni va bizni chegara ortida kutib turishganini tushuntirdi. Askar esa unday bo'lsa sizlar o'tinglar, deb boshqa darvozani ochdi. Qarasam biznikilar meni chaqirishyapti. O'tay desam sal avval navbat haqida hammaga vazxonlik qildim. O'tmay desam, mendan boshqa hamma o'tib bo'ldi, mashinamiz bir. Keyin oldimda turganlar baribir meni hurmat qilmay o'tdiku, men ulardan avval kelgandim, deya men ham chegaradan o'tdim. Shu payt bir hamyurtimiz orqadan: shuncha gap qaqqa ketdi" deb baqirdi. Rosti o'sha payt ustimdan muzdek suv quygandek bo'ldi. Garchi ularning aksari mendan keyin kelgan bo'lsa ham. Xullas, cho'zib yubordim. Shundan beri o'sha gap o'ng qulog'im ostida takrorlanyapti. "Shuncha gap qaqqa ketti".
Bugun men ham haqiqiy amaldorlar safiga qo'shildim chog'i. Gapiraveraman lekin amal qilishim shart emas!
Bugun o'z so'ziga amal qilmaydigan sanoqsiz katta-katta amaldorlar bor. Ularga esa "shuncha gap qaqqa ketti" deydigan mard yo'q!!!
244 viewsedited  16:36
Ochish/sharhlash