Get Mystery Box with random crypto!

MJ

Telegram kanalining logotibi mayoquz — MJ M
Telegram kanalining logotibi mayoquz — MJ
Kanal manzili: @mayoquz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.69K
Kanalning ta’rifi

Muhammadjavohirning fikrlari

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-12-11 13:53:37 FOUNDATION KURSIDAN OLINGAN TAASSUROTLAR:

(Asosan guruhimiz azolariga tegishli gaplar)

Guruh haqida:

Guruhimiz Foundation 2 yani Foundation guruhlaridan 2 chi bo'lib ochilgan guruh edi. 2 chi raqam bo'lishiga qaramay inoqlik, bilim, tirishqoqlik, hazilkashlikda 1 chilardan edi deb aniq ayta olaman. Guruhimizda yoshi kattalar va yoshi ancha kichiklar ham bor. Eng qizig'i yoshi kattalar kichiklardan ajralmasdan, kibr qilmay hazillarini tushunib kulishadi, hazillarni ko'tara olishadi va shunga yarasha kichiklar ham ularni hurmatini o'z joyiga qo'yishadi. Yoshi kattalar deb guruhimizdagi Abdurashid aka va Muhammad Zulfiqor akalarni nazarda tutyabman.

Zulfiqor aka - birinchi o'qish kunlarim yaxshi tushunmay qolgan mavzularimni erinmasdan tushuntirib, o'z ishlari turgan bo'lsa ham meni savollarimga javob berib tushuntirishga harakat qilardilar. Ayniqsa kompyuterning CPU, GPU va RAM matohlarini Zulfiqorakadan o'rganganman.

Abdurashid aka - bunaqa yoshdagi odamlar mayda ishlarga sabri yetmay zamonaviy narsalarni ko'tara olishmaydi deb o'ylardim. Lekin Abdurashid aka dars vaqti bildiradigan fikrlari boshqalarnikidan ancha farq qilardi. Yoshimiz ulardan ancha kichik bo'lsayam ular bilan yaxshi chiqishar edik. Tennis o'ynashga borganimizda adashib o'zimni oddiy kompimni o'rniga ularni Mcbooklarini olib ketmoqchi bo'lganimni eslasam haligacham kulaman. Imtihonda esa ingiliz tilidan qo'llab yubordilar.

Guruhda judayam qiziq voqealar ko'p bo'lardi.

Hammani boshi qotib qolgan vaqt mavzuga aloqador bo'lmasa ham savol berib turadigan Muhammad Yusuf - yoshi kichik bo'lishiga qaramay guruhda bilim bo'yicha oldinda yuradigan o'quvchilardan. Ko'p qiziq gaplar shu boladan chiqardi.

Hamma ajoyib o'quvchilar bizning guruhga yig'ilgandi:
Felosof akamiz Umar, hammani ustoz deb chaqiradigan ajoyib Ahror akamiz, temir yo'l mutahassisi Lochinbek akamiz, oshpaz Suhrob ukamiz, namoz vaqti imomlikka o'tadigan Sarvar birodarimiz, kod yozib qiziq narsalar yasaydigan Hurshid do'stimiz, sho'r somsani yaxshi ko'radigan Abduqodir do'stimiz, dadil o'qiydigan va guruhdagi eng baland o'quvchi Asadbek do'stimiz, erinmay telegram guruhda ham o'qishda ham zo'r savollar beradigan Husan do'stimiz. Taqsirimiz bo'lmish Saud akaga kelsak, juda ham ajoyib va ko'nglida kiri yo'q inson. O'quvchilar bilan do'stdek muomalada bo'ladilar. Ko'pgina IT ga oid yangiliklarni va hayotlarida bo'lgan qiziq voqea, qilgan xatolarini aytib berardilar. Biz esa ham bilim ham tajriba olar edik. Hullas guruh o'quvchlarini hammasi ajoyib va juda ham inoq.

Foundation guruhi tugab, hamma har xil yo'nalishni tanlab ketmoqda. Lekin bunday guruh boshqa uchramaydi deb o'ylayman. Yana bilmadim, balkim uchrab qolar.

Hamma guruh o'quvchilarini kelajakdagi o'qishlari va ishlari yaxshi ketishini tilab qolaman.
1.1K views10:53
Ochish/sharhlash
2021-12-11 09:17:11 Yangi Link:

1.3K views06:17
Ochish/sharhlash
2021-12-11 08:40:36 DevFest Tashkent 2021 is here!

Today is the first day and the sessions will be held online.

We are starting in less than one hour. Grab your snacks and get ready!

Agenda for today:
https://t.me/gdgtashkent/930

Live stream link:




@gdgtashkent
1.1K views05:40
Ochish/sharhlash
2021-01-31 22:06:12 Xudo xohlasa, ertaga vodiyga safar. Bu gal uzoqroq muddatga.

Shogird olish masalasida baʼzi narsalar aniqlashdi:
- 18 kishi saralashda tanlab olinadi (ayol-qizlar uchun 4-6 ta joy)
- nomzodlar saralashda Figmada berilgan maketga koʻra sayt tuzishi, ingliz tili va rus tilidagi materiallarni oʻzbek tiliga tarjima qilishi va roʻyxatdan oʻtish shaklidagi savollarga javob berishi kerak (qoʻshimchalar boʻlishi mumkin). Shularga qarab xohlovchilar saralab olinadi va keyin Zoomda suhbat oʻtkaziladi.
- tanlab olingan shogirdlar ofisga haftada 6 kun qatnab oʻqiy olishi kerak. Baʼzi istisnolar boʻlishi mumkin
- shogirdlikka qabul qilinganlarga har 3 haftada bitta chet tillaridagi maqola/videoni oʻzbek tiliga tarjima qilish shart qilib qoʻyiladi. Maqsad - oʻzbek tilidagi manbalarni kam-kamdan koʻpaytirib turish. Qoʻldan kelgancha
- oylik toʻlov 300 ming soʻm. Bu tushumning asosiy qismi xonani jihozlash, ijara toʻlovlari va boshqa shunga oʻxshash xarajatlar uchun ishlatiladi
- saralash shartlarining aniq tugal holati chorshanba kuni eʼlon qilinadi
- men taklif qilayotgan narsa - mentorlik, ustozlik emas. Bularning farqi haqida kelayotgan haftada video chiqaraman
- 1.5-2 oycha (Najot Taʼlimdagi darslarim boshlanguncha) shu ishning tepasida turaman, Xudo xohlasa. Keyin har oyda 1 marta borib holatdan boxabar boʻlib turaman. Toshkentda ekanligimda internet orqali xabarlashib turamiz
- bir shogirdning bu loyihada qatnashishi 4 oydan 1 yilgacha boʻlishi mumkin
- tavsiya qilinadigan onlayn videokurs/manba pullik boʻlsa, uni sotib olish shogirdning boʻynida boʻladi. Kontent qaroqchiliga odatlanib qolishning oldini olish uchun. Imkoni boricha, bepul muqobil manbalar ham tavsiya qilib boriladi
- oʻrganish davomida sustlashgan, vazifalarni bajarmagan, jamoaning muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatganlar shogirdlikdan chetlashtiriladi
- oʻrganish asosan peer-to-peer koʻrinishida boʻladi. Orada muhim mavzular boʻyicha zaruratga koʻra master klass oʻtkazilishi mumkin
- ofis - Fargʻona shahrida
- Xudo xohlasa, ofisda kichik moʻjaz kutubxonacha boʻladi. Undagi birinchi kitobni Mirzo Firdavs aka hadya qildilar - Qurʼoni Karim :) (yana boshqa koʻp kitoblarni tanlab qoʻydim. Ish yaxshi ketsa, havas qilarlik kutubxonacha boʻladi).

Yanada batafsil maʼlumot keyingi sonlarda :)
1.4K views19:06
Ochish/sharhlash
2021-01-31 19:25:44 Inson o'zini o'zi qo'pol qilib aytganda kaltaklab turishi kerak. Bu qanday bo'ladi, hozir tushuntiraman.

Aytaylik, men tajribasiz, ish va hayot maydoniga kirib kelayotgan soddaroq odamman (aslida misolni o'zgalarda tasvirlab o'rganib qolganmiz, lekin "men" deb gapirsam nafsimga dars bo'lsin dedim) soddaroq odamman deyotgandim, keyin sekin-asta ishlab tajriba orttirishni boshladim, ozmi ko'pmi tanilishga ulgurdim, ishlar ancha yaxshilanib, endi o'zimdan g'ururlanishni o'rgandim. Atrofdagilarga yuqoridan nazar solib, odamlarga muomala o'zgardi, ba'zilarni mensimaydigan bo'lib qoldim. Aniqki, 3-4 yil oldin boshqacha edim. Endi esa kibr va manmanlik shundoq bilinib turadigan odamga aylandim.

Shunaqa bo'lmang. Kim bo'lsangiz ham, nima ish qilsangiz ham hokisor bo'ling. Samimiy va imkon qadar oddiy bo'ling. Qancha baland uchsangiz, qulashingiz shuncha qattiq va og'riqli bo'ladi. Eski kunlaringiz va holatingizni esdan chiqarmang)

Yuqoridagi kabi holatga tushishdan Alloh saqlasin. Zero kibr va manmanlik shaytonga xos, insonga hecham yarashmaydi)

@siddikovdesign
1.3K views16:25
Ochish/sharhlash
2021-01-31 19:25:44 Oʻzimga eslatma
1.3K views16:25
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:26:40 https://www.freecodecamp.org/news/free-online-programming-cs-courses/
2.4K views12:26
Ochish/sharhlash
2021-01-30 17:49:02
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
1.2K views14:49
Ochish/sharhlash
2021-01-29 20:26:27
ReactJS — Путь Самурая 2.0

Сегодня в бесплатном доступе НЕТ ни одного полноценного курса по React JS (Redux, Thunk, Saga). Если курсы есть, то они сделаны какими-то кусками, "по верхам", теория справочного характера, мало практики из реальной жизни. По этому Дмитрий Кузюбердин решил записать свои уроки по React JS — подробные, практические и БЕСПЛАТНЫЕ!

В рамках всего обучения вы сделаете большой проект, с применением библиотек React и Redux (Thunk, Axios, Saga, D'n'D, графики).
1.4K views17:26
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:02:15 Quyida Najot Ta’lim jamoasiga qanday qo’shilish mumkinligi haqida

Har bir ishda jamoa juda ham muhim. Sizda ming istak yoki harakat bo’lsa ham, atrofingizdagi jamoangiz yaxshi bo’lmasa hech nima qila olmaysiz. Hamda sizni o’sishdan to’xtatadigan narsa ham jamoangiz yo’qligida bo’ladi.

Najot Ta’lim kengaymoqda, sizga yaqin 5-7 yil ichidagi rejalarimizni bir gap bilan aytaman: Bu vaqt ichida sizning har 10 ta tanishingizdan kamida bittasi bizda o’qiyotgan bo’ladi.

Najot Ta’lim jamoasiga qo’shilish uchun bir necha shart va talablar bilan tanishtiraman. Agar sizga bular to’g’ri kelsa, sizni jamoamizda ko’rishdan xursandmiz:

- shogird tushib ish o’rganish istagi;
- to’liq kuningizni markazda o’tkaza olishingiz;
- o’zbek tilida imlo xatosiz yoza olish;
- ziyraklik;
- kompyuterdan ishonchli foydalanuvchi darajasida bo’lish;
- Kamida MFaktor yoki shunga o’xshash treyninglarni kuzatib borgan bo’lish;
- tizimlashtirish, ma’lumot berish, qiziqtira olishga ishtiyoq;
- ta’limni rivojlantirishni istash;
- vaqtingizni o’zingiz nazorat qila olishingiz;

Agar sizda quyidagi holatlar:
- markazda ishlab, shu yerda kurslarda o’qish;
- hozirda biror joyda o’qiyotgan bo’lsangiz;
- motivatsiyangiz pul bo’lsa murojaat qilmaslikni tavsiya beraman.

Biz sizga Najot Ta’lim jamoasiga qo’shilish imkoniyatini beramiz! 15 kun ichida o’zingizni ko’rsata olsangiz jamoada olib qolamiz. Sinovdan o’tsangiz markazda ish bilan ta’minlanasiz.

Jamoaga qo’shilish uchun ushbu so’rovnomani to’ldirishingiz kerak bo’ladi: So’rovnoma

Agarda siz Najot Ta’limni bilmasangiz, ko’p narsani bilmas ekansiz) Tanishib chiqishni tavsiya beraman: @najottalim
1.3K views09:02
Ochish/sharhlash