Get Mystery Box with random crypto!

G'aniyev M.A.

Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A. G
Telegram kanalining logotibi mganiyevblog — G'aniyev M.A.
Kanal manzili: @mganiyevblog
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 606

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-10-05 18:42:13 O'zbekistonda so'kinmaydigan rahbarni o'zi yo'q. Shunchaki, audiosi chiqmaganlar bor xolos.
873 views15:42
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:11:39 Qachondan beri Qirguli ko'prik berk. Majbur hamma asosiy yo'ldan yuradi. Tirbandliklarda asabini ehtiyot qilib shaharga kirasan bazo'r. Shaharda esa yo'llarni berkitib chiziqlarni bo'yashadi. Maqsad yangi o'rnatayotgan kameralariga tayyorgarlik. Xullas, maksimal asabingga o'ynashga harakat qilishadi. Baraka topgurlar, loqal ko'prik bitishini kutinglar. Avval sharoit qilib keyin qoidaga amal talab qilinglar.
Bunday yo'llardan yurib kelgandan keyin kamida yarim soat hechkim bilan gaplashmay turgan ma'qul. Yo'qsa, insonmiz alamni atrofdagilardan olishimiz mumkin. Atrofingizdagilarni asrang. Asabni asrolmaysiz, baribir.
185 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:40:35 Биттагина авлод керак!

Эркин фикрловчи мустақил шахслардан иборат биттагина авлодни яратиб олсак, қолгани уланиб кетаверди. Мутеликни, қулликни ҳар қачон рад этадиган Озод миллатга, Озод мамлакатга айланамиз. Бу ишнинг йўриғида фақат сизларнинг меҳнатингиз ётади.

Байрам муборак, устозлар!
341 views06:40
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:12:14
Haqiqiy bizni yoshlik. Kosa bilan gilam yuvardik. Dadamni 06 mashinalari bor edi. Xuddi rasmdagidek gaz truba va ichida gaz ham bor edi)))
285 views16:12
Ochish/sharhlash
2022-09-27 13:02:55
"Dadam" bugun 2 yoshdalar. Bu hayotda eng katta ne'mat solih farzanddir. Yaratgan har birimizni solih va soliha farzandlar bilan rizqlantirsin!
389 views10:02
Ochish/sharhlash
2022-09-25 21:47:35
Bu hayotda hechnima oilachalik qadrli emas. Oilani qadrlang!
453 views18:47
Ochish/sharhlash
2022-09-13 07:39:05
Kecha oldimizga xayrli ishga hissamizni so'rab Hilol nashr vakillari kelishgandi. Yoshlarimiz orasida keskin oshib ketgan ajrimlar oldini olish maqsadida ushbu yo'riqnomani yangi oilalarga bepul tarqatish maqsadida tayyorlashibdi. Yaratgan mas'ullarga ajrini, yangi oilalarimizga esa ofiyatini bersin
8.1K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:00:21 Bugun talabalikni boshlagan uka va singillarimizga murojaat.


Avvalo seni talaba boʻlganing bilan tabriklayman. Bu sening yoshingda har oʻn kishidan nari borsa ikkitasiga nasib qildi. Bu ham bir omad. Bilaman, seni oʻquv markazlari, maktablar talaba boʻlish uchun tayyorlashgan. Goʻyoki hayotdan maqsad talaba boʻlish.

Lekin, bilginki bu yakun emas, aksincha katta yoʻlning boshlanishidir. Sen edi voyaga yetgan alohida mustaqil shaxssan. Bundan bu yogʻiga hayotingni qanaqa qilib qurish senga bogʻliq boʻladi. Shu uchun ham keyingi toʻrt yil yoki yillar uchun senga bir necha maslahatni bermoqchi edim.

Birinchisi, bilginki bizda Universitet seni professional hayotga tarbiyalamaydi. Asosiy vazifasi kadr yetkazish boʻlsa-da, bugun oliy taʼlim kadr yetkazishdan boshqa hamma narsa bilan shugʻullanadi. Shu uchun ham sen keyingi 4 yilni Universitetda yaxshi baho olish uchun emas, tanlagan sohangda professional boʻlish uchun sarflagin.

Oʻzbekistonda oʻqishga kirolmagan yoshni hayot qozoniga otib yuborishadi. U uylanishi yoki erga tegishi, tezroq ish topishi, topolmasa Rossiya ketishi kerak. Natijada hali endi 25ga kirgan yosh qalban 40 yoshga yetgan oilalik odam boʻladi. Sen boʻlsa 4 yil bonus yutding. Senda shu 4 yilni shaxs sifatida oʻsishga sarflash imkoni bor. Undan tashqari 4 yil seni maʼlum xarajatlaringni ota-ona toʻlab beradi. Shu 4 yildan foydalanib qol.

Oʻzbekistonda hozir professional kadrlar jiddiy muammoga aylandi. Hamma sohada oʻz ishini zoʻr bilgan professionallar yetishmayapti. Natijada haqiqiy professionallar maoshi ham keskin oshib bormoqda. Sen boʻlsa oʻz sohangda professional boʻlishga harakat qil. Universitet seni professional qilishini kutma. Universitet nari borsa sendan soʻzsiz bo'yin egadigan navbatdagi ijrochini chiqarishi mumkin. U berayotgan taʼlim boʻlsa aksar hollarda ishga umuman aloqasi yoʻq. Shu uchun ham keyingi yillarda oʻz sohangdagi professional kitoblarni birma-bir oʻqib chiq, oʻz sohangning professionallari boʻlgan blogerlarni kuzat, sohangdagi Youtubeda qoʻyilgan videolar qolmasin, Googleda sohang boʻyicha koʻrib chiqilmagan maqola qolmasin. Imkoning yetsa, oʻz sohangda eng zoʻr boʻlgan kompaniyalarga borib praktika qilgin. Amaliyot seni har tomondan professional hayotga tayyorlaydi. Koʻpincha, seni rad etishlari yoki umuman ignor qilishlari mumkin. Sen eʼtibor berma, oʻzing uchun kurash. Hozir sening birinchi vazifang shaxs sifatida yuksalishdir.


Shaxs sifatida yuksalishni boʻlsa ertaga qoldirma. Sen bugun yuksalishing kerak. Bugunni yoki mana shu yillarni senga shu uchun berishdi. Sohangda xalqaro darajada mutaxassis boʻlish uchun til oʻrganishga majbursan. Afsuski, haqiqiy professional adabiyotlar, darslar oʻzbek tiliga tarjima qilinmaydi va buni kutmagan ham maʼqul. Shu uchun ham ingliz tilini zoʻr oʻrgan, unda erkin gapiradigan, erkin tushunadigan va erkin yozadigan darajaga tezroq chiqib ol. Kelajaging uchun bu zarur. Sen chet tilini bilishga majbursan. Yaxshi yashamoqchimisan, boshqa tanloving yoʻq.

Yaxshi insonlar bilan doʻst boʻl. Tanish-bilish va netvorkingni butun dunyoda foydasi katta. Shu uchun ham yaxshi insonlar bilan doʻst tutin, ulardan oʻrgan, ular bilan birga boʻl. Talabalikda orttirgan tanishlar butun umr senga kerak boʻladi.


Muhimi gazini bos, seni 25-27 yoshgacha qiladigan harakatlaring qolgan umring qanaqa boʻlishini aniqlab beradi. Oʻsha yoshgacha dunyoqarash shakllanib, professionalga aylanib olsang, seni tabriklayman. Undan keyin oʻrganishing, oʻqishing va shakllanishing qiyin boʻladi.

Oxirgi kichik maslahat, turmush qurishga shoshilma. Bu savolni 25 yoshdan keyin ham yechaverasan.


Shu yo'ldan o'tgan akang,
Firuz Allayev


@allaevuzb
298 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:00:20 Firuz aka baraka topsinlar. Bu borada men ham akamiz bilan ayni fikrdaman. Talaba uka-singillarim, o'z sohangiz bo'yicha yetuk kadr bo'ling. Bizga qomusiy olimlar kerak emas. Quyidagi har bir maslahatga so'zsiz rioya qiling!!!
454 viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-02 18:44:35 Oʻzbekistondagi eng katta onlayn oʻzbek kutubxonasi asoschisi bilan suhbat

Loyihamizning navbatdagi soni mehmoni 2013-yilda “Milliy internet tanlovi”da gʻolib boʻlgan, internet-jurnalistika yoʻnalishida xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofotini qoʻlga kiritgan, 2018-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan — Davronbek Tojialiyev boʻldilar.

Mehmonimiz juda koʻp yurtdoshlarimizning ilm olishlarida beminnat xizmat qilgan ziyouz.com onlayn kutubxonasining asoschisi hisoblanadilar.

Navbatdagi suhbatdan yurtimizdgi eng katta onlayn kutubxonaning ochilish tarixi, kitoblar tanlash, ilm olishda maqsad qoʻyish, farzand tarbiyasi, hozirgi va oʻtgan davrdagi jurnalistika hamda taʼlim tizimi mavzulariga oid foydali ma'lumot va xulosalar olishingizga ishonamiz.

Premyera bugun soat 20:30 da boʻlib oʻtadi. Albatta tomosha qiling. Havola orqali o'tib qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'ying.

Havola:

257 views15:44
Ochish/sharhlash